Kobulshohlar

Kobulshohlar (yoki Turkshohiylar) – milodiy VII—IX asrlarda Kobul va Kapisadan Gandharagacha hukmronlik qilgan gʻarbiy turkiylar sulolasi[1][9][10]. Ular turkiylarning xalaj qabilasiga mansub boʻlgan boʻlishi mumkin[11][12][13]. 560-yillardan boshlab Gʻarbiy turkiylar asta-sekin Movarounnahrdan janubi-sharqqa qarab kengayib, Baqtriya va Hindukush mintaqasini egallab, mustaqil davlatlarni tashkil qilishdi[14]. Kobulshohlarni Toxaristondagi Gʻarbiy Turk Yabgʻularining siyosiy davomchisi deb atash mumkin[9]. Hindikush mintaqasida ular Nezak hunlarini siqib chiqargan. Shuningdek Xioniylar yoki Hun xalqlaridan kelib chiqqan deb hisoblanadigan Baqtriya hukmdorlarining soʻnggi sulolasi ham edi[9]. Ushbu sulolaning rasmiy tili xalaj tili ham boʻlishi mumkin chunki arab manbalaridan birida sulola yozishmalari haqida gap ketgan. Rutbil unvoni bilan hukmdorlik qilgan Gʻazna hukmdori va Kobulshoh oʻrtasidagi yozishmalar xalaj tilida yozilganligi qayd etilgan[15]. Kobulshohlar sulolasi Sosoniylar imperiyasi Rashidun xalifaligi tomonidan bosib olingan paytda paydo boʻlgan. 250 yildan ortiq vaqt davomida Abbosiylar xalifaligining sharqqa qarab kengayishiga qarshilik koʻrsatib turgan va keyinchalik eramizning IX asrida Safforiylar sulolasi tomonidan bosib olingan[16]. Kobuliston Kobulshohlar sulolasining markazi boʻlgan[17].

Turkshohiylar sulolasi
Kobulshohlar

shohlik, imperiya
[[Alchon Hunlari|]]
 
[[Nezak Hunlari|]]
 
[[Eftallar|]]
 

665 — 822[1][2].



 

 

Ilk Turkshohiy hukmdori Barha Tegin tangasi[3], „Shoh Ranasrikari“ deb yozilgan (Brahmi yozuvida: „Sri Ranasrikari“, „Robbiy urush orqali mukammallikni beradi“), Turkshohiy tamgʻasi ham mavjud: . Bu realistik portretda shoh uzun ustki kiyim kiygan, uchta hilolli toj taqqan va tamgʻada turkiy mifologiyadagi afsonaviy boʻri boshi mavjud[4]. Oʻsha paytdagi Turklar ham Mongoloid irqida boʻlgan[5]. VII asr oxiri va VII asr boshlari[6][7][8].Turkshohiylar tamgʻasi.
PoytaxtiKobul (yozgi poytaxt), Udabhandapura (qishki poytaxt)
Til(lar)iBaqtriya tili

Hududiy chegaralar

Gʻarbiy turkiylar hukmdori Tun Yabgʻu Xoqon qoʻl ostidagi turklar Hindukushdan oʻtib, milodiy 625-yildan boshlab Gandharaning Hind daryosigacha boʻlgan hududlarini egallab ola boshlagan[18][19]. Umumiy Kobulshohlar hududi Kapisidan Gandharagacha choʻzilgan[20][21][11]. Gandhara hududi sharqda Kashmir qirolligi va Kanauj qirolligi bilan chegaradosh boʻlgan[20]. Milodiy 723—729-yillarda bu hududga tashrif buyurgan Koreyalik sayohatchi Xui Chao bu hududlarni turk podshohlari boshqarganligini oʻz esdaliklarida yozib oʻtgan[22].

Tarixi

Afsonalar

Sulola nomi haqida turli afsonalar mavjud. Afsonaning bosh obrazi Barxatekin nomi ham bahsli. Bu nom Beruniyda ن برختك shaklida qayd etilgan. Tadqiqodchilar tomonidan bu atama turlicha talqin qilinadi. Turkiy „böri“ va „tegin“ soʻzlarining birlashmasidan kelib chiqqan boʻlishi mumkin degan talqin mavjud. Yaʼni qadimiy turkiy ikki soʻz asosida „böri“ – qadimgi turklarning totemi va „tegin“ shahzoda maʼnosida Boʻritegin sulolaviy nomi shakllangan boʻlib, u hind tili qonuniyatlariga asoslanib, Barxatakin shaklini olgan[23].

