Gerald Vanenburg

Gerald Mervin Vanenburg (1964-yil 5-martda tugʻilgan) — gollandiyalik sobiq professional futbolchi, oʻng qanot himoyachisi.

Gerald Vanenburg
Vanenburg 1981-yilda
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismiGerald Mervin Vanenburg
Tavallud sanasi5-mart 1964-yil (1964-03-05) (60 yosh)
Tavallud joyiUtrecht, Niderlandiya
Boʻyi1.72 m
AmpluasiHimoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Sterrewijk
Elinkwijk
Professional faoliyati*
YillarJamoaIsht.(Gol.)
1980—1986Ajax173(64)
1986—1993PSV199(48)
1993—1996Júbilo Iwata86(14)
1997Utrecht9(2)
1997—1998Cannes26(6)
1998—20001860 Munich43(2)
Milliy terma jamoa
1982—1992Niderlandiya42(1)
Boshqargan klublari
2000—2005PSV (yosh)
20041860 Munich
2006—2007Helmond Sport
2008FC Eindhoven
2008Willem II (yordamchi)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Vanenburg Erediviziyada jami 372 oʻyin oʻtkazgan. Ajax va PSV klublarida 112 ta gol urgan. Keyingi 20 yillik professional faoliyatida Yaponiya, Fransiya va Germaniya jamoalarida oʻynadi.

Vanenburg Gollandiya terma jamoasi safida 40 dan ortiq oʻyin oʻtkazgan. 1990-yilgi Jahon chempionati va 1988-yilgi Yevro-1988 musobaqalarida qatnashgan

Klublardagi faoliyati

Ajax

Utrextda tugʻilgan[1] Vanenburg AFC Ajaxda Erediviziyadagi debyutini 17 yoshga toʻlganidan roppa-rosa bir oy oʻtib, ADO Den Haagga qarshi oʻyinida oʻtkazdi. Oʻzining birinchi mavsumini 11 oʻyin va uchta gol bilan yakunladi

Vanenburg koʻp oʻtmay amsterdamliklarning asosiy himoyachisiga aylandi. Klub ketma-ket milliy chempionatlarda gʻalaba qozongan ikki mavsumda 30 ta gol kiritdi[2].

PSV

Vanenburg 1986—1987-yilgi mavsumda PSV Eindhoven klubi bilan shartnoma imzoladi. Oʻzining birinchi mavsumida 34 ta oʻyinda 9 ta gol urdi. Keyingi mavsumda jamoa bilan treblni qoʻlga kiritdi. Himoyachi yevrokubok finalida maydonga tushdi va SL Benficaga qarshi penaltilar seriyasida gol urdi[3].

Chet elda

29 yoshida Vanenburg Jubilo Ivataga oʻtdi. Kelgan mavsumida klub J1 ligasiga chiqidi. 1996—1997-yilgi mavsumni Utrecht klubida tugatdi.

Vanenburg yana uch yil AS Kann (Fransiya) va TSV 1860 Munich (Germaniya) jamoalarida oʻynadi. 2000-yilda 36 yoshida nafaqaga chiqdi.

Xalqaro faoliyati

Vanenburg 1982-yil 14-aprelda atigi 18 yoshida Gollandiya terma jamoasi safida debyut qildi. Eyndxovenda Gretsiya bilan oʻrtoqlik oʻyinida (1:0) toʻliq 90 daqiqa oʻynadi[4]. Vanenburg 1983-yilgi FIFA yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida Gollandiya sharafini himoya qildi[5].

Vanenburgni murabbiy Leo Beenhakker ham 1990-yilgi FIFA Jahon chempionati tarkibi uchun tanlagan[6]. Terma jamoadagi soʻnggi ishtiroki 1992-yil 14-oktyabrda Rotterdamda boʻlib oʻtgan 1994-yilgi Jahon chempionati saralash oʻyinida Polshaga qarshi oʻyinda (2:2) boʻlgan[4].

Murabbiylik faoliyati

1860 Munichni tark etgach, Vanenburg PSVga qaytib keldi va klubda yoshlar jamoasining menejeri etib tayinlandi. Ammo bu vaqt oraligʻida 2004-yil aprel oyidan boshlab, uch oy davomida sobiq TSV klubini boshqargan.

2006—2007-yillarda Vanenburg Eerste diviziyasida Helmond Sportni boshqargan va 2007-yil 17-fevralda ishdan boʻshatilgan. Keyingi yilning 1-yanvarida FC Eindhovenga murabbiy etib tayinlandi

Faoliyat statistikasi

Klubda

Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollar
KlubMavsumLigaMilliy kubokLiga kubogiJami
DiviziyaIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollar
Ajax1980—1981Erediviziya113113
1981—198232133213
1982—198333173317
1983—1984347347
1984—198529122912
1985—198634123412
Jami1736417364
PSV1986—1987Erediviziya349349
1987—1988341341
1988—198934103410
1989—1990216216
1990—199129112911
1991—1992197197
1992—1993284284
Jami1994819948
Yamaha Motors1993Football League00104252
Júbilo Iwata1994J1 Liga4381040488
199521121-232
199622500123348
Jami86143116310518
Utrecht1996—1997Erediviziya9292
Cannes1997—1998Liga 1266266
1860 Munich1998—1999[7]Bundesliga27220-292
1999-2000[7]16010-170
Jami4323000462
Jami faoliyati53613671205563142

Xalqaro

Terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollar [8]
Milliy terma jamoaYilIshtirokGollar
Niderlandiya1982-yil40
1983-yil51
1984-yil00
1985-yil00
1986-yil40
1987-yil70
1988-yil100
1989-yil40
1990-yil60
1991-yil10
1992-yil10
Jami421
Ballar va natijalar birinchi boʻlib Gollandiyaning gollari roʻyxatini koʻrsatadi, ballar ustuni har bir Vanenburg golidan keyin ochkoni koʻrsatadi.
Gerald Vanenburg tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati
T/rSanaJoyRaqibHisobNatijaMusobaqa
11983-yil 17-dekabrDe Kuip, Rotterdam, Niderlandiya  Malta1—05—0Yevro-1984 saralashi[4]

Yutuqlari

Ajax

  • Eredivizion: 1981—1982, 1982—1983, 1984—1985[9]
  • KNVB kubogi: 1982—1983, 1985—1986[10]

PSV

  • Yevropa kubogi: 1987—1988 [11]
  • Eredivizion: 1986—1987, 1987—1988, 1988—1989, 1990—1991, 1991—1992[9]
  • KNVB kubogi: 1987—1988, 1988—1989, 1989—1990[10]
  • Johan Cruyff Shield: 1992[9]

Niderlandiya

Individual

  • Gollandiya oltin butsasi: 1988, 1989[10]

Manbalar