Haj surasi

Haj surasi (arabcha: سورة الحج, nomining maʼnosi — Haj[9][10]) — Qurʼonning 22-surasi. Madaniy suralardan biri, 78 oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning 332–341[11]-sahifasida va 17-juzida joylashgan. 103-boʻlib nozil boʻlgan.

Moʻminun    22–sura   Anbiyo
Haj surasi — سورة الحج
Qurʼon nusxalaridan biridagi Haj surasi sarlavhasi. Yuqorida oʻngdan: 1. Oyati 78, 2. Markazda qizil rangda sura tartib raqami 22, qora rangda - Haj surasi va Madaniy, qizil rangda nozil boʻlgan tartibi - 103, 3. Rukuʼsi soni - 10; Pastda oʻngdan: 1. Sura:Madaniy, 2. Tilovat tartibi:22, 3. Nozil boʻlish tartibi:103, 4. Rukuʼsi:10, 5. Oyati:78, 6. Porasi (Juzi):17 deb koʻrsatilgan.

Suraning arabcha matni
Nomining maʼnosi Haj[1][2]
Tasnifi Madaniy sura[3]
Statistika
Sahifasi 332–341[4]
Juz 17
Sura raqami 22
Oyatlar soni 78
Sajda oyati 18 va 77-oyat[5]
Rukuʼlar soni 10[6]
Muqattaot harflari yoʻq[7]
Nozil boʻlish tartibi 103[8]

Arabcha matni ar.wikisource.orgda
tanzil.netda
Tarjimalari QuranAcademy.org
quran.uzda
Tilovat tartibi
Moʻminun surasi  Keyingisi22Oldingisi  Anbiyo surasi
Nozil boʻlish tartibi
Munofiqun surasi   Keyingisi103Oldingisi  Nur surasi
                                   

Asosiy mavzusi

Sura dillar dahshatga tushib, aqllar adashadigan, ona emizayotgan goʻdagini unutib, homilador ayol homilasini tashlab yuboradigan Qiyomat oldi dahshatlarini tasvirlash bilan boshlanadi va oʻz hayotlarini Tangri taolo buyurgan dini Islom ahkomlariga amal qilish bilan oʻtkazgan kishilar uchun oʻsha Kunda ham hech qanday xavf-xatar boʻlmasligi, dinu iymonsiz tirikchilik qilib oʻtgan kimsalar esa U Kunda xoru rasvo boʻlishlari taʼkidlanadi.

Maʼlumki, agar Makkada nozil qilingan suralarda soʻz asosan iymon, eʼtiqod haqida ketsa, Madinada nozil qilingan suralarda gʻoliban shariati Islomiyyadagi qonun-qoidalar zikr qilinadi. Inchunun ushbu sura ham bundan mustasno emas. Bu surada Islom dinining besh asosiy ruknidan biri boʻlmish Haj ibodati va Odam alayhis-salomdan qolgan «Eski Uy — Baytulloh» xususida ancha batafsil bayon qilinadiki, suraning «Haj» deb nomlanishiga ham sabab shudir.

Manbalar

Keyingisi: Moʻminun surasi 22-sura — arabcha matniOldingisi: Anbiyo surasi