Ilk paleolit

Ilk paleolit - odam tarixining davridir, pliotsen davrining ohirida boshlangan va bu davrda birinchi marotaba hozirgi odamning ajdodlari Homo habilis tosh asboblarini ishlatilishni boshlaganlar. Bu 3 million yildan oldin boshlangan va 100000 yilgacha boʻlgan vaqt(6-sinf darsligi Qadimgi Dunyo Tarixi maʼlumoti boʻyicha). Oʼziga Olduvay madaniyati va Ashel madaniyati kiradi. Paleolit davrining boshlanish davridir.

4 turdagi tosh asboblari

Bundan keying Oʻrta paleolit va keying Soʻnggi paleolit boʻlgan.

Ilk paleolit davrining xronologiyasi

Afrikada gominidlarni hayotga yuzaga kelishi

  • 3-mln. atrofida - soʻngi pliotsen davrining boshlanishi. Issiq iqlim.
  • 2,8-mln. atrofida - Afrika iqlimining Aridizatsiyasi yaʼni jingirtoblanishi. 2,6-2,52 mln atroflarida maksimal jarayoniga erishadi.
  • 2,74-mln atrofida - Arktika, Shimoliy Osiyo va Amerikada muzlanish kuchayib boradi.
  • 2,614-mln atrofida - Dengiz izotop bosqichi statistikasi boshlanishi.
  • 2,588-mln atrofida - Gauss va Matuyama paleomagnit davrlarini inversiyasi.
  • 2,6-2,5-mln atroflarida - Vest Gona mazili Omo vodiylari daryosida (Janubiy Efiopiya, Rudolf koʻlining shimoliy yoʻnalishida), Shungura tuzilishi. Yaʼni Olduvay madaniyati. Olduvay - mil. Avv. 3-2 mln. yil. Odamzod ajdodlarining qadimiy yodgorliklari topilgan Sharqiy Afrikadagi Olduvay darasi (Tanzaniya). 6-sinf. Qadimgi Dunyo Tarixi
  • 2,6 mln atrofida - Australopithecus garhi qoldiqlari Buri tuzilishidan (Avash daryosi, Efiopiya), ehtimol u tosh qurolarini ishlatgan.
  • 2,5-2,3 mln atrofida - Homo habilisning paydo boʻlishi
  • 2,4-mln atrofida - Keniyaning Baringo koʻlida chakka suyaklar. KNM-BC 1, tahminan Homo rudolfensis boʻlishi mumkin.
  • 2,4 mln atrofida - UR 501 jagʻi Uraxdan (Malavi), Homo rudolfensis.
  • 2,4 mln (?) - Olduvay I maʼnaviyatiga tegishli tosh asboblar, Yiron (Isroil).
  • 2,34 mln - 3000 yaqin tosh asboblari Lokaley 2Cdan (Turkan koʻlidan gʻarb tarafida).
  • 2,34 mln - KNM-WT 42718 tishi, Homo toifasidan individ (Turkan koʻlidan gʻarb tarafida).
  • 2,33 mln - A.L. 666-1 jagʻi, Hadardan, Efiopiya. Tahminan Homo Habilisga tegishli boʻlishi mumkin. Bu topilmalar Olduvay madaniyatida joylashgan yerda topilgan.
  • (??)2,5-2,33 mln atrofida - "Tosh asboblar" San-Valedan, Fransiya. Antropogen kelib chiqilishi rad etilgan va boshqa Yevropadagi topilmalar ham.
  • 2,2mln atrofida - Tosh asboblar Kanjerdan, Keniya.
  • 2,15-2,14 mln - Reyunyon paleomagnit ekskursi.
  • 2,05 mln atrofida - Shungura tuzilishida asboblar topilmalari.
  • 2,35 - 2 mln atrofida - Olduvay madaniyatiga tegishli tosh asboblari. Semlika daryosi, Kongo Demokratik Respublikasi

"Afrika natijasi"ning boshlanishi

Yana qarang

Manbalar