Tashkil topishi: arablarning hujumi va nezaklarning koʻchirilishi

Soʻnggi Nezak hukmdori Gʻar-elchi eramizning 653-yilida Tan sulolasi hujjatlarida Jibin (sobiq Kapisi / Kobuliston) shohi sifatida qayd etilgan[24]. U, 661-yilda yangi tashkil topgan Xitoyning vassali Ansi davlatidagi Jibin hududi hokimi qilib tayinlangan. Oʻsha yili arablar bilan tinchlik shartnomasini tuzishda vositachi boʻlgan hukmdor boʻlishi ham mumkin[25]. Sulh tuzilganiga qaramay, milodiy 664—665-yillarda Abdurrahmon ibn Samura xalifalik urushlarida boy berilgan hududlarni qayta egallash uchun yurish boshlagan. Kobul milodiy 665-yilda bir necha oylik qamaldan soʻng Arablar tomonidan bosib olindi. Biroq tez orada qoʻzgʻolon koʻtarilib ozod qilingan. Biroz vaqtdan keyin yana arablar tomonidan bir yil davom etgan qamal boshlangan, natijada shahar qayta ishgʻol qilingan. Shaharning ishgʻol qilingach arablar nezak hukmdorlarini oʻlimga hukm qilishgan. Ammo ular Islomni qabul qilganidan keyin hukmdan qutulib qolishgan[26]. Tez orada (666/667— ?), Nezaklar oʻrniga dastlab Zobuliston, soʻngra Kobuliston va Gandharada Kobulshohlar sulolasi paydo boʻlgan[27]. Ularning etnik jihatdan qaysi millatga mansubligi hali hamon munozarali boʻlib turibdi. Kapisi shahrining birinchi hukmdori Al-Beruniy tomonidan Barha Tegin deb atalgan va u ilgari harbiy xizmatdagi qoʻmondon boʻlgan.

Shuningdek arab tarixchilaridan biri Xalifa ibn Xayyot (vafoti 860) „Tarix“ asarida 666-yillarda Kobul vodiysidagi Kobulshoh arablarni magʻlub etdi va ularni kobuldan haydan chiqarishni uddasidan chiqqanini yozadi. Bu maʼlumotlar shuni aytishga imkon beradiki, Kobul vodiysi va unga tutash hududlarda Kobulshohlar sulolasining hokimiyati 650-yildan ancha oldin oʻrnatilgan boʻlishi mumkin[28].

Tan protektorati va Toxar yabgʻuligiga vassallik

Bolo Hisor qal’asi, Kobulning gʻarbiy qismida, miloddan avvalgi 5-asrda qurilgan

Kobulshohlar, milodiy 658-yildan boshlab Xitoyning Tan sulolasi protektorati boʻlgan boʻlishi mumkin[29]. Kobulshohlar hududi nominal ravishda bir necha Xitoy qoʻmondonliklariga boʻlingan edi: Kobulning sharqidagi Yege (zamonaviy Mihtarlam) shahri Xiuxuan (修鮮都督府, Xiūxiān Dūdùfû) qoʻmondonligi qarorgohi hisoblangan. Gandhara bilan chegaradagi Yan shahri Yuepan (悅般都督府, Yuèpān Dūdùfû) qoʻmondonligining markaziy qarorgohi boʻlgan, Gʻazna esa Tiaji qoʻmondonligining (條枝都督府, Tiáozhī Dūdùfû) markaziy qarorgohi boʻlgan[30][31]. Xitoy manbalarida, xususan, Sefu Yuanguy yilnomalarida yozilishicha, Kobuldagi turklar Toxar yabgʻuligining vassallari boʻlgan[32]. Toxar Yabgʻusi Pantu Nilining yosh ukasi (xitoy manbalarida Puluo (僕羅)) eramizning 718-yilida Siandagi Tang sulolasi saroyiga tashrif buyurib, Toxar viloyatidagi harbiy kuchlar haqida maʼlumot bergan: "Ikki yuz oʻn ikki saltanat, valiy va amirlar, yabgʻular hokimiyatini tan olishgan (ular orasida „ Zobul shohi ikki yuz ming askar va otlarni, Kobul shohi ikki yuz ming askarni boshqaradi“)", deb alohida eslatib oʻtgan)[32][33].

Arablar bilan ziddiyat

Kobulshohlar Hindiston yarimorolidagi musulmon istilolari taʼsirida boʻlgan. Ushbu xaritada quyidagilar tasvirlangan (ranglar bilan bogʻliq maʼlumotlar): * Choʻl hududlari (Registon choʻli va Tar choʻli) * Zunbillar * Turk Shohlar * Kashmir qirolligi * Sind qirolligi (632—711) keyinchalik Arab xalifaligining Sind viloyati (712—854) * Maitraka qirolligi (475—776)

