Hilola Umarova

oʻzbekistonlik siyosatchi (1988—)

Umarova Hilola O‘ktamovna (1988-yil, Veymar, Germaniya Demokratik Respublikasi) — 2020-yildan Prezident taʼlim muassasalari agentligi direktori lavozimida ishlab kelgan[1]. 2022-yil 30-dekabrda maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri lavozimiga tayinlangan. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi - tashqi iqtisodiy faoliyat. O'zbek, rus, ingliz tillarini mukammal biladi[2].

Hilola Umarova
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri
Mansab davri
2022-yil 30-dekabrdan
Hukumat boshligʻi Abdulla Oripov (siyosatchi)
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Lavozim yangi joriy etilgan
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 9-avgust 1988-yil (1988-08-09) (35 yosh)
Germaniyaning Veymar shahri
Mukofotlari Oʻzbekiston belgisi nishoni

Mehnat faoliyati

  • 20142016Toshkent shahridagi Inha universiteti hujjat taʼminoti va nazorati guruhi 1-toifali mutaxassisi.
  • 20162018 — Toshkent shahridagi Inha universiteti hamkorlikni rivojlantirish va homiylarni jalb etish bo‘limi yetakchi mutaxassisi.
  • 2018 — Toshkent shahridagi Inha universiteti xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari.
  • 2018 — Toshkent shahridagi Inha universiteti xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i.
  • 2018 — O‘zbekiston Respublikasi Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasi tadqiqotchisi.
  • 20182020 — Toshkent shahridagi Inha universitetining faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha bosh menejeri[2].
  • 20202022 — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori[3].
  • 2022-yil 30-dekabrdan O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri[4]

Manbalar