Dominik Fitz

Dominik Fitz (nemischa: Sandro Schendl) 1999-yil 16-iyunda Venada tavallud topgan. Avstriyalik futbolchi „Austria Wien“ klubi yarim himoyachisi hisoblanadi.

Dominik Fitz
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi16-iyun 1999-yil (1999-06-16) (24 yosh)
Tavallud joyiWien, Avstriya
Boʻyi1.74 m
Ampluasiyarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Austria Wien
Raqami36
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
0000-2006SV Langenzersdorf
2006—2015Austria Wien
Professional faoliyati*
YillarJamoaIsht.(Gol.)
2015-Austria Wien II56(18)
2015-Austria Wien41(5)
Milliy terma jamoa
2016Avstriya U176(0)
2017-Avstriya U194(0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(31-yanvar 2021-yil uchun)

Jamoalardagi faoliyati

Dominik Fitz Avstriyaning „Langensersdorf“ va „Wien“ klublari bitiruvchisi. 2016-yilda oʻyin amaliyotiga ega boʻlish uchun Dominik Fitz „Austria Wien II“ning zaxira jamoasida oʻynay boshladi. Dominik Fitz Avstriya Bundesligasida 2018-yilning 31-martida „Reindorf Altach“ga qarshi bahsda debyut qilgan[1]. 27-may kuni „Red Bull Salzburg“ga qarshi bahsda Dominik Fitz „Austria Wien“ jamoasi safida ilk golini urdi[2].

Xalqaro karyerasi

2016-yilda Avstriya yoshlar terma jamoasi tarkibida Dominik Fitz Ozarbayjonda boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etdi. Turnirda Dominik Fitz Bosniya va Gersegovina, Ukraina, Germaniya va Portugaliya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[3][4][5][6].

Shu bilan bir qatorda, Avstriyaning 17 yoshgacha boʻlgan yoshlar terma jamoasi bilan Dominik Fitz 2016-yilda 17 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etish uchun tanlangan. U avvalo oʻz jamoasining har bir oʻyinida qatnashgan va chorak finalga chiqqan. Ammo, musobaqa soʻngida jamoasi magʻlub boʻlgan. Bu musobaqaning gʻolibi esa Portugaliya jamoasi deb topilgan.

2019-yilning 11-oktyabr kuni Dominik Fitz Avstriya U 23 terma jamoasi bilan ilk oʻyinini Turkiyaga qarshi oʻtkazdi. U oʻyin davomida Kristof Baumgartner oʻrniga maydonga tushadi va uning jamoasi uchta toʻp hisobi bilan gʻalaba qozongan.

Statistika

MavsumJamoaChempionatMilliy kubokXalqaro kubokBoshqaJami
OʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGol
2017-2018Austria Wien7100----71
2018-20192000----20
2019-20201412020--181
Umumiy karyerasida2322020--272

Manbalar