Francis Drake

DREYK (Drake) Frensis (1540—96) — ingliz dengiz sayyohi, vitse-admirali (1588). Vest-Indiyaga qilingan qaroqchilik ekspeditsiyasining rahbari; 1577—80 yillarda Magellandai soʻng 2-boʻlib dunyo boʻylab suzib chiqqan. Ispanlarning "Yengilmas armada"sini tor-mor qilishda amalda ingliz flotini boshqargan (1588).

Adabiyot

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil