Krakus II

Krakus II-(lotincha: Gracchus; polyakcha: Krak)-Polsha hukmdori boʻlgan. U Krakov shahri asoschisi deb taxmin qilingan Krakusning vorisi va oʻgʻli boʻlgan, Vincentiy Kadubekning soʻzlariga koʻra u Lech II ning ukasi edi. U oilani Wawel ajdaho haqidagi milliy hikoya bilan bogʻlaydi[1].

Krakus tepaligi

Ammo Yan Dugushning soʻzlariga koʻra, Krak katta oʻgʻil boʻlgan va Krak ajdahoni oʻldirganidan keyin Lex uni oʻldirgan. Bu ularning otalarining oʻlimidan keyin sodir boʻldi[2].

Manbalar