Józef Piłsudski

Józef Klemens Piłsudski (polakcha: ˈjuzɛf piwˈsutski ( tinglang), 5-dekabr 1867 – 12-may 1935) Polsha davlat arbobi, prezidenti (1918–22), marshali (1920-yildan) boʻlgan. Birinchi jahon urushi oʻrtalaridan u Polsha siyosatiga katta taʼsir koʻrsatib, Yevropa siyosiy sahnasining muhim shaxslaridan biri boʻlgan.[1] U 1918-yili Ikkinchi Polsha Respublikasi yaratilishiga masʼul boʻlgan.[2][3][4] Żeligowski isyonidan keyin Polsha Piłsudski boshchiligida Vilnusni bosib oldi, biroq Litvaning katta qismini yangi Polsha davlatiga qoʻsha olmadi.[5]

Józef Klemens Piłsudski
Józef Piłsudski

Mansabda boʻlgan yillari
14-noyabr 1918 – 11-dekabr 1922
Yordamchi(lar)  Ignacy Daszyński, Jędrzej Moraczewski, Ignacy Jan Paderewski, Leopold Skulski, Władysław Grabski, Wincenty Witos, Antoni Ponikowski, Artur Śliwiński, Julian Nowak
Keyingi prezidentGabriel Narutowicz

Tavalludi

5-dekabr 1867-yil
Zułów (litovcha: Zalavas), Litva, Rossiya Imperiyasi
Vafoti12-may 1935-yil(1935-05-12)
(67 yoshda)
Varshava, Polsha
Siyosiy partiyaPPS
yoʻq
Turmush oʻrtogʻiMaria Piłsudska;
Aleksandra Piłsudska
Imzo

Faoliyati boshida Piłsudski Polsha sotsialist partiyasi rahnamosi boʻlgan. Biroq Polsha mustaqilligi uchun nafaqat siyosiy, balki harbiy kurash ham olib borish kerakligini tushungani tufayli Polsha legionlarini tuzgan. 1914-yili u Yevropa urushi boshlanishini, Rossiya Imperiyasining Markaziy davlatlar tomonidan, Markaziy davlatlarning esa gʻarb kuchlari tomonidan yengilishini kutgan edi.[6][7] Birinchi jahon urushi boshlanganida u va uning legionlari Avstriya-Mojariston va Olmon Imperiyasi tomonida Rossiyaga qarshi jang qildi. 1917-yili Markaziy davlatlarni qoʻllab-quvvatlashni toʻxtatdi.

1918-yil noyabrida Polsha mustaqil boʻlganidan to 1922-yilgacha Piłsudski Davlat Raisi (polyakcha: Naczelnik Państwa) boʻlgan. 1919–21-yillarda u Polsha qoʻshinlarini Polsha-Sovet urushida boshqardi. 1923-yili Polsha hukumatida Milliy demokratlar boshliq muxolifatlar yigʻilishi bilan u faol siyosatdan chiqdi. Uch yil oʻtib, 1926-yil mayidagi toʻntarilish ketidan yana mansabga oʻtirdi va de facto Polsha yetakchisiga aylandi. Varshavadagi Italiya elchisi unga „qadimgi ritsarlar kiyimidagi liberal demokrat“ deb baho bergan.[8] Shundan soʻng Piłsudski vafotigacha (1935) asosan harbiy va tashqi siyosiy ishlar bilan shugʻullangan.

Oʻlimiga qadar oʻttiz yil davomida Piłsudski bir-birini toʻldiruvchi ikki strategiya: "Prometeizm", Rossiya Imperiyasi va Sovet Ittifoqini parchalashga harakat; hamda Polsha va qoʻshni mamlakatlardan iborat Dengizlararo federatsiya qurishga intilish bilan ish olib borgan. Ayrim siyosiy amallari ziddiyatlarga sabab boʻlgan esa-da, Piłsudski xotirasi Polsha vatanparvarlari tomonidan qadrlanib keladi.[9][10][11][12]

Manbalar

Havolalar