Kwon Eun-bin

Kwon Eun-bin (koreyscha: 권은빈 ; 2000-yil 6-yanvarda tugʻilgan)[1], Eunbin nomi bilan tanilgan, janubiy koreyalik qoʻshiqchi va aktrisa. U „Produce 101“ (2016) koʻrsatuvining birinchi mavsumida ishtirok etgan va oxirgi epizodda chiqarib yuborilgan. U Janubiy Koreyaning „CLC“ qizlar guruhi aʼzosi sifatida 2016-yil fevral oyida guruhning uchinchi „Refresh“ nomli mini-albomi chiqishi bilan debyut qilgan[2][3]. U „Bad Papa“ (2018) teleserialida aktrisalik debyutini qilgan va shundan soʻng „Top Management“ (2018), „Dear. M“ (2022) kabi seriallarda suratga tushgan.

Kwon Eun-bin
Tavalludi 6-yanvar 2000-yil (2000-01-06) (24 yosh)
Fuqaroligi Koreya Respublikasi
Kasbi
  • qoʻshiqchi
  • aktrisa
  • reper
  • model

Faoliyati

2016-yil 22-yanvarda Kwon „Mnet“ kanalining „Produce 101“ shousida ishtirokchi sifatida tanishtirilganida mashhur boʻlgan[4]. „Produce 101“ 46 ta turli kompaniyalardan 101 nafar stajyor ayol ichidan qizlar guruhini yaratishi kerak edi.[5] Kwon Eun-bin „Produce 101“da „Cube Entertainment“ kompaniyasining vakili boʻlib, keyinchalik „(G)I-dle“ sardori sifatida debyut qilgan Jeon So-yeon va kompaniyaning sobiq stajyori Li Yun Seo bilan birga ishtirok etgan[6]. Kwon oʻninchi epizodda shoudan chetlashtirilgan va shuning uchun „I.O.I“ aʼzosi sifatida debyut qilmagan.

2021-yil fevral oyida Kwon rasman aktyorlar tarkibining bir qismi sifatida „KBS2“ning At a distance Spring is" teleseriali eʼlon qilingan[7]. U Myongil universitetining toʻrtinchi kursda tahsil olayotgan Vang Yon Ran roliga tayinlangan[8]. Serial 2021-yilning 14-iyundan 20-iyuliga qadar „KBS2“ telekanalida efirga uzatilgan.

2022-yil fevral oyida Kwon „TVING“ telekanalining ayni nomdagi serialga asoslangan „ Duty After School“ ilmiy-fantastik trillerida katta rol ijro etishi tasdiqlandi. Uning premerasi 2022-yil oʻrtalarida boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.[9].

Manbalar