Jo Hyeon-woo

 

Jo Hyeon-woo
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismiJo Hyeon-woo
Tavallud sanasi25-sentyabr 1991-yil (1991-09-25) (32 yosh)
Tavallud joyiSeoul, Janubiy Koreya
Boʻyi1.89 m
AmpluasiDarvozabon
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Ulsan Hyundai
Raqami21
Professional faoliyati*
YillarJamoaIsht.(Gol.)
2013—2019Daegu FC210(0)
2020Ulsan Hyundai96(0)
Milliy terma jamoa
2010Janubiy Koreya U202(0)
2013—2014Janubiy Koreya U232(0)
2018Janubiy KoreyaU235(0)
2015Janubiy Koreya22(0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 14-sentyabr uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2022-yil 27-iyul uchun)

Jo Hyeon-woo (talaffuzi: Cho Hyon U) (1991-yil 25-sentyabrda tugʻilgan) — janubiy koreyalik futbolchi, Ulsan Hyundai va Janubiy Koreya terma jamoasi darvozaboni[1].


Sun Moon universitetini tugatgandan soʻng, Jo 2013 K 1 ligasida Daegu FC tomonidan tarkbdga qoʻshib olingan. U oʻzining birinchi professional mavsumida jamoasi bilan quyi ligaga tushib ketgan. 2015-yilgi mavsumdan boshlab Jo Daeguning birinchi darvozaboniga aylangan va K Liga 2da eng yaxshi darvozabon deb topilgan. Nihoyat Daegu 2016-yilda K 1-Ligaga koʻtarilgan. Jo shuningdek, Teguning 2018-yilda Koreya FA kubogi sohibi bo‘lishiga hissa qo‘shgan.

Daegudagi muvaffaqiyatli karyerasidan so‘ng Jo 2020-yil 20-yanvarda Ulsan Hyundaiga qo‘shilgan[2].

Xalqaro faoliyati

Ilk faoliyat yillari

2015-yilning noyabr oyida Jo Janubiy Koreya terma jamoasiga murabbiy Uli Shtilike tomonidan Laos va Myanmaga qarshi 2018-yilgi Jahon chempionati saralashida oʻyinida ishtirok etish uchun chaqirilgan[3]. U 2017-yilda EAFF E-1 futbol chempionatining milliy vakili sifatida tanlangan va musobaqaning eng yaxshi darvozaboni sovrinini qo‘lga kiritgan.

2018 FIFA Jahon chempionati

2018-yilning may oyida Jo Janubiy Koreyaning 2018-yilda Rossiyada bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionati uchun dastlabki 28 kishilik tarkibiga kiritilgan[4]. Dastlab uchinchi raqamli posbon sifatida tanlangan, Jo qolgan ikki darvozabondan boʻyi balandroq boʻlgani uchun asosiy tarkibda maydonga tushgan va shu tariqa tarixda ilk bor oʻzining yirik musobaqasida debyut qilgan[5][6]. Shvetsiya va Meksikaga qarshi dastlabki ikki o‘yinlar Janubiy Koreyaning mag‘lubiyati bilan yakunlangan. Jo Germaniya terma jamoasiga qarshi oʻz darvozasidan toʻp oʻtkazib yubormasdan yettita seyv amalga oshirgan[1]. Janubiy Koreya oʻyinda gʻalaba qozonganiga qaramay (Shvetsiya Meksikani 0:3 hisobida magʻlub etgani uchun) turnirni tark etgan. Janubiy Koreya F guruhida Germaniyani ortda qoldirib, uchinchi o‘rinni egallagan.

2018-yilgi Osiyo oʻyinlari

Jo 2018-yilgi Osiyo oʻyinlari uchun Janubiy Koreyaning 23 yoshgacha boʻlgan terma jamoasiga kiritilgan. U guruh bosqichida Bahrayn va Qirgʻizistonga qarshi ikkita oʻyinda maydonga tushib, gol oʻtkazib yubormagan. Jo Eronga qarshi 1/8 finalda ham maydonga tushgan, ammo bu oʻyinda jarohat olgan. O‘zbekistonga qarshi chorak finalda uning o‘rnini Song Bum-keun egallagan, biroq Song uchta gol o‘tkazib yuborgan. Jo yana yarim final va finalda maydonga qaytgan. U turnirda atigi ikkita gol oʻtkazib yuborib, Janubiy Koreyaning oltin medaliga hissa qoʻshgan va keyinchalik majburiy harbiy xizmatdan ozod etilgan.

Faoliyat statistikasi

Klub

KlubMavsumLigaKubokQitʼaBoshqaJami
DivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGol
Daegu FC2013K Liga 114000140
2014K Liga 215000150
2015K Liga 241020430
2016K Liga 239020410
2017K Liga 135010360
2018K Liga 128040320
2019K Liga 13800060440
Jami210090602250
Ulsan Hyundai2020K Liga 127050320
2021K Liga 1380108020490
2022K Liga 13100060370
Jami96060140201180
Karyerada jami3060150200203430

Xalqaro

Terma jamoada yil boʻyicha oʻyin va gollar[7]
Milliy terma jamoaYilOʻyinMGol
Janubiy Koreya201730
201880
201950
202120
202240
Karyerada jami220

Yutuqlar

Daegu FC

  • Koreya FA kubogi : 2018

Ulsan Hyundai

Janubiy Koreya U23

  • Osiyo oʻyinlari : 2018

Janubiy Koreya

  • EAFF chempionati : 2017, 2019

Shahsiy yutuqlar

Manbalar