Gabriel Magalhães

Gabriel dos Santos Magalhães (1997-yil 19-dekabrda tugʻilgan) — braziliyalik professional futbolchi, Premer-liganing "Arsenal" klubida markaziy himoyachi pozitsiyasida oʻynaydi.

Gabriel Magalhães
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismiGabriel dos Santos Magalhães
Tavallud sanasi19-dekabr 1997-yil
Tavallud joyiSan-Paulu, Braziliya
Boʻyi1.90
Ampluasimarkaziy himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Arsenal
Raqami6
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2012-2016Avaí
Professional faoliyati*
YillarJamoaIsht.(Gol.)
2016–2017Avaí(2)
2017–2018Lill B(0)
2017–2020Lill(2)
2017–2018Troyes (ijara)(0)
2018Dinamo Zagreb(0)
2020-Arsenal(8)
Milliy terma jamoa
2017Braziliya U-20(0)
2020-2021Braziliya U-20(0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Jamoalardagi faoliyati

Avaí

Gabriel Magalhaes San-Pauluning Pirituba tumanida tugʻilgan. 13 yoshida Gabriel oʻz faoliyatini Avaída boshlagan, biroq uy sogʻinchidan qiynalgani tufayli bir hafta oʻtib San-Pauluga qaytgan. Ammo Gabriel oʻz qarorini qayta koʻrib chiqdi va ikki haftadan soʻng Avaíga qaytib keldi, oxir-oqibat 16 yoshida birinchi professional shartnomasini imzolashga erishdi[1]. U 2017-yilda Braziliya A Seriyasiga koʻtarilgan jamoaning bir qismiga aylandi[2].

Lill

Gabriel "Lill" tarkibida (2019)

2017-yilning 31-yanvarida Gabriel Magalhaes Liga 1 aʼzosi “Lill” tarkibiga toʻrt yarim yillik transfer shartnomasi evaziga kelib qoʻshildi. Jamoaga kelganida, Gabriel fransuz tilini mustaqil oʻrganib, koʻp intervyularida fransuzcha gapirdi. "Lill B" jamoasida bir nechta oʻyin oʻtkazganidan soʻng, oʻsha paytdagi bosh murabbiy Marcelo Bielsa qaroriga koʻra, Liga 1ning boshqa bir jamoasi "Troyes"ga ijaraga berildi[3] va Xorvatiyaning "Dinamo Zagreb" jamoasiga qoʻshilishdan oldin har bir klubning asosiy jamoasi tarkibida atigi bir martadan ligada bahslarida oʻynadi[4]. Gabriel 2018-yilda Lill safiga qaytib, debyut oʻyinini 2019-yilning 10-fevralida quyi ligaga tushib qolish xavfi ostida boʻlgan outsayder jamoa Guingampga qarshi 2:0 hisobidagi gʻalaba bilan boshladi. U mavsum davomida 14 ta oʻyinda maydonga tushdi va 2019-yil 14-aprelda Parij Sen-Jermenga qarshi oʻyinda (5:1) “Lill” safidagi ilk golini urdi[5].

Keyingi mavsumda Gabriel Magalhaes muntazam oʻyin amaliyotiga ega boʻla boshladi va Jose Fonte bilan birgalikda ajoyib markaziy himoya tandemini hosil qildi. Gabriel "Lill"ning Chempionlar ligasi guruh bosqichidagi oltita oʻyinida ham asosiy tarkibda oʻyinni boshlagan[6]. "Lill" bosh murabbiyi Christophe Galtier himoyachining sabr-toqati haqida quyidagi fikrlarni bildirgan:

"Men uning katta salohiyatga ega futbolchi ekanligiga aminman, u birinchi imkoniyatdan foydalana olish xususiyatiga ega. Gabriel oʻyinga chanqoq edi, zaxiraga mixlanib qolganida ham oʻz ustida koʻp ishladi. U boshqa yoshlarga oʻrnak boʻladigan futbolchi. Bunday xarakter koʻrsata olish hammaning ham qoʻlidan kelmaydi. Chunki bugungi kunda asosiy jamoaga jalb qilinmasa, oʻz ustida ishlashni toʻxtatib qoʻyadigan futbolchilarni koʻp uchratamiz"[7].

Arsenal

2020-yil 1-sentyabr kuni “Arsenal” Gabriel Magalhaes bilan uzoq muddatli shartnoma imzolaganini e’lon qildi[8]. Xabar qilinishicha, braziliyalik futbolchiga qiziqish yuqori boʻlgan, koʻplab klublar Lill tomonidan belgilangan summani toʻlashga tayyor edi[9][10]. Gabriel bonuslardan tashqari 27 million funt sterling evaziga londonliklar safiga qoʻshildi[11].

12-sentyabr kuni, 2020-21-yilgi Premer-liga mavsumining ochilish kuni Gabriel Magalhaes “Arsenal” safida debyut qilib, Craven Cottageda “Fulham”ga qarshi oʻyinda (3:0) ikkinchi golni kiritdi[12]. 2020-yil 19-sentyabrda “Arsenal” “West Ham”ga qarshi oʻyinda (2:1) gʻalaba qozonganidan soʻng, Gabriel “Arsenal”ning sentabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi nomiga sazovor boʻldi[13]. Oktyabr oyida u "Arsenal"ning bir oy ichida oltita oʻyinidan beshtasida maydonga tushib, yana mazkur sovrinni qoʻlga kiritdi[14]. "Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta Gabrielning dastlabki oʻyinlari haqida yuqori baho bergan:

"U hali yosh boʻlishiga qaramay, Fransiyadan bu yerga erta koʻchib oʻtdi, til bilmasa ham, yangi oʻyin uslubiga moslashishi kerak edi... [lekin] u buni uddaladi. Haqiqatdan ham jamoaga tez moslashib, ajoyib oʻyin namoyish qilmoqda"[15].

Xalqaro maydonda...

Gabriel Magalhães 2017-yilgi Janubiy Amerika U-20 chempionatida Braziliyanining 20 yoshgacha boʻlganlar jamoasi sharafini himoya qildi[16][17]. 2020-yil 14-noyabrda u Braziliya U-23 terma jamoasi safida Janubiy Koreya U-23 jamoasi futbolchilariga qarshi xalqaro oʻrtoqlik oʻyinida 3:1 hisobida gʻalaba qozondi[18][19]. 2021-yil 17-iyun kuni 2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari uchun qaydnomaga kiritildi, biroq 6-iyul kuni tizzasidan olgan jarohati sabab musobaqani tark etishga majbur boʻldi[20][21].

Karyera statistikasi

Klub

27-avgust 2022-yil holatiga ko'ra[22]
Klub, mavsum va musobaqalar kesimidagi oʻyinlar va gollar statistikasi
KlubMavsumLigaMamlakat chempionatiMamlakat kubogiLiga kubogiMintaqaviyBoshqaJami
DiviziyaOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGol
Avaí2016B Seriya2111314010392
Lille2016–17Liga 11000000010
2018–19Liga 11412010171
2019–20Liga 1241103060341
Jami392304060522
Troyes (ijara)2017–18Liga 110201040
Dinamo Zagreb (ijara)2017–18Prva HNL100010
Arsenal2020–21Premer-liga23210206100323
2021–22Premer-liga3550030385
2022–23Premer-liga410000000041
Jami62810506100749
Karyera boʻyicha jami124111311001001211017013

Sovrinlar

Dinamo Zagreb

  • Prva HNL: 2017–18[23]
  • Xorvatiya kubogi: 2017–18[24]

Manbalar