GfK Entertainment chartlari

GfK Entertainment chartlari GfK Entertainment (eski nomi Media Control and Media Control GfK International) tomonidan asos solingan Germaniyadagi rasmiy musiqiy chartlardir. GfK Entertainment haftalik top 100 singl va albom chartlarini, shuningdek, toʻplamlar, jaz, klassik musiqa, shlyager, hip hop, dance, komediya va musiqiy kliplar kabi janrlarga koʻra saralangan boshqa turli chart formatlarini oʻz ichiga oladi.[1] 2014-yilning martida Media Control AG shirkati sud daʼvosidan soʻng, Media Control® GfK International oʻz nomini „GfK Entertainment“ga oʻzgartirishga majbur boʻlgan.[2]

Manbalar

Havolalar