Barha Tegin davrida Kobulshohlar arablarga qarshi hujumga oʻtdi. Abdurrahmon ibn Samura 665-yilda Siston gubernatori qilib tayinlandi. Shu yilda Kobulshohlar arab qoʻshinlarining hujumini qaytarishib, Araxosiya va Qandahor mintaqalarigacha boy berilgan hududlarni qaytarib oldi[34][35][36]. Poytaxt Kapisadan Kobulga koʻchirildi[37]. Milodiy 671-yilda Rabi ibn Ziyod al-Horisiy Siston gubernatori lavozimini egallaganida qarshi hujum qilib, lashkargohdagi turkiy Rutbillarga hujum qilishdi. Va ularni ar-Ruxxaj (Araxosiya)ga haydab yubordi[34]. Rabining vorisi Ubaydullloh ibn Abu Bakr eramizning 673-yilda noib qilib tayinlandi va u ham ushbu urushni davom ettirdi. Kobulshohlar Kobul va Zobuliston oʻzlarida qolishi uchun tinchlik sulhini qabul qilishga majbur boʻlishdi, Rutbil va Kobul shohi (Kobulshohlar) Siston gubernatori bu hududlarni nazorat qilishini tan olishga majbur boʻlishdi[34]. Barha Tegin hukmronligi haqida koʻp maʼlumot mavjud emas, lekin ilk Kobulshohlar sulolasi tangalari uning davrida zarb qilingan[38]. Barha teginning oʻrniga oʻgʻli Teginshoh(680) keldi, uning shohlik unvoni „Xurosonlik Tegin Shoh“ boʻlgan, u Umaviylar xalifasiga kuchli qarshilik koʻrsatgan boʻlishi mumkin[36][39]. U hukmronlik qilgan hududlar Kobulistondan Gandharagacha boʻlgan hududni oʻz ichiga olgan. Dastlab Zunbillar sulolasiga asos solgan katta akasi Rutbil (turkcha Eltäbär) tomonidan boshqarilgan Zobuliston ham keyinchalik uning hududiga kirdi[39]. Zobul va Kobul shohlari munosabatlari baʼzida keskinroq edi, lekin ular arab bosqinlariga qarshi birgalikda kurashishganr[39][40]. 683-yilda arablar yana bir bor Kobul va Zobulistonni olishga harakat qilishdi, ammo qoʻlga kirita olmadilar. Arablarning sarkardasi Abu Ubayda ibn Ziyod Kobulda asirlikka tushgan va Seyiston hokimi Yazid ibn Ziyod shaharga hujum qilganda oʻldirilgan[9][41]. 684—685-yillarda Kobul qisqa muddatga arablar nazoratiga oʻtgan[41]. 698-yilda Umaviylar xalifaligidan Ubaydulloh ibn Abu Bakr zunbillarga qarshi qoʻshinni boshqarib bordi va magʻlubiyatga uchradi. Katta tovon toʻlashga, uch oʻgʻlini garovga berishga va Zunbillarning hududiga boshqa bostirib kirmaslikka qasamyod qilishga majbur boʻldi[42]. Arab qoʻmondoni Ibn al-Ash’as taxminan 700 ga yaqin askari boʻlgan „Tovus qoʻshini“ bilan yana bostirib kirishga harakat qildi, biroq turklar bilan tinchlik shartnomasi tuzishga majbur boʻldi[43]. Taxminan 710-yilda Teginshoh Zobuliston ustidan toʻliq hukmronlikni qoʻlga kiritgan[39]. Buni Xitoy yilnomalaridagi maʼlumotlardan koʻrish mumkin, unda Zobuliston hukmdorlari „Jibin (Kobul)ga boʻysungan“ deb keltirilgan[44]. Bu davrda Zunbillar va Kobulshohlar arablarga vaqti-vaqti bilan soliq toʻlagan yoki toʻlashga majbur boʻlgan koʻrinadi. Bu bilan u qandaydir siyosiy qaramlikni tan olgan, biroq arablar toʻgʻridan-toʻgʻri harbiy kuch ishlatishga uringanlarida, qattiq qarshilikka uchragan[45]. Milodiy 711-yildan boshlab Kobulshohlar janubi-sharqdan ham musulmonlar tahdidiga duch kela boshladi, chunki Muhammad ibn Qosimning yurishlari Panjob sarhadlaridan Moʻltongacha boʻlgan hududda edi, bu milodiy 854-yilgacha davom etadi[46].

Manbalar orasidagi qarama-qarshiliklar

Balozuriy ham Tabariy kabi oʻsha davrda sodir boʻlgan voqealarni asarlarida keltiradi, lekin ularni biroz Tabariydan boshqacha taʼriflaydi.

Masalan: Tabariy Kobulshohning 661-yilda qochib ketishi haqida yozsa Balazuriy ushbu yilda Kobulshoh tomonidan Kobulni arablardan qaytarib olinishi haqida yozgan. Bu yerda tasvirlangan voqealarda nomuvofiqlikni koʻramiz: 661-680-yillarda Kobulshoh arablardan Kobulni qaytarib oladi, shu bilan birga Kobuldan qochib ketadi degan xulosa kelib chiqadi. J. Markvart va A.Rahmon ham Tabariy maʼlumotlariga shubha bilan qaragan. A.Rahman taʼkidlaydi: Tabariy batafsil maʼlumot bergan, lekin Zobuliston bilan aloqalar va yillardagi maʼlumotlarda chalkashlik mavjud[47].

