Joe Willock

Joseph George Willock (talaffuzi: Jozef Jorj Uillok) (1999-yil 20-avgustda tugʻilgan) — ingliz professional futbolchisi. Willock Angliya Premer-ligasining „Newcastle United“ klubida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Joe Willock
Willock Arsenal klubida 2018-yil
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismiJoseph George Willock[1]
Tavallud sanasi20-avgust 1999-yil (1999-08-20) (24 yosh)[2]
Tavallud joyiWaltham Forest, Angliya
Boʻyi6 feet 1 dyum (1.85 m)[3][4]
Ampluasiyarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Newcastle United
Raqami28
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2004—2017Arsenal
Professional faoliyati*
YillarJamoaIsht.(Gol.)
2017—2021Arsenal40(1)
2021Newcastle United (ijara)14(8)
2021-Newcastle United41(2)
Milliy terma jamoa
2014

Angliyaning 16 yoshgacha

boʻlgan oʻsmirlar terma jamoasi
2(1)
2017—2018

Angliyaning 19 yoshgacha

boʻlgan oʻsmirlar terma jamoasi
6(0)
2018—2019

Angliyaning 20 yoshgacha

boʻlgan oʻsmirlar terma jamoasi
7(4)
2019—2020

Angliyaning 21 yoshgacha

boʻlgan oʻsmirlar terma jamoasi
4(0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 23-oktyabr 17:48 (utc) uchun)

Faoliyati

„Arsenal“ klubining yoshlar jamoasida tarbiyalangan Willock toʻrt yarim yoshida „Arsenal“ klubining yoshlar jamoasiga qoʻshilgan[5]. Willock 2017-yilning 20-sentyabrida EFL kubugi doirasidagi „Doncaster Rovers“ klubiga qarshi kechgan uchrashuvda klub uchun asosiy tarkibda maydonga tushgan[6].

Arsenal

Willock Angliya Premer-ligasidagi oʻyinini 2018-yilning 15-aprelida „Newcastle United“ klubiga qarshi uchrashuvda oʻtkazdi[7]. Willock 2018-yilning 29-noyabrida UEFA Yevropa Ligasi doirasidagi „Vorskla Poltava“ klubi bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda oʻzining birinchi golini kiritdi. Uchrashuv 3:0 hisobida „Arsenal“ klubining gʻalabasi bilan yakunlangan[8].

2019-yilning 12-sentabrida Willock „Arsenal“ klubi bilan yangi uzoq muddatli shartnoma imzolaganini eʼlon qildi[9][10]. 2020-yil 25-iyun kuni Willock Angliya Premer-ligasidagi ilk golini „Southampton“ klubiga qarshi oʻyinda (2:0) kiritdi[11].

Newcastle United

2021-yilning 1-fevralida Willock 2020—2021-yilgi mavsumning qolgan qismida ijara asosida „Newcastle United“ klubiga oʻtdi[12]. 6-fevral kuni Willock „Sautgempton“ ustidan 3:2 hisobida gʻalaba qozongan debyut uchrashuvida 16-daqiqada gol urdi[13]. „Tottenham“, „West Ham United“ va "Liverpool" klublariga qarshi oʻyinlarda Willock zaxiradan maydonga tushib, ketma-ket uchta gol urganidan soʻng[14][15][16], Willock „Leicester City“ klubiga qarshi oʻyinda boshlangʻich tarkibda maydonga tushirildi. Bu uchrashuvda Willock yana bir bor raqib darvozasini ishgʻol qildi[17]. 14-may kuni Willock „Manchester City“ klubiga qarshi oʻyinda ham (4:3) gol urdi[18]. 19-may kuni Willock ketma-ket oltinchi liga oʻyinida gol urdi va 21 yoshu 272 kunligida Premer-liga tarixidagi eng yosh futbolchiga aylandi, bu rekord Romelu Lukakuga tegishli edi[19]. Toʻrt kundan soʻng, Premer-liga mavsumining soʻnggi kunida Willock yana gol urib, Alan Shearer tomonidan oʻrnatilgan ketma-ket oʻyinlarda gol urish boʻyicha klub rekordini yangiladi[20].

2021-yil 13-avgustda „Newcastle United“ klubi Willock bilan olti yillik shartnoma imzolaganini tasdiqladi[21]. Shartnoma doirasidagi toʻlov miqdori 25 million funt sterling ekani xabar qilingan[22].

Shaxsiy hayoti

Willock Londonning Waltham Forest shahrida tugʻilgan[23]. Willockning akalari Chris Willock va Matty Willock ham futbolchi hisoblanishadi.

Faoliyat statistikasi

KlubMavsumLigaFA kubugiEFL kubugiYevropaBoshqaUmumiy
DiviziyaOʻyinGollarOʻyinGollarOʻyinGollarOʻyinGollarOʻyinGollarOʻyinGollar
Arsenal2017-18[24]Angliya Premer-ligasi2010305000110
2018-19[25]Angliya Premer-ligasi2012003163
2019-20[26]Angliya Premer-ligasi291502282445
2020-21[27]Angliya Premer-ligasi7010305310173
Umumiy4018282216107811
Arsenal2018-19[25]2323
Newcastle United (ijara)2020-21[27]Angliya Premer-ligasi148148
Newcastle United2021-22[28]Angliya Premer-ligasi2921010312
2022-23[29]Angliya Premer-ligasi1100010120
Umumiy541010205710
Umumiy9411921022163313723

Manbalar