Flynn Clarke

Flynn Clarke (talaffuzi:  Flin Klark) (2002-yil 19-dekabrda tugʻilgan) — professional futbolchi. Flynn Clarke Angliya chempionatining „Norwich City“ klubida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Flynn Clarke
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismiFlynn Clarke[1]
Tavallud sanasi19-dekabr 2002-yil (2002-12-19) (21 yosh)
Tavallud joyiPeterborough, Angliya
Ampluasiyarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Norwich City
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2011—2019Peterborough United
Professional faoliyati*
YillarJamoaIsht.(Gol.)
2019—2021Peterborough United4(0)
2021Norwich City0(0)
2022→ Walsall (ijara)0(0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 1-sentyabr uchun)

Faoliyati

Flynn Clarke 9 yoshida „Peterborough United“ akademiyasida futbol oʻynashni boshlagan[2]. 2019-yil iyul oyida „Deeping Rangers“ klubiga qarshi kechgan oʻyinda Flynn Clarke yarim himoyachi sifatida maydonda harakat qildi[3][4]. Flynn Clarke 17 yoshida oʻzining professional faoliyatidagi birinchi shartnomasini imzolashga muvaffaq boʻldi[5]. Flynn Clarke 2020-yil sentyabr oyida EFL kubogining birinchi bosqichi doirasida boʻlib oʻtgan „Cheltenham Town“ klubiga qarshi uchrashuvda oʻzining jamoadagi dastlabki debyut oʻyinini oʻtkazdi[6]. Flynn Clarke „Peterborough“ klubi safidagi birinchi golini EFL kubugi doirasida boʻlib oʻtgan „Burton Albion“ klubiga qarshi uchrashuvda kiritdi[7][8].

Flynn Clarke 2020-yil oktyabr oyida Shotlandiyaning 19 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar terma jamoasiga tanlangan edi.

2021-yil 24-iyunda Flynn Clarke nomaʼlum toʻlov evaziga „Norwich City“ klubi bilan shartnoma imzoladi. Flynn Clarke 2021—2022-yilgi mavsumda „Norwich City“ klubining 23 yoshgacha boʻlgan futbolchilar jamoasiga qabul qilindi. Bu klub bilan Flynn Clarke Premer-ligada markaziy yarim himoyachi sifatida faoliyat olib bordi. Flynn Clarke bu pozitsiyadan dastlabki 10 ta oʻyinda jamoasi uchun raqib darvozasiga ikkita gol kiritishga muvaffaq boʻldi. Shuningdek, Flynn Clarke 2022-yil yanvarida Premer-liga kubogi doirasida boʻlib oʻtgan „Reding“ klubiga qarshi oʻyinda (3:1) ikkita gol urdi[9].

Faoliyat statistikasi

KlubMavsumLigaAngliya kubogiEFL kubogiBoshqaJami
BoʻlimOʻyinlarGollar soniOʻyinlarGollar soniOʻyinlarGollar soniOʻyinlarGollar soniOʻyinlarGollar soni
Peterborough United2020—2021[10]Birinchi liga40101053113
Norwich City2021—2022[11]AngliyaPremer-ligasi00000000
Walsall (ijara)2022—2023[12]Ikkinchi liga0000201030
Umumiy40103063143

Manbalar