Tan sulolasi sarmoyasi

Milodiy 719—720-yillarda Kobulistonlik Tegin(Teginshoh) va Zobulistonlik Eltabar(baʼzida „Shiquer“ deb ataladi) Siandagi Tan sulolasining imperatori Syuantszunga birgalikda elchilar yubordilar. Xitoy imperatori yordam uchun farmonni imzoladi va Kobulshohlarga qaytarib elchi yuborigan Teginshohning taxtga oʻtirganini va buni Xitoyliklarning rasman tan olishi Tangshu yilnomalarida uchraydi :

Milodiy 719—720-yillarda Tan imperatoridan yordam olgan turk shohlar hukmdori, Teginshoh(Jibin (Kobul) podshohi, Xalaj Tegin (hukmdori)")ning tangadagi tasviri[39].

Kaiyuan hukmronligining yettinchi yili, Kobul (Jibin)dan elchilar keldi. Ular dori-darmonlar, astronomiyaga oid kitoblar, maxfiy tibbiy retseptlar va boshqa narsalar olib kelishdi. Imperator esa sovgʻa yuborgan teginga Kobul shohi, Geluodajji (Xalaj) Tegin unvonini berdi.

— Koʻhna Tan kitobi, [39][48]

Ushbu kitobdan koʻchirmadagi "Geluodajji" soʻzi (xitoycha: 葛罗达支, oʻrta xitoy tilida talaffuz qilinishi: kat-la-dat-tcǐe) Xalaj etnonimining xitoycha tarjimasi hisoblanadi. Shuning uchun Teginshoh „Xalaj Tegin“ deb taʼriflangan. Bu unvon uning zarb qildirgan tangalarida ham uchraydi. Milodiy 720-yilda Zobuliston hukmdori Gedaluojhi Xielifa (xitoycha: 葛達羅支頡利) unvonini ogan Tangshudan olingan boshqa bir parchada, Zobuliston (謝䫻, Xiėyù) mamlakati tasvirlanadi, oʻsha davrda Zobuliston Kobulshohga vassali boʻlganligi va Zunbil hukmdori „Shiquer“ deb nomlangani haqida soʻz boradi[49][50]:

    

Bu mamlakatda (Zobuliston) Jibin (Kobulshohlar) va Tuhuoluo (Toxarlar) xalqlari birga hukmronlik qiladilar. Jibin (Kobulshoh) Dashidan (arablardan) himoyalanish uchun xalqining orasidan yigitlarni yollab qo'shin tuzgan . Ular Jingyunning hukmronligining birinchi yilida (710) Tanga elchi yuborib, sovg'alar taqdim etishdi. Keyinchalik ularning barchasi Jibinga bo'ysundilar. Kayyuan hukmronligining sakkizinchi yilida (720) imperator, Gedaluji ("Xalaj") va Xielifa ("Iltäbär") deb nomlanadigan Shiquerning taxtga o'tirilishini tasdiqladi. Ularning elchilari qirol saroyiga Tyanbao davrigacha (742—756) bir necha marta kelgan.

— Koʻhna Tan kitobi, Zobuliston boʻlimi[51]

Bu ikki xitoycha maʼlumot Kobulshohlar va Zunbil hukmdorlarining ikkisi ham Xalaj turklari boʻlganligini tasdiqlaydi[52]. Koreys sayohatchisi Xyecho eramizning 726-yilida elchixonaga qaytib kelgan va Kobul saroyiga sayohati va tashrifi haqida hikoya qilib, turk ("Tʼu-chüeh") podshohlari Gandhara, Kapisa va Zabuliston hududlarini boshqarganligi haqida hikoya qiladi. Oʻsha vaqtda, ular buddistlar edi. Kobul shohi esa Zobul hukmdorining amakisi edi[53][39].

Arablar ustidan gʻalaba

Uzun ustki kiyim va etik kiygan, yarim oy shaklli toj va yarim oy shaklda sirgʻa taqqan shoh tasviri. Bu Markaziy Osiyo taʼsiri boʻlishi mumkin, taxminga koʻra Quyosh va Oy xudolarining tasviri boʻlishi mumkin. Fondukiston buddist ibodatxonasining devoriy surati, taxminan miloddan avvalgi 700-yilga oid[54]. Qizil gʻorda tasvirlangan jangchilar bilan oʻxshashliklar bor, bu Gʻarbiy turklar homiyligida Oʻrta Osiyo sanʼatining taʼsiri mavjudligini bildiradi[55].

Milodiy 739-yilda Teginshoh oʻgʻli Fromo Kesaro foydasiga taxtdan voz kechdi[35]:

Kaiyuan hukmronligining 27-yilida (yaʼni milodiy 739-yilda) podshoh Vusan Tela Sa (Teginshoh) keksaligi tufayli oʻgʻli Fulin Jisuo taxtga oʻtirishiga rozi bo'ldi.

