Karina Maruyama

Karina Maruyama (yaponcha 丸山 桂里奈.1983-yil 26-martda tugʻilgan) — yaponiyalik Tarento futbolchisi. Yaponiya terma jamoasida oʻynagan. Maruyama nafaqaga chiqqanidan beri televizorda faol boʻlib, Horipro isteʼdodlar agentligi koʻrsatuvlarida faoliyat yuritadi.

Karina Maruyama
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi丸山 桂里奈
Tavallud sanasi26-mart 1983-yil (1983-03-26) (41 yosh)
Tavallud joyiOta, TokioYaponiya Yaponiya
Boʻyi163sm
AmpluasiHujumchi
Milliy terma jamoa
Yaponiya Yaponiya

Jamoalardagi faoliyati

Maruyama 1983-yil 26-martda Tokioning Ota shahrida tugʻilgan.Nippon Sport fan universitetini tamomlagandan soʻng, u 2005-yilda TEPCO Mareeze kompaniyasiga qoʻshildi va Fukusima Daiichi atom elektr stansiyasi uchastkasiga joʻnatildi[1][2].

Maruyama 2005-yilgi mavsumda L. Ligasining eng yaxshi yosh futbolchisi sifatida tanlandi. 2009-yilgi mavsumgacha L. ligasida oʻynadi. U 2010-yilda AQShning Filadelfiya Independens jamoasida oʻynash uchun ligani tark etdi. Sentabr oyida u Yaponiyaga qaytib, JEF United Chiba jamoasiga qoʻshildi. 2012-yilda Krina FC Speranza Osaka-Takatsuki (keyinchalik Konomiya Speranza Osaka-Takatsuki)ga oʻtdi. 2016-yilgi mavsum oxirida u nafaqaga chiqdi.

Terma jamoa karyerasi

2002-yil avgust oyida Maruyama 2002-yilgi 19 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionati uchun Yaponiyaning 20 yoshgacha boʻlgan terma jamoasiga tanlab olindi[3]. Oktabr oyida u Yaponiya terma jamoasi tomonidan 2002-yilgi Osiyo oʻyinlarida ishtirok etish uchun chaqiruv oldi. Ushbu musobaqada u 2-oktabr kuni Shimoliy Koreyaga qarshi debyut qildi[4]. U 2 marta Jahon chempionatlarida (2003 va 2011) va Yozgi Olimpiya oʻyinlarida 3 marta (2004, 2008 va 2012) qatnashgan. 2011-yilgi Jahon chempionatida Germaniya oʻyindagi yagona golni kiritib, mezbon davlatni magʻlub etdi va Yaponiyani turnirning birinchi yarim finaliga olib chiqdi[5]. Yaponiya AQSHni magʻlub etganida u finalda zaxiradan maydonga tushdi[6]. 2012-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlarida Yaponiya kumush medalni qoʻlga kiritdi. U Yaponiya terma jamoasi safida 2014-yilda faoliyatini yakunlangunga qadar 79 oʻyin oʻtkazdi va 14 ta gol urdi.

List of match in 2011, 2012, 2013, 2014 at Japan Football Association (yaponcha)</ref>

Yaponiya terma jamoasi
YilOʻyinGol
200250
2003126
2004113
200530
200691
200710
2008173
200920
201000
201181
201250
201340
201420
Umumiy7914
Karina Maruyama in 2020

Milliy terma jamoadagi gollar

#SanaJoyRaqibXisobNatijaTurnir
1.19-Mart 2003-yilBangkok, Tailand 0-90–9Oʻrtoqlik oʻyini
2.11-Iyun 2003-yilBangkok, Tailand 7-07–02003-yil AFC Ayollar o'rtasida Osiyo chempionati
3.11-Iyun 2003-yilBangkok, Tailand 7-07–02003-yil AFC Ayollar o'rtasida Osiyo chempionati
4.13-Iyun 2003-yilBangkok, TailandMianmar7-07–02003-yil AFC Ayollar o'rtasida Osiyo chempionati
5.15-Iyun 2003-yilBangkok, Thiland 5-05–02003-yil AFC Ayollar o'rtasida Osiyo chempionati
6.12-Iyul 2003-yilTokio, Yaponiya 2–02–02003-yil FIFA Ayollar oʻrtasida Jahon chempionati kvalifikatsiyasi Pley-off
7.18-Aprel 2004-yilTokio, Yaponiya 7-07–0Futbol boʻyicha 2004-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlari kvalifikatsiya
8.22-Aprel 2004-yilTokyo, Japan 6-06–0Futbol boʻyicha 2004-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlari kvalifikatsiya
9.22-Aprel 2004-yilTokio, Yaponiya 6-06–0Futbol boʻyicha 2004-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlari Kvalifikatsiya
10.13-Noyabr 2006-yilKarlsruhe, Germany 3–63–6Oʻrtoqlik oʻyini
11.31-May 2008-yilHo Chi Minh City, Vietnam 0–60–112008 AFC WAyollar o'rtasida Osiyo kubogi
12.31-May 2008-yilHo Chi Minh City, Vietnam 0–100–112008 AFC Women's Asian Cup
13.24-Iyul 2008-yilKobe, Japan 3–03–0Oʻrtoqlik oʻyini
14.9 Jul 2011Wolfsburg, Germany 0–10–12011 FIFA Ayollar o'rtasida jahon chempionati

Yutuqlar

  • Ayolllar oʻrtasida futbol boʻyicha jahon chempionati - Chempion (2011-yil)
  • Ayollar oʻrtasida futbol boʻyicha Sharqiy Osiyo chempionati - Chempion (2008-yil)

Manbalar

Havolalar