Kevin Friesenbichler

Kevin Friesenbichler (talaffuzi: Kevin Frizenbixler; 1994-yil 6-mayda tugʻilgan) — avstriyalik professional futbolchi. RFS jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi.

Kevin Friesenbichler
Friesenbichler Avstriya U21 safida, 2016-yil
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismiKevin Friesenbichler
Tavallud sanasi6-may 1994-yil (1994-05-06) (30 yosh)
Tavallud joyiWeiz, Avstriya
Boʻyi1.88 m (6 ft 2 in)
AmpluasiHujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
RFS
Raqami20
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2000—2008SC Weiz
2008—2009Austria Wien
2009—2010Admira Mödling
2010—2012Bayern Munich
Professional faoliyati*
YillarJamoaIsht.(Gol.)
2012—2014Bayern Munich II34(16)
2014—2017Benfica B0(0)
2014—2015→ Lechia Gdańsk (ijara)17(5)
2015—2016→ Austria Wien (ijara)31(6)
2016—2017→ Austria Wien (ijara)32(5)
2017—2019Austria Wien43(10)
2019→ Wolfsberger (ijara)12(2)
2019—2020VfL Osnabrück6(0)
2020—2021Sturm Graz23(3)
2021-RFS11(3)
Milliy terma jamoa
2009Avstriya U166(10)
2010Avstriya U175(3)
2011Avstriya U182(0)
2012Avstriya U195(3)
2013—2016Avstriya U2119(8)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(23-dekabr uchun)

Klublardagi faoliyati

Weiz shahrida tugʻilgan Friesenbichler besh yoshida mahalliy SC Weiz jamoasiga qoʻshildi. 2008-yilda Avstriya giganti FK Austria Wienga oʻtdi. Bir yildan soʻng Admira Mödlingga qoʻshildi. 2010-yilda Germaniyaning „Bayern“i bilan shartnoma imzoladi. Oʻsha paytda 16 yoshli Friesenbichlerning transfer narxi 500 ming yevroga teng edi[1]. Uch yil davomida klubning U19 jamoasida oʻynadi va 37 oʻyinda 27 gol urdi. 2013—2014-yilgi mavsumda zaxira jamoasida 22 oʻyinda 15 ta gol urdi, „Bayern“ turnir jadvalida birinchi oʻrinni egalladi.

2014-yilning 22-may kuni Friesenbichler Portugaliya chempioni „Benfica“ bilan toʻrt yillik shartnoma imzoladi[2]. 2014-yilning 26-iyulida „Benfica B“ safidagi ilk golini „Jong Ajax II“ga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida (4:3) kiritdi[3].

2014-yilning 22-avgustida, „Benfica“da ikki oy ham oʻtmay, Friesenbichler Polshaning „Lechia Gdańsk“ jamoasiga bir mavsumlik shartnoma asosida ijaraga berildi.

2015-yilning 22-iyulida Friesenbichler Austria Wien klubiga bir mavsumga yana ijaraga berildi[4]. Oradan roppa-rosa bir yil oʻtib, ijara yana bir mavsumga uzaytirildi[5]. 2017-yilning 1-iyulida Avstriya klubi bilan doimiy shartnoma imzoladi[6].

2019-yilning 2-iyulida Friesenbichler VfL Osnabrückga ikki yillik shartnoma asosida qoʻshildi[7].

Xalqaro faoliyati

2009-yil 14-avgustda Friesenbichler Avstriya U16 terma jamoasi safida Lixtenshteyn U16ga qarshi oʻyinda maydonga tushdi. Raqib ustidan 8:0 hisobida gʻalaba qozonishdi, oʻzi 2 ta gol urdi. 2013-yilning 18-noyabrida Vengriyaga qarshi oʻyinda (4:2 gʻalaba) 1 ta gol urdi.

Faoliyat statistikasi

Klubda

15-iyun, 2017-yilgi holat boʻyicha
KlubMavsumLigaKubokQitʼaBoshqaJami
LigaIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollar
Bayern Munich II2012—2013Regionalliga Bayern121121
2013—20142215202415
Jami3416203616
Lechia Gdańsk (ijara)2014—2015Ekstraklasa1440031175
Avstriya Wien (ijara)2015—2016Bundesliga (Avstriya)316443510
2016—20173252292439
Jami631166927818
Jami faoliyati1113166925113140

Terma jamoada

YilTerma jamoaIshtirokGollar
2009Avstriya U16610
2010Avstriya U1753
2011Avstriya U1820
2012Avstriya U1953
2013—2016Avstriya U21198

Manbalar