— Koʻhna Tan kitobi[39][56]

„Fromo Kesaro“ – „Rimlik Kaesar“ soʻzining fonetik transkripsiyasi boʻlishi ham mumkin[9][57]. U „Sezar“ sharafiga atalgan degan maʼlumot bor. Bu unvon eramizning 717-yilgi Konstantinopol qamalida umumiy arablarni magʻlub etgan va Oʻrta Osiyo orqali Xitoyga elchi yuborgan oʻsha paytdagi Sharqiy Rim imperatori Leo III Isavrning unvoni edi. U milodiy 719-yilda, Kobulshohlar bilan aloqa qilgan boʻlishi mumkin[9]. Xitoy manbalarida „Fromo Kesaro“ soʻzi "Fulin Jisuo" (拂菻罽娑), „Fulin“ (拂菻) deb fonetik oʻzgartirishlar bilan tarjima qilingan[58][57][59]. Fromo Kesaro arablarga qarshi muvaffaqiyatli kurashgan koʻrinadi[9][60]. Uning tangalari arablar magʻlubiyatga uchragani va Fromo Kesaroga oʻlpon toʻlashga majbur boʻlganidan dalolat beradi, chunki tangalarning chetiga Baqtriya yozuvida quyidagi matn bilan zarb qilingan[61]:

Baqtriya tilida old va orqa tarafiga yozilgan sosoniy uslubidagi tanga[62]

Old tarafi: ϕρoµo κησαρo βαγo χoαδηo κιδo βo ταzικανo χoργo
Orqa tarafi: oδo σαo βo σαβαγo ατo ι µo βo γαινδo

Fromo Kesaro, ulug'vor hukmdor, arablarni mag'lub etgan va [ularga] soliq solgan.

— [61][63]

Bu tangalar Fromo Kesaroning zarbxonalaridan chiqmagan, balki oldindan mavjud boʻlgan arab yoki sosoniy tangalari boʻlgan boʻlishi ham mumkin degan taxminlar bor[60]. Fromo Kesaroni gʻalabalari Tibet qiroli haqidagi epik afsonaning qismlariga oʻxshaydi, uning nomi fonetik jihatdan ham oʻxshash: Phrom Ge-sar[9][61]

Tan protektoratining tarqatib yuborilishi

Milodiy 745-yilda Fromo Kesaroning oʻgʻli Bo Fuzhun[64] (xitoy manbalarida bo Fuzhun (勃匐準)) qirol boʻldi, bu haqda „Koʻhna Tan kitobi“da qayd etilgan[65][66]. U bir vaqtning oʻzida „Soʻl generali“ deb nomlangan Tan unvoniga sazovor boʻlgan, ehtimol bu islom chegaralari kengaytirilayotgan bir paytda, Xitoy va Kobulshohlari oʻrtasidagi strategik munosabatlarga ishora qiladi[46]. Tan askarlarining mintaqadan chiqib ketishi (760-yil), Talas jangidagi strategik magʻlubiyat (751-yil) va An Lushan qoʻzgʻoloni voqealaridan soʻng Kobulshohlarning geosiyosiy mavqeini zaiflashtirdi[67]. Al-Yaʼqubiy yozadiki, taxminan 775—785-yillarda Kobulning Kobulshohlar sulolasi hukmdori Hanxal (Xinxil/Xingil/Xingal)ga uchinchi Abbosiy xalifasi Al-Mahdiy (775—785) tomonidan taklif yuborilib, unga boʻysunishini soʻraydi[68][69][70][71][71][72]. Kobulshohlar ham rozilik berganlik maʼnosida qayta xat joʻnatishadi[73][74][75].

Arablar bilan yangi toʻqnashuvlar va kuchsizlanish

Milodiy VII asr oxirlarida Kobulshohlar davrida buddistlarning Fondukiston ibodatxonasdatasvirlangan qirollik oilasining dafn marosimi. Oʻrta osiyoliklarga xos uzun kiyim, uchli etik kiygan va belbogʻ taqqan shoh va hind koʻrinishidagi malika yostiq ustida qoʻl ushlashib turibdi. Taxminan milodiy 700-yil[76][77][78].

Arablar va Kobulshohlar oʻrtasidagi kurash milodiy IX asrgacha davom etgan[9]. Buyuk Abbosiylar fuqarolik urushidan (milodiy 811—819) foydalanib arab manbalarida „Pati Dumi“ deb nomlangan Kobulshoh Xurosonning bir qismini bosib oldi[58]. Abbosiylar xalifasi Al-Maʼmun fuqarolar urushini tugatib gʻalaba qozonganidan soʻng, u Kobulshohlarga qarshi kurashish uchun qoʻshin yubordi. Milodiy 814—815-yillarda Kobulshohlar Gandharagacha kelgan arab qoʻshinlaridan qattiq magʻlubiyatga uchradilar[79]. Turkshoh endi islom dinini qabul qilishi va Xurosondagi Abbosiylar noibiga har yili 1500000 dirham va 2000 qul soliq toʻlashi kerak edi[79]. Makkaga oltin, kumushlar yuborilgan. Shu jumladan qimmatbaho metallardan yasalgan katta butni ham joʻnatishgan[58]. Al-Azraqiyning milodiy 834-yildagi dastlabki hisobotidan soʻng Qutbiddin shunday yozgan:

Endi bu Shoh islom dinini qabul qilgach, Xalifa but bilan taxtni Ka’ba uchun nazr qilib berish kerak, deb qaror qildi. Shuning uchun Turkshohiylar taxtni Marvdagi Al-Maʻmunga yuborishdi, soʻngra Vositdagi Al-Hasan ibn Sahlga yuborishdi va u oʻz navbatida Balxda boʻlgan o'zining yordamchilaridan biri Nasir ibn Ibrohimga uni Makkaga olib borishni topshirdi. U Makkaga hijriy 201-yilda (milodiy 816) ziyorat paytida, Isʻhoh ibn Muso ibn Iso muqaddas joylarga ziyoratchilarni olib borayotgan paytda kelgan. Nasir ibn Ibrohim but bilan taxtni Umar ibn Xattobga bagʻishlangan maydonning oʻrtasiga, Safo va Marva oraligʻiga qoʻydi, u yerda uch kun turdi.

— Qutbiddin, "Makka tarixi"[80].

Al-Azraqiy, shuningdek, butning batafsil tavsifini berdi, u taxtda oʻtirgan toj kiygan va marvaridli Budda edi, bu dizayn Afgʻoniston va Kashmir mintaqasi uchun ushbu davrga juda xosdir[81]. Janubda Zunbil shohlari hech qanday zarar qilmasdan, qutulib, yana yigirma yil hukmronlik qilishda davom etdilar, eramizning 870—871-yillarda Yaʼqub ibn Lays al-Saffor hukmronligidagi Safforiylar davlati hukmronligiga oʻtdilar[82].

Hindshohiylar tomonidan bosib olinishi (milodiy 822)

Al-Beruniyning yozishicha, Kobulning oxirgi Kobulshohlar sulolasidan boʻlgan hukmdori, Pati Dumining oʻgʻli boʻlgan Lagaturman milodiy 822-yilda Kallar ismli braxminlar vaziri tomonidan taxtdan agʻdarilgan[58][83]. Poytaxti Kobulda joylashgan yangi sulola, Hindshohiylar hokimiyatni egalladi. Janubda Zunbillar eramizdan avvalgi 870-yildagi Safforiylar hujumigacha musulmon kuchlariga qarshi qalʼani ushlab turishgan[84][85].

Jamiyat va din

Kobul yaqinidagi Mes Aynakdagi buddist ibodatxonasining qoldiqlari. Asl koʻrinishi IX asrgacha toʻliq saqlanib qolgan[86].
Xui Chaoning xabar berishicha, Turk podshohi, qirolichasi va ulugʻ kishilar buddizmga eʼtiqod qilgan. Milodiy 726-yil[87].

Afgʻoniston va Gandharadagi Kobulshohlarning salaflari boʻlgan Alchon Hunlari buddizmga halokat keltirgan edi[88]. Xitoylik sayohatchi Xuanzang Hindistonning shimoli-gʻarbiy qismiga taxminan 630-yilda tashrif buyurganida u buddizm keskin tanazzulga yuz tutganligi va ibodatxonalarning aksariyati huvillab qolgani va vayronaga aylangani haqida yozib qoldirgan[89]. Kobulshohlar buddizm tarafdorlari boʻlgan va odatda buddistlar qatorida yoziladi[90][91]. VII—VIII asrlarda Afgʻoniston hududida Tan sulolasi hokimiyatining Oʻrta Osiyoda kengayishi, xuddi arablar Xuroson va Sistonga bosim oʻtkazganidek, buddizm yoyilishini qaytadan yangiladi[92]. Milodiy 726-yilda koreyalik sayohatchi Hui Chao xitoy tilida Kapisa („Jibin“)ning turkiy hukmdorlari Triratna uslubi, koʻplab buddist ibodatxonalarini qurganliklarini yozgan:

(...) 至罽賓國。(...) 此國土人是胡。王及兵馬突厥。(...) 國人大敬信三寶。足寺足僧。百姓家各絲造寺。供養三寶。大城中有一寺。名沙糸寺。寺中貝佛螺髻骨舍利見在王官百姓每日供養。此國行小乘。
Jibinga yetib keldim.(...) Mamlakatning tub aholisi Hu (varvar) xalqi. Podshoh va otliq qoʻshinlar turklardir (突厥, Tūjué). (...) Bu mamlakat xalqi Uch javohirni juda hurmat qiladi. Ko'plab ibodatxonalar va rohiblar mavjud. Oddiy odamlar ibodatxonalar qurishda raqobatlashadilar. Katta shaharda Sha-xsi-ssu nomli monastir bor. Ayni paytda ibodatxonada jingalak sochi Buddaning haykalini ko'rish mumkin. Podshoh, amaldorlar va oddiy odamlar har kuni bu yodgorliklarga sig'inadilar. Bu mamlakatda Xinayana buddizmi (小乘) amal qiladi.

