Garena Free Fire

Garena Free Fire (shuningdek, Free Fire Battlegrounds va Free Fire nomi bilan ham tanilgan) — Bu 111dots Studio tomonidan ishlab chiqilgan va Garena tomonidan 2017-yilda Android va iOS platformalari uchun nashr etilgan mobil multiplayer onlayn battle royall janridagi oʻyin bolib. Ushbu janrdagi eng mashhur mobil oʻyinlardan biridir.

Free Fire
Ishlab chiqaruvchi Vyetnam 111dots Studio
Nashir etuvchi Garena
Chiqarilgan sana 2017-yil 4-dekabr
Janr Action, Battle Royall
Platformalar iOS
Android
Yuritkich Unity
Versiya Android: 1.92.1 (2022-yil 15-iyul)
iOS: 1.92.1 (2022-yil 20-iyul)
Tizim talablari
Boshqaruv Sensorli ekran

Oʻyin jarayoni

Free Fire — Bu 50 ga yaqin oʻyinchi „battle royall“ rejimida kurashadigan, yaʼni oxirgi omon qolish huquqi uchun oʻzaro kurashadigan oʻyin. Free Firening battle royll janridagi boshqa oʻyinlardan asosiy personajni rivojlantirish tizimi va ularning mahorati[1].

Oʻyinchi oʻyinga qanday kirishni tanlashi mumkin: yolgʻiz, juftlik, uch yoki toʻrt kishilik tarkibda[2][3]. Oʻyin boshida, oʻyinchi tomonidan boshqariladigan personaj, hech qanday jangovar uskunalarsiz, xarita ustida uchayotgan samolyot bortida boʻladi. Bunday holda, parvoz yoʻnalishi tasodifiy tanlanadi. Qoʻngandan soʻng, oʻyinchilar omon qolish va boshqa oʻyinchilarni magʻlub etishga yordam beradigan qurol va uskunalarni qidirib, binolarni tekshirishlari mumkin. Janrning boshqa oʻyinlarida boʻlgani kabi, oʻldirilgan oʻyinchilar oʻz uskunalarini oʻlgan joyida qoldiradilar[2][3].

Har bir necha daqiqada xaritaning oʻynash mumkin boʻlgan maydoni tasodifiy joyda qisqaradi, bu xavfsiz zonadan tashqaridagi har qanday oʻyinchiga zarar yetkazadi, agar xavfsiz zonaga oʻz-vaqtida yetib boʻrmasa oʻyinchi oʻladi va oʻyin tugaydi. Shuningdek, oʻyin davomida xaritaning tasodifiy joylarida qizil zona paydo boʻladi, u bombardimon qilinadi, bu esa ushbu hududdagi oʻyinchilar uchun xavf tugʻdiradi. Oʻrtacha toʻliq oʻyin 10 daqiqadan koʻp davom etmaydi[2][3].

Ishlab chiqish

Oʻyin Vetnam kompaniyasi 111dots Studio tomonidan ishlab chiqilgan[2] va loyihaga Singapurda joylashgan Shopee[en] va Garena[4] elektron tijorat platformasi asoschisi Forrest Li hisoblanadi. Free Fire Battle royal janrini ommalashtirgan PlayerUnknownʼs Battlegrounds oʻyiniga asoslanib ishlab chiqilgan[2]. 2017-yil 3-noyabrda Android platformasida oʻyinning yopiq beta-sinovi Tailand, Vetnam, Singapur, Malayziya, Indoneziya va Filippinda boʻlib oʻtgan [5]. 2017-yil 4-dekabrda oʻyinning toʻliq relizi boʻlib oʻtgan[6].

2020-yilda Garena Free Fire Max[7] deb nomlangan Free Firening takomillashtirilgan versiyasi ustida ishlayotgani xaqida xabar qiladi va 2021-yil aprel oyida yaqin sharq va janubiy Afrika mamlakatlari uchun Free Fire Max dasturiga oldindan roʻyxatdan oʻtish ochiladi. Uning chiqarilishi oʻsha yilning 9 iyuniga belgilanadi[8].

Tanqid

GamePrime sharhlovchisi Muhammad Bilol Sharir byudjetli telefonlarda grafikaning afzalligini taʼkidladi, shuningdek, „Agar sizga yaxshi grafikali oʻyinlar yoqsa, biz Free Fire Battlegrounds oʻynashni tavsiya etmaymiz. Ammo agar siz battle royale oʻyinlarini yoqtirsangiz va doʻstlaringiz bilan dam olishni istasangiz, albatta oʻynashingiz kerak“[9]

Yutuqlar

Garena Free Fire — bu PUBG Mobile, Fortnite va Call of Duty: Mobile- dan keyingi eng mashhur mobil battle royall oʻyinlaridan biri boʻldi. Free Fire 2018-yilning to‘rtinchi choragida Google Play’da va App Store doʻkonlarida eng ko‘p yuklab olingan to‘rtinchi o‘yin [10][11] bo‘ldi. 2018 va 2020-yillarda Free Fire toʻrtinchi va uchinchi oʻrinlarni egallab eng koʻp yuklab olingan mobil oʻyinlar 10 taligiga kirdi[12][13][14][15]. 2019-yilda oʻyin Googlening „Best Breakthrough Game“[16] mukofotiga sazovor boʻlib, eng koʻp yuklab olingan mobil oʻyin[17][1] boʻlib, 1-milliard dollardan ortiq daromad keltirdi[18]. 2020-yil oktabr oyida Free Fire mobil o‘yinlar orasida eng ko‘p o‘yinchilar soni bo‘yicha ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi[19]. 2020-yil dekabr oyida oʻtgan yildagi yutugʻini takrorlab[20] oʻyin YouTubeʼda eng koʻp koʻrilgan oʻyinlar 5 taligiga kirdi[21] va oʻsha yilning noyabr oyida mobil qurilmalarda eng koʻp daromad keltiruvchi oʻyinga aylandi[22]. 2020-yil dekabr holatiga ko‘ra, Free Fire Google Play’da 500 milliondan ortiq yuklab olingan[23].

ESPORTS

16-noyabr kuni Rio-de-Janeyrodapubg haram jamg‘armasi 400 000 $ tashkil qiluvchi Free Fire World Series 2019 Rio musobaqasi bo‘lib o‘tdi[24].

2020-yilning 1-fevral kuni Sovrin jamg‘armasi 1 200 000 rublni tashkil etgan Rossiya Free Fire ligasi turnirining ochilishi bo‘lib o‘tdi[25].

2020-yil 3-iyul kuni Garena ikkita ochiq saralash, ikkita saralash finali, yopiq saralash, ikkita asosiy bosqich va liganing grand finalini oʻz ichiga olgan Free Fire Pro League MDH (FFPL MDH) yangi ligasini eʼlon qildi. Liganing umumiy mukofot jamgʻarmasi 30 000 $[26] tashkil qiladi.

2020-yil avgust oyida oʻsha yilning 21-noyabrida boʻlib oʻtgan Free Fire Continental Series (FFCS) xalqaro turniri eʼlon qilindi. Turnir uchta musobaqani oʻz ichiga oldi: Free Fire America Series (Shimoliy va Janubiy Amerika oʻyinchilari oʻrtasida); Hindiston, Indoneziya, Malayziya, Tayvan, Tailand va Vetnam oʻyinchilari ishtirokidagi Free Fire Asia seriyasi va Free Fire EMEA Series, bu yerda Yevropa, MDH, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika[27][28] oʻyinchilari raqobatlashdi.

2021-yil mart oyida Singapurda 2021-yil may oyida boʻlib oʻtgan „Free Fire World Series 2021“ eSPORTS turniri 2 000 000 $ mukofot puli bilan eʼlon qilindi. Pocket Gamer veb-saytiga koʻra, global pandemiya tufayli turnir sanalari oʻzgartirilgan[29].

Manbalar