Krasnodar (futbol klubi)

Krasnodar futbol klubi (ruscha: Футбольный клуб Краснодар) – Rossiyaning Krasnodar shahri jamoasi. Rossiya Premyer-Ligasi ishtirokchisi. Klub 2008-yilning 22-fevralida tashkil etilgan. 2013/2014-yilgi mavsumda, „Krasnodar“ Premyer-Ligada 5-oʻrinni egalladi.

 RUS FK.Krasnodar
Toʻliq nomiKrasnodar professional futbol Klubi
LaqabiBuqalar, shaharliklar
Asos solingan22-fevral, 2008-yil
Stadion«Kuban», Krasnodar
Stadion hajmi35.200
Egasi RUS Sergey Galitskiy
Prezidenti RUS Sergey Galitskiy
Murabbiyi BLR/ RUS Oleg Kononov
Budjeti40 mln.$
MusobaqasiPremyer-Liga
2013/20145
Asosiy libosi
Ikkinchi libosi
Zaxira libosi
Odil Ahmedov „Krasnodar“ safida

Tarixi

Krasnodar futbol klubiga 2008-yilda asos solingan. Ushbu jamoani tashkil etishda, asosan Sergey Nikolayevich Galitskiy muhim rol oʻynagan. Oʻsha yilning fevral oyida klub PFL litsenziyasini qoʻlga kiritdi va ikkinchi divizionda oʻynash huquqini oldi. Birinchi rasmiy uchrashuv 2008-yilning 12-aprelida Taganrogning „Torpedo“ klubi bilan boʻlib oʻtdi. Ushbu uchrashuv 0:0 hisobida yakuniga yetdi. 2009-yili, „Krasnodar“ Rossiya birinchi divizionida oʻynash huquqiga ega boʻldi va debyut mavsumda 10-oʻrinni egalladi.

2011/2012-yilgi mavsumda, „Krasnodar“ oʻz tarixida ilk bor Rossiya Premyer-Ligasiga chiqdi va debyut mavsumda 9-oʻrinni qoʻlga kiritdi, oʻsha mavsumda jamoaning eng yaxshi toʻpurari 14 ta gol bilan Armanistonlik Yura Movsisyan boʻldi. 2012/2013-yilgi mavsumda esa, klub oʻninchi oʻrinni egalladi. 2013/2014-yilgi mavsumda, „Krasnodar“ Rossiya Kubogi finaligacha yetib keldi va finalda „Rostov“ klubiga imkoniyatni boy berib kumush medalni qoʻlga kiritdi. Premyer-Ligada esa, oʻsha mavsum beshinchi oʻrinni egalladi.

Yutuqlari

  • Rossiya Kubogi finalchisi (1): 2014

Asosiy tarkib

AmpluaFutbolchi
31  UKRDRAndrey Dikan
88  RUSDRAndrey Sinitsin
4  BLRHMAleksandr Martinovich
5  POLHMArtur Yendjeychik
6  SWEHMAndre Grankvist
17  RUSHMVutaliy Kaleshin
27  ISLHMRagnar Sigurdsson
7  RUSYHPavel Mamayev
8  RUSYHYuriy Gazinskiy
10  UZBYHOdil Ahmedov
11  RUSYHMarat Izmaylov
15  RUSYHRoman Shirokov
AmpluaFutbolchi
18  RUSYHVladimir Bistrov
20  RUSYHRuslan Adjindjal
21  COLYHRikardo Laborde
22  BRAYHJoazinyo
25  RUSYHYevgeniy Shipitsin
33  URUYHMaurisio Pereyra
98  RUSYHSergey Petrov
9  BRAHJAri
14  BRAHJVanderson
63  RUSHJNikolay Komlichenko
72  RUSHJAleksandr Mayer

Bosh murabbiylar

YilMurabbiyOʻyinYutuqDurangMagʻlubiyatToʻplar nisbati
2008  RUS Vladimir Volchek21116434-16
2008—2009  RUS Nurbiy Xakunov5729101885-61
2010  RUS Sergey Tashuyev4019101163-45
2011—2013  SRB Slavolyub Muslin83312032114-114
2013—h.v  BLR/  RUS Oleg Kononov432571181-44

Manbalar