— Hui Chao, "Hindistonning beshta qirolligiga ziyorat xotiralari"[93][94][95]

Oʻrta Osiyo davlatlari, koʻpincha buddistlar jamoasi boʻlgan, bu davrda odatda Tan sulolasining rasmiy nazorati ostida boʻlgan, Xitoy bilan muntazam almashinuvlar olib borgan[92]. Xitoy rohiblari, Oʻrta Osiyodagi baʼzi buddistlar ziyoratgohlari, masalan, Suiye (hozirgi Qirgʻizistondagi Toʻqmoq yaqinida) ibodatxonasiga bevosita rahbarlik qilganlar[92]. Bu davrda Xitoyning Tan imperiyasi buddizm taʼsirini va targʻibotini Oʻrta Osiyo davlatlariga, jumladan, Afgʻonistonga xitoy rohiblari oqimi bilan kengaytirdi, shu paytda Hindistondan ham Markaziy Osiyoga hind rohiblari va badiiy uslublarning koʻchishi sodir boʻldi[96][92]. Milodiy 753-yilda Gandharaga kelgan xitoylik sayohatchi Vukongning soʻzlariga koʻra, Kapisi mamlakati qarorgohi qishda sharqiy poytaxti Gandharada, yozda esa poytaxti Kapisi shahri boʻlgan. U eramizning 756—760-yillarigacha saqlangan Kashmirdagi buddist ibodatxonalari Tu-kiu („turk“) shohlari tomonidan qurilganini aytadi. Brahmanizm ham gullab-yashnaganga oʻxshaydi, chunki, Brahmanizmga oid sanʼat asarlarining biroz qismi Kobulshohlar davriga tegishli[97]. X asr oxirida Somoniylar imperiyasidagi Sharqiy Afgʻonistonda Alptegin boshchiligidagi turk gʻulomlari Gʻaznaviylar sulolasini barpo etishdi[98][99]. Oʻsha paytda mahalliy buddist turk jamoalari Somoniylar imperiyasining yangi kelgan musulmon turklari bilan aralashib, Gʻazni hukmron tabaqasi orasida etnik hukmronlikni davom ettirgan. Mahalliy buddist turklar asta-sekin islomiylashdilar, ammo ularning badiiy rivojlanishi va diniy faoliyatida tanaffus boʻlmadi, balki oʻsha joydan davom etdi[99]. Kobuldagi Qoʻl-i Tut buddaviy maskani XI asr oxirigacha foydalanilgan[99].

Tangalar

Dastlabki Kobulshohlar tangasi, Nezak Hunlari tangalari uslubida.

Milodiy VII asrning oʻrtalaridan boshlab Kobulshohlar oʻzlaridan oldingi Hunlar Nezak-Alxonlar tangalariga oʻxshatib tanga zarb qila boshlaganlar[1][100]. Kobulshohlarning birinchi tangalarida qanotli buqa, shuningdek, „Nezak podshohi“ (nycky MLKA) afsonasi tasvirlangan. Ammo tangalardagi hukmdorlarning uslubi endi butunlay boshqacha edi va tangalardagi kumush sifati sezilarli darajada yuqori edi[37]. Koʻp oʻtmay, bu tangalarga „Nezaklar qiroli“ afsonasi oʻrniga hindlarning "Shri" („Mukammallik“) afsonasidagi „Shahi“ qirollik unvoni bilan ishlatgan holda yangi afsona kiritigan Bu unvon Baqtriya tilida σριο Þανιο (Srio šauoi) va sanskrit tilida Śri Sahi deb ifodalangan[101][77]. Bu yangi tanga 661-yildan keyin Kobulshohlarining rasmiy tashkil topish vaqtiga toʻgʻri keladi[1][102]. Keyingi bosqichlarda buqaning boshini bezagan toj, oʻrtasiga gul oʻrnatilgan uchta yarim oydan iborat toj bilan almashtirilgan[103]. Koʻpincha tojdagi buqaning boshi ham boʻri boshining ramzi bilan almashtirib turilgan[104][38]. Boshqa tangalarda uch yarim oyli tojlar doimo saqlanib turgan va shoh Oʻrta Osiyo usulidagi uzun kiyim kiygan holda tasvirlangan[7]. Ushbu tangalarning aksariyati ikkinchi Turkshohiy hukmdori Teginshohga tegishli boʻlib, milodiy 700-yilga toʻgʻri keladi[105]. Bu davrdan soʻng Kobulshohlar sosoniy tanga zarb qilish uslubini oʻzlashtirdi va yunon-baqtriya, pahlaviy va brahmiy tillarida uch tilli afsonani qoʻshib ogan Topilmalarga koʻra, Turkshohiy tangalari Zobuliston, Kobuliston, Gandhara va Uddiyanada muomalada boʻlgan[1].

