Gorovits Vladimir Samoylovich

GOROVITS (Horowitz) Vladimir Samoylovich [1904.18.9(1.10), Ukrainadagi Berdichev sh,— 1989, Nyu-York] — amerikalik pianinochi. 20-asrning mashhur virtuoz ijrochilaridan. Kiyev konservatoriyasini tamomlagan (1921). 1925 y.dan chet el (1928 y.dan Nyu-York)da yashagan. Ijro uslubiga tabiiy joʻshqinlik, mohirona texnika bilan birgalikda ruhiy koʻtarinkilik, jozibali nafislik xos[1]. Repertuaridan F. Shopen, F. List, P. Chaykovskiy, S. Raxmaninov, A. Skryabin, S. Prokofyev va b. kompozitorlarning asarlari oʻrin olgan.

Manbalar

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil