Ethan Galbraith

Ethan Stuart William Galbraith (inglizcha: Ethan Stuart William Galbraith; 2001-yil 11-mayda, Belfastda tugʻilgan) — Shimoliy Irlandiyalik futbolchi, Angliyaning "Manchester United" klubi va Shimoliy Irlandiya terma jamoasida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi. Hozirda u „Salford City“ da ijara asosida oʻynamoqda.

Toʻliq ismi

Ethan Stuart William Galbraith

Tavalludi

2001-yil 11-may (21 yosh)
Belfast, Shimoliy Irlandiya

Fuqaroligi

Flag Severnoy Irlandii Shimoliy Irlandiya

Boʻyi

175 sm

Ampluasi

Yarim himoyachi

Klub haqida maʼlumot
Klubi

Flag Anglii Salford City

Raqami

16

Klub martaba

Ethan Galbraith Shimoliy Irlandiyaning „Karnmoni Colts“, „Ballikler Komrads“, „Glentoran“ va „Linfild“[1] klublarining yoshlar jamoalarida oʻynagan. 2017-yilda Ethan „Manchester United“ klubi akademiyasi futbolchisiga aylandi va jamoa bilan bir yillik shartnoma imzoladi. 2018-yilning may oyida u „Manchester United“ bilan ikki yillik professional shartnoma imzoladi[2].

2019-yil 29-oktyabrda Ethan Galbraith Donkaster Roversga qarshi „EFL Trofeya“ o‘yinida uzoq masofadan zarba yo‘llab gol urdi[3].

2019-yilning 28-noyabr kuni u "Manchester United"ning asosiy tarkibida Yevropa ligasi guruh bosqichi doirasidagi „Astana“ ga qarshi o‘yinda debyut qilgan[4].

2021-yil 13-avgustda Ethan 2021/22-yil mavsumi oxirigacha „Donkaster Rovers“ klubiga ijaraga berildi[5].

2022-yil 1-sentyabrda esa u Salford City[6] klubiga mavsumiy ijaraga oʻtdi.

Milliy tanlovda

Irlandiyalik futbolchi Ethan xalqaro maydonda Shimoliy Irlandiya terma jamoasi tarkibida debyut qilgan 2019-yil 5-sentyabr „Lyuksemburg“ bilan oʻrtoqlik uchrashuvida, 1: 0 hisobida gʻalaba bilan yakunlandi.

Jamoa martaba

Ethan Galbraith Shimoliy Irlandiya terma jamoasida 16 yoshgacha, 17 yoshgacha, 19 yoshgacha va 21 yoshgacha boʻlgan jamoalarda oʻynagan[7].

2019-yil 5-sentyabrda u Shimoliy Irlandiya terma jamoasi safida Lyuksemburgga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida debyut qildi[8].

Manbalar