Keane Lewis-Potter

Keane William Lewis-Potter (2001-yil 22-fevralda tugʻilgan) — angliyalik professional futbolchisi, Premer-liganing „Brentford“ klubida hujumchi sifatida oʻynaydi.

Keane Lewis-Potter
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismiKeane William Lewis-Potter[1]
Tavallud sanasi22-fevral 2001-yil (2001-02-22) (23 yosh)[2]
Tavallud joyiKingston upon Hull, Angliya
Boʻyi5 feet 7 inches (1.70 m)[2]
AmpluasiHujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Brentford
Raqami23
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
0000-2019Hull City
Professional faoliyati*
YillarJamoaIsht.(Gol.)
2019-2022Hull City110(27)
2019→ Bradford (Park Avenue) (ijara)5(0)
2022-Brentford0(0)
Milliy terma jamoa
2022-Angliya U214(1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(12-iyul uchun)

Klublardagi faoliyati

Lewis-Potter 2019-yilning yanvar oyida „Hull City“dagi birinchi oʻyinini Angliya kubogi doirasida „Milwall“ jamoasiga qarshi oʻyinda oʻtkazadi[3]. 2019-yilning mart oyida Lewis-Potter 2018-19-yilgi mavsumning qolgan qismi uchun Bradford (Park Avenue) jamoasiga ijaraga beriladi[4].

2019-yil 9-noyabrda Lewis-Potter „Hull City“ safida „West Bromwich“ jamoasiga qarshi o‘yinning 89-daqiqadasida Leonardo Lopes o‘rniga maydonga tushiriladi[5]. 2019-yil 30-noyabrda u Callum Elderning o‘rniga maydonga tushadi va Barnsleyjamoasining darvozasiga gol uradi. Ushbu gol Lewis-Potterning „Hull City“dagi yagona goli boʻlib qoladi. Shuningdek, ushbu gol uning birinchi professional goli hisoblanadi[6].

2021-yilning 18-yanvarida Lewis-Potter „Hull City“ jamoasi bilan 2023-yilning yoziga qadar yangi shartnoma imzolaydi[7].

Lewis-Potter 2020-21-yilgi mavsumda „Hull City“ jamoasi safida jami 13 ta gol uradi va mavsumni eng yaxshi toʻpurarlar orasida 3-oʻrin bilan yakunlaydi.

2022-yil 3-mayda Lewis-Potter „Hull City“ jamoasining 3-raqamli toʻpurari sifatida taqdirlanadi. Bundan tashqari „Hull City“ bosh murabbiyi Shota Arveladze uni mavsumning eng yaxshi oʻyinchisi deb topadi. Muxlislar tomonidan ham mavsumning eng yaxshi oʻyinchisi degan taʼriflarga sazovor boʻladi va mavsumning eng yaxshi futbolchisi unvoniga sazovor boʻladi[8].

Brentford

2022-yil 12-iyul kuni Premer-liganing Brentford klubi Lewis-Potter bilan olti yillik shartnoma imzolaganini eʼlon qiladi. Bu shartnomaning miqdori esa rasman eʼlon qilinmaydi[9][10].

Xalqaro faoliyati

2022-yilning mart oyida Lewis-Potter 21 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi 2023-yilgi UEFA Yevropa chempionati saralash bosqichi uchun Angliyaning 21 yoshgacha boʻlgan futbolchilari terma jamoasiga birinchi xalqaro chaqiruvini oladi[11]. U Albaniyaga qarshi uchrashuvning 82-daqiqada Noni Madueke oʻrniga zaxiradan maydonga tushib, Angliya U21 terma jamoasidagi birinchi oʻyinini oʻtkazadi[12].

Faoliyatining statistikasi

KlubMavsumLigaAngliya kubogiEFL kubogiBoshqaJami
DivizionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollar
Hull City2018-19 [13]Chempionat00100010
2019-20 [14]Chempionat2121000222
2020-21 [15]Birinchi liga43132030325115
2021-22 [16]Chempionat461210114813
Jami1102750413212230
Bradford (Park Avenue) (ijara)2018-19 [17]Shimoliy milliy liga5050
Faoliyatidagi jami1152750413212730

Yutuqlari

Hull City

  • EFL Birinchi ligasi : 2020-21[18]

Individual

  • EFLda oyining eng yaxshi yosh futbolchisi : 2020-yil sentyabr[19]
  • „Hull City“ning eng yaxshi futbolchisi: 2021-22[8]
  • „Hull City“ da yilning eng yaxshi futbolchisi: 2021-22[8]
  • „Hull City“ muxlislari orasida yilning eng yaxshi futbolchisi: 2021-22[8]

Manbalar