Eyjafjallajökull
Eyjafjallajökull[1][2][3] (talaffuzi: Eyyafyadllayyokudll, islandcha talaffuzi: ˈeiːjaˌfjatlaˌjœːkʏtl̥) — Islandiyadagi oltinchi eng katta muzlikdir. Islandiya janubida, Reykyavikdan 125 km sharqda joylashgan. Bu muzlik ostida (va qisman qoʻshni Mirdalsjokull muzligi ostida) xuddi shu nomdagi[4] konussimon[5] vulqon bor.Choʻqqining balandligi 1666 m, muzlik maydoni taxminan 100 km². Vulqon krateri 3-4 km diametrni tashkil qiladi (2010-yilgacha muzliklar bilan qoplangan)[6].Muzlikning janubiy uchida unga eng yaqin boʻlgan Skógar qishlogʻi joylashgan. Muzlikdan Skougau koʻlining (isl. Skógá) mashhur Skogafoss sharsharasi oqadi[7].
Eyjafjallajökull (Guðnasteinn Hámundur) | |
---|---|
Gígjökull, Eyjafjallajökullning eng katta muzligi vulqon kuli bilan qoplangan | |
Turi | Stratovulqon |
Joylashuvi | 63°37′12″N 19°36′48″W / 63.62000°N 19.61333°W G O 19°36′48″W / 63.62000°N 19.61333°W G O |
Islandiya |
Tarixi
Deyarli ikki yuz yil davomida vulqon harakatsiz deb hisoblangan. Vulqonning nofaol davridan oldin otilish sodir boʻlgan va bu holat 1821-yil 19-dekabrdan 1823-yil 1-yanvargacha taxminan bir yil davom etgan. Bu Eyjafjallajökull muzliklarining erishi xavfiga sabab boʻlgan. VEI shkalasi boʻyicha otilish kuchi 2 ball, tutun hajmi 4 ×106 m³ deb belgilangan.Oxirgi vulqon portlash holati 2010-yil 20-martda mahalliy vaqt bilan 22:30 dan 23:30 gacha[8] muzlikning sharqiy qismida taxminan 500 m uzunlikdagi yoriq shakllanishi bilan boshlangan. Bu vaqtda katta kul chiqindilari qayd etilmagan. 2010-yil 16-20-aprelda Yevropaning bir qismi havo hududining yopilishiga va oʻsha yilning may oyida vaqti-vaqti bilan cheklovlarning oʻrnatilishiga sabab boʻlgan (Rossiya fanlar akademiyasi geografiya instituti]] direktorining oʻrinbosari Arkadiy Tishkovning soʻzlariga koʻra, „Islandiyada havoga koʻtarilgan oʻsha narsa hatto 1 km³ hajmga ham yetmagan edi“)[9]. VEI shkalasi boʻyicha otilish intensivligi 4 ball deb baholangan[10].
Nomlanishi
„Eyjafjallajökull“ nomi „eyja“ [ˈɛɪja] — orol, „fjall“ [fjatl̥] — togʻ va „jökull“ [ˈjœkʏtl̥] — muzlik maʼnosini anglatuvchi soʻzlarning birlashmasidan hosil boʻlgan.Amerikalik tilshunoslarning tadqiqotiga koʻra, muzlik nomini dunyo aholisining atigi 0,005 foizigina toʻgʻri talaffuz qila oladi[11]. Islandiyalik qoʻshiqchi Elisa Geirsdottir Numan "Eyjafjallajökull" soʻzini oʻrganishda yordam berish uchun qoʻshiq yaratgan[12][13].
Eyjafjallajökull va Katla
Eyjafjallajökull vulqoni faolroq boʻlgan boshqa bir muz osti vulqoni - Katladan 12 km gʻarbda joylashgan. 920, 1612 va 1821 — 1823-yillardagi Eyjafjallajökull otilishi Katla vulqonining otilishidan oldin sodir boʻlgan. Baʼzi Islandiyalik geofiziklarning fikriga koʻra, 2010-yildagi vulqon otilishi Katla vulqonining qoʻzgʻalishi uchun sabab boʻlishi mumkin.
Ommaviy madaniyatda
„Islandiya vulqon otilishi“ (Iceland Volcano Eruption) — National Geographic hujjatli filmi (2010)
„Eyjafjallajökull“ (film) — badiiy film (Fransiya, 2013)
„The Secret Life of Walter Mitty“ — badiiy filmi (AQSh, 2013)
„AFC Eyjafjallajökull“ — Estoniyadagi havaskor futbol jamoasi[14].
Manbalar
Adabiyotlar
- Sigurðsson, Oddur, and Williams, R.S., Jr.. Geographic names of Iceland's glaciers: Historic and modern. U.S. Geological Survey Professional Paper 1746, 2008. ISBN 0-607-97815-9.
- „Larsen, G. 1999. Gosið í Eyjafjallajökli 1821—1823. Science Institute Research Report RH-28-99. 13 p. Reykjavík.“ (is). wayback.vefsafn.is. 2010-yil 22-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 11-mart.
- „HD-видео извержения вулкана Эйяфьядлайёкюдль в 2010 году“ (ru). 2011-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan.
- „VolcanoLive“ (en). volcanolive.com. Qaraldi: 2020-yil 11-mart.
- „Топоним дня. Эйяфьядлаёкюдль“ (ru). arzamas.academy (13 ноября 2018). Qaraldi: 2020-yil 11-mart.