Final Fantasy Dimensions

Final Fantasy Dimensions, shuningdek,Yaponiyada Final Fantasy Legends: Hikari to Yami no Senshi nomi bilan mashxur (yaponcha: ファイナルファンタジー レジェンズ 光と闇の戦士 fainaru fantadzi: rezenzu hikari to yami no sensi?, «Final Fantasy afsonalari: Yorug'lik va zulmat jangchilari») — Bu Matrix Software tomonidan ishlab chiqilgan va 2010-yilda Square Enix tomonidan Yaponiyada chiqarilgan mobil telefonlar uchun yapon rolli oʻyini. Ilgari chiqarilgan Final Fantasy IV:The After Years oʻyinga oʻxshab, oʻyin bir nechta alohida yuklab olinadigan epizodlarga boʻlingan boʻlib, ularning birinchisi 6-sentyabrda i-mode servisida va 9-dekabrda au qurilmalar uchun chiqarildi. 31-avgust kuni oʻyin iOS va Android smartfonlariga portlashtirildi[1]. iOS versiyasi ingliz, fransuz va xitoy tillariga tarjima qilindi[2].

Final Fantasy Legends:
Hikari to Yami no Senshi
Ishlab chiqaruvchi Matrix Software
Nashir etuvchi Square Enix
Chiqarilgan sana FOMA 903i
 Yaponiya 2010-yil 6-sentyabr
au
 Yaponiya 2010-yil 9-dekabr
iOS
2012-yil 31-avgust
Android
 Yaponiya 2012-yil 31-avgust
Janr JRPG
Platformalar FOMA 903i
au
iOS
Android
Boshqaruv Sensorli ekran

Oʻyin jarayoni

Final Fantasy Legends ikki oʻlchovli sprite grafikalarida nima sodir boʻlayotganini tasvirlaydi, oʻyin Final Fantasy V ga oʻxshash kasbni oʻzgartirish tizimiga asoslangan, boshidanoq barcha sakkizta kasblar jumladan: frilanser, jangchi, rohib, oʻgʻri, qizil sehrgar, qora sehrgar, oq sehrgar va chaqiruvchi mavjud. Har bir tugallangan epizod toʻplamga yana bir yangi kasbni qoʻshadi, xususan, yorugʻlik jangchilari uchun bu ajdaho va bard, zulmat jangchilari uchun — qoʻriqchi va qorongʻu ritsar. Jang anʼanaviy Final Fantasy usulida, Active Time Battle (ATB) tizimi yordamida olib boriladi, bunda navbatga asoslangan harakatlar real vaqtdagi harakatlar bilan aralashtiriladi[3].

Syujet

Syujet markazida uzoq vaqt oldin oʻtgan buyuk jahon urushidan keyin ayanchli ahvolda boʻlgan Avalon nomli ulkan imperiya joylashgan. Hozirda ikkita otryadning uchrashuvi boʻlib oʻtmoqda, ulardan biri kichik tinchliksevar mamlakatdan kelgan, ikkinchisi shimoldan togʻlarda joylashgan shimoliy mamlakat manfaatlarini ifodalaydi. Uchrashuv vaqtida sehrli kristallar butun dunyo boʻylab yorugʻlik nurlarini tarqatadi, shundan soʻng dunyo yorugʻlik va zulmatga boʻlinadi. Rivoyatda bu ikki otryadning sarguzashtlari tasvirlangan, „nur jangchilari“ga Sol ismli bola, „zulmat jangchilari“ga boshqa bir bola — Nakt boshchilik qiladi.

Ishlab chiqish

Oʻyin Final Fantasy IV: The After Years oʻyinini ishlab chiqqan guruh tomonidan yaratilgan. Loyiha oʻyin dizayneri Tosio Akiyama tomonidan boshqarilgan, Square faxriysi Takashi Tokita prodyuserlik qilgan va saundtrek bastakor Naoshi Mizuta[4] tomonidan yaratilgan. Ushbu oʻyinni 1989- yilda chiqarilgan Final Fantasy Legend bilan aralashtirib yubormaslik kerak, garchi ular xuddi shu kompaniya tomonidan yaratilgan boʻlsa-da, oʻxshash nomdan tashqari, ularda deyarli hech qanday umumiylik yoʻq.

Sharhlar

Oʻyin mobil platformalarda ijobiy sharhlarni oldi.

Manbalar

Havolalar