Sanʼat

Milodiy VII—VIII asrlarda Kobulshohlar nazorati ostida boʻlgan hududlarda sosoniylarning madaniy merosi hamda buddizm sanʼati uzluksiz rivojlandi. Shuningdek eftallar taʼsirida nisbatan yuqoriroq darajadagi badiiy faoliyat ham kuzatilgan. Buddizmning yoʻq qilinishi Gandharaning ellin-buddist sanʼatini juda zaiflashtirdi[88]. Shunga qaramay, buddizmning Tan homiyligi natijasida eramizning VII—IX asrlarida siniklashgan-hind fazasi qayta rivojlandi[96]. Afgʻonistondagi gʻarbiy turklar, eramizning VII—IX asrlari orasida Gandhara buddist sanʼatining katta tiklanishiga bogʻliqligi bor. Ayniqsa Bomiyon, Kobul va Gʻazni hududlarida. Gʻaznidagi Tapa Sardor yoki Tepe Narenj kabi yangi buddist punktlari bilan. Kobul yaqinidagi Mes Aynak, kamida milodiy IX asrgacha faol boʻlgan[99], Bu jarayon va xronologiya Afgʻonistonning Gʻazni yaqinidagi Tapa Sardor arxeologik yodgorligida koʻrinadi, sanʼatning yangi shakli esa Fondukiston ibodatxonasida yetuk holatda namoyon boʻlgan va saqlanib qolgan[109][110].

Oʻtirgan Bodxisattva, Fondukiston ibodatxonasi, miloddan avvalgi 700-yil. Kobul muzeyi.

Buddist sanʼat asarlari

Sharqiy Afgʻonistondagi bu davr sanʼat asarlari, Ipak yoʻlining Qizil sanʼati kabi boshqa sanʼat asarlari bilan taqqoslanadigan nafisligi va ikonografiyasi bilan „Eftaliy“ emas, balki „kosmopolit“ turklarning homiyligi bilan bogʻliq. Edmund Bosvortning soʻzlariga koʻra, bu sohadagi salaflar (Nezak—Alchon Hunlar) „bunday ishlarga qodir boʻlmagan“[111]. Koʻp oʻtmay, islomning kengayishi bunday sanʼat asarlarini yaratishni chekladi. Ushbu sanʼat asarlarini yaratishda qoʻllaniladigan uslublar (somon, jun yoki ot tuki bilan aralashgan loydan modellashtirish) Oʻrta Osiyo rasm va haykaltaroshlik sanʼatiga xosdir[112]. Fondukiston ibodatxonasining qurilishi buddist sanʼatidagi ushbu turning janubiy kengayishiga mos[112]. Kobulshohlar tomonidan bosib olingan yangi hududda Mes-Aynak kabi koʻplab buddist ibodatxonalari mavjud boʻlib, ular taxminan milodiy IX asrgacha foydalanilgan[7]. Fondukistondagi Buddist ibodatxonasidagi haykal ostidan Kobulshohlar tangalari topilgan[1][113][114]. Fondukiston ibodatxonasida turk va hindiy kiyimli qirollik juftligi haykali ostidan Kobulshohlarining va sosoniy Xusrav II tangalari topilgan. Tahlil natijasida haykal tarixi milodiy 689-yilga toʻgʻri keladi. Qirollik juftligi haykali hind libosidagi malika va Oʻrta Osiyo kiyinish uslubiga xos boʻlgan uzun ustki kiyim va uchli eyik kiygan shohdan iborat[115][116].

Brahman sanʼat asarlari

Quyosh xudosi (Mitra yoki Surya), etik kiygan. Xayrxon, VII—VIII asrlar, Kobul muzeyi[119][120][121][122].

Brahmanizm ham Kobulshohlari davrida maʼlum darajada gullab-yashnagan koʻrinadi, turli xil sanʼat asarlari ham ularning davriga tegishli. Xususan, Kobul yaqinidagi Xayrxon shahrida topilgan uzun kiyim va etik kiygan Mitra yoki Surya boʻlgan quyosh xudosining mashhur haykali[123], shuningdek, Gardezdagi Ganesha haykali VII—VIII asrlarda Kobulshohlariga tegishli, ulardan keyingi Hindshohiylarga emas[124]. Xususan, ushbu haykal bilan Fondukiston ibodatxonasi sanʼat asarlari bilan katta ikonografik va uslubiy oʻxshashliklar aniqlangan. Arxeologik nuqtai nazardan, Xayrxon ibodatxonasinin qurilishi eramizning 608—630-yillari, Kobulshohlar davrining boshiga toʻgʻri keladi[125]. Gardezdagi Ganeshaning marmar haykali hozirda Kobulshohlar davriga tegishli deb topilgan[126]. Uni „Shri Ṣahi Xiṃgāla“, ehtimol, „Xingala“ laqabli Kobulshohlardan boʻlgan shoh barpo ettirgan[127][128][129].

Manbalar

Adabiyotlar