Kim Jae-ryong

 

Kim Jae-ryong
Shimoliy Koreyaning 12-bosh vaziri
Bosh vazir

lavozimidagi 2019-yil 11-aprel — 2020-yil 13-avgustfaoliyat yillari

PrezidentKim Jong-un
Oldingi bosh vazirPak Pong-ju
Keyingi bosh vazirKim Tok-hun
WPK Chagang viloyat qoʻmitasi raisi
2016-2019-yillarda faoliyat yuritgan
Oldingi rais?
Keyingi raisKang Bong-hun
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavallud

sanasi va joyi

1959-yil

Chagang viloyati,

Shimoliy Koreya

Siyosiy partiyasiKoreya Mehnat partiyasi

Kim Jae-ryong (1959-yilda tugʻilgan) — Shimoliy Koreyalik siyosatchi. U 2019-yil aprelidan 2020-yil avgustigacha Shimoliy Koreya bosh vaziri lavozimida faoliyat yuritgan. Kim Jae-ryong Koreya Mehnat partiyasi aʼzosi va bu partiyada ancha katta siyosiy mavqega erishgan shaxs hisoblanadi. Shuningdek, Kim Jae-ryong Tashkilot va yo‘l-yo‘riq departamenti direktori va Oliy xalq assambleyasi deputati lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Faoliyati

Kim Jae-ryongning dastlabki ish faoliyati haqida nisbatan kamroq maʼlumotlar mavjud. Bosh vazirlik lavozimiga kelguniga qadar Kim Jae-ryong turli sanoat korxonalarida siyosiy rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritgan. Taxminan 2007-yilda u Koreya Mehnat partiyasi (WPK) Shimoliy Pyongan viloyat qoʻmitasi kotibi sifatida oʻzining birinchi muhim lavozimiga tayinlangan. Kim Jae-ryong 2015-yilda WPK Chagang viloyat qo‘mitasi kotibi vazifasiga tayinlangan. 2016-2019-yillarda rasman viloyat partiya kotibi lavozimini egallagan. 2016-yilda Kim Jae-ryong WPK Markaziy qoʻmitasi aʼzosi boʻldi.

Shuningdek, Kim Jae-ryong Koreya ishchilar partiyasi tarkibida Sinuiju shahrining erkin iqtisodiy zonasining tashkil etilishini nazorat qilgan.

Bosh vazir

2019-yil 10-martda Kim Jae-ryong parlament saylovlarida Oliy xalq majlisiga saylangan. Bir oydan kamroq vaqt oʻtgach, XIV Oliy xalq assambleyasining birinchi sessiyasida Kim Jae-ryong Pak Pong-ju oʻrniga bosh vazir etib tayinlandi[1]. Shuningdek, Kim Jae-ryong Siyosiy byuro va Markaziy harbiy komissiya aʼzosi etib saylangan[2].

Kim Jae-ryong bosh vazir sifatida mamlakat qishloq xoʻjaligi, sanoati sohalarida islohot oʻtkazdi. Shuningdek, Kim Jae-ryong Koreya poytaxti Pxenyan shahridagi turarjoy binolari loyihasida yangiliklarni amalga oshirdi[3][4].

Kim Jae-ryong 2020-yil 13-avgustda bosh vazir lavozimidan ozod etilgan. Uning oʻrniga bosh vazir lavozimiga Kim Tok-hun tayinlangan[5][6].

Bosh vazirlikdan keyingi faoliyati

Bosh vazir lavozimidan bo‘shatilganidan so‘ng Kim Jae-ryong Tashkilot va yo‘l-yo‘riq departamentiga rahbar etib tayinlandi[7]. Keyinchalik Kim Jae-ryongning Tashkiliy maʼmuriy departament deb nomlangan tashkilotga tayinlanganligi haqidagi maʼlumotlar soxta boʻlib chiqdi[8].


Oldingisi
Pak Pong-ju
Shimoliy Koreya bosh vazirlari
2019–2020-yillar
Keyingisi
Kim Tok-hun
Partiya siyosiy idoralari
Oldingisi
Ri Man-gon
Tashkilot va yo‘l-yo‘riq departamenti direktori
2020–yildan hozirgi kunga qadar

Manbalar