Internet fenomeni

Internet fenomeni yoki internet memi deb kishidan kishiga internet orqali tarqaluvchi biror faoliyat, tushuncha, shior yoki mediaga aytiladi.[1] Misol qilib jamoat joylarida yerga yotib suratga tushish ("planking") va Harlem Shake musiqasiga raqsga tushayotganlarni videoga olishni keltirish mumkin.

Mem lugʻatda "odamdan odamga tarqaluvchi gʻoya, feʼl-atvor, yoki uslub" deb taʼriflanadi.[2] Internet memi tasvir, havola, video, vebsayt yoki hashtag shaklida boʻlishi mumkin. Shunchaki soʻz yoki ibora, jumladan atayin xato yozilgan ibora boʻlishi ham mumkin. Bunday memlar odamlar orasida ijtimoiy tarmoq, blog, email yoki yangiliklar orqali tarqaladi. Internet memlari internet madaniyatining katta qismidir.

Mem soʻzini Richard Dawkins 1976-yilgi Xudbin gen kitobida madaniy axborot tarqalishini tushuntirish uchun kiritgan;[3] Internet memi esa shu mem tushunchasining internetga oid qismidir.

Manbalar

Havolalar