Lisa Evans

Lisa Ketrin Evans (1992-yil 21-mayda tugʻilgan[1], Pert, Teysayd) — shotlandiyalik futbolchi, «Arsenal» klubining qanot himoyachisi, «Vest Xem Yunayted» jamoasida ijara asosida oʻynaydi.

Lisa Evans
20160723_SKN_St._Pölten_vs_FC_Bayern_München_3459
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismiLisa Catherine Evans
Tavallud sanasi21-may 1992-yil (1992-05-21) (31 yosh)
Tavallud joyiPerth, Shotlandiya Shotlandiya
Boʻyi166 sm
AmpluasiYarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
West Ham United W.F.C.
Raqami7

Ilk yillar

Evans Pertda Richard va Keyt oilasida tugʻilgan. Yoshligida Evans mahalliy Sent-Jonston Qizlar jamoasining futbolchisi boʻlib, u yerda boʻlajak jamoadoshi Lana Klelland bilan oʻynagan.

Jamoalardagi faoliyati

«Glazgo City» (2008—2012)

2008-yil avgust oyida Evans Shotlandiya Premer-ligasidan Glazgo City jamoasiga qoʻshildi[2]. U dastlab 100% rekord bilan ikkinchi divizionda gʻolib chiqqan klubning zaxira jamoasida oʻynay boshladi. U 2009-yilda asosiy jamoada debyut qilgan[3]. Evans, shuningdek, Stirling universitetida Shotlandiya futbol assotsiatsiyasining Ayollar milliy futbol akademiyasi stipendiyasini birinchi sohibalaridan biri edi[4]. Evans sport fanini oʻrgangan[5].

«Glazgo City»dagi faoliyati davomida klub toʻrt marta Milliy chempionlar (2009-yildan 2012-yilgacha), ikki marta Liga kubogi (2009, 2012) va uch marta Shotlandiya kubogi (2009, 2011 va 2012) sohibi boʻlgan. Evans shuningdek 2011-yil Glazgo shahridagi yilning eng yaxshi yosh oʻyinchisi mukofotini oldi[6]. U birinchi marta UEFA Chempionlar ligasining 1/8 finaliga chiqqan jamoaning bir qismiga aylanib ulgurgan edi. Evans Glazgoni 39ta liga oʻyinida 46 gol urganidan keyin tark etdi.

«Turbine» (2012—2015)

2012-yil fevral oyida Germaniyaning Turbine klubi Evansni UEFA Ayollar Chempionlar Ligasi doirasida Glazgo City bilan toʻqnash kelgan oʻyinda koʻrganidan keyin uni sinovga taklif qildi[7][8]. 2012-yil 12-iyunda u Potsdam jamoasi bilan professional shartnoma imzoladi[9][10]. Oʻsha yilning dekabr oyida Evansning shartnomasi yana ikki yilga uzaytirildi[11]. «Turbine» bilan birinchi mavsumida Evans jamoaga Bundesligada ikkinchi oʻrinni egallashga va Germaniya kubogi finaliga chiqishga yordam berdi. U muntazam mavsumda 41 ta oʻyin oʻtkazib, 7 ta gol urganidan keyin Potsdam klubini tark etdi.

«Bavariya» (2015—2017)

Lisa Bavariya tarkibida

2015-yil aprel oyida Evans «Bavariya» bilan uch yillik shartnoma imzolagani eʼlon qilindi[12][13][14]. Birinchi mavsumida u jamoa bilan Bundesligada gʻolib chiqdi va keyingi yili ular kumush medallarni qoʻlga kiritdi. Jamoa shuningdek, 2015/16-yilgi mavsumda UEFA ayollar oʻrtasidagi Chempionlar ligasining 1/16 finaliga va 2016/17-yilgi mavsumda chorak finalga qadar yetib borgandi[15]. «Bavariya»dagi faoliyati davomida Evans oddiy mavsumda 32 ta oʻyinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan.

Arsenal (2017-xozrigacha)

2017-yil 29-iyunda Evans «Arsenal» bilan shartnoma imzoladi[16]. Jarohatlar va oʻz pozitsiyasi uchun raqobat tufayli, murabbiy Jo Montemurro baʼzida Evansni burchak himoyachisi sifatida maydonga tushirgan. 2018-yilning dekabrida u klub bilan shartnomasini uzaytirdi. «Arsenal»dagi birinchi mavsumida Evans ligada 18 ta oʻyin oʻtkazdi va ikkita gol urdi, Liga kubogida gʻalaba qozondi va Angliya kubogi finaliga chiqdi. 2019-yil 31-mart kuni Evans klubdagi 50-oʻyinini «Birmingem Siti»ga qarshi oʻtkazdi. 2020-yil 26-sentabrda Evans Angliya kubogida «Tottenxem»ga qarshi oʻyinda xet-trik qayd etdi[17].

Arsenaldan Vest Xemga

Evans 2021-yilning avgustida «Vest Xem Yunayted»ga ijaraga berilgan[18].

Lisa Evans Vest Xem tarkibida

Terma jamoadagi karyera

2011-yilning oktabr oyida Evans Shotlandiya terma jamoasida Uelsga qarshi oʻyinda debyut qildi. 2012-yil fevral oyida Evans Belfastda Shimoliy Irlandiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida (5:1) oʻzining birinchi xalqaro golini kiritdi[19].

Evans 2015-yilgi jahon chempionati saralash bosqichida Shotlandiya terma jamoasi safida uchta gol urdi. Shotlandiya saralash guruhida ikkinchi oʻrinni egalladi va pley-offga yoʻl oldi keyinchalik Gollandiyaga magʻlub boʻldi.

2017-yilda Shotlandiya birinchi marta Yevropa chempionatiga yoʻllanma oldi. Evans Shotlandiya terma jamoasining final turnirida ishtirok etadigan tarkibiga kiritilgandi, u yerda Lisa barcha guruh oʻyinlarida ham ishtirok etdi. Shundan soʻng shotlandlar oʻz guruhida birinchi oʻrinni egallagan JCh-2019 saralash bosqichi oʻtkazildi. 2019-yil 15-may kuni Evans turnirning final bosqichi uchun terma jamoaga roʻyhatiga kiritildi[20][21].

Shotlandiya terma jamoasining Angliyaga qarshi jahon chempionatidagi ilk oʻyinida Evans Kler Emsliga golli uzatmani taqdim etdi va u Shotlandiyaning turnir tarixidagi ilk golini kiritdi.

Lisa Arsenal tarkibida

Terma jamoada urilgan gollar

#SanaJoyRaqibNatijaTurnirUrgan goli
15-Fevral 2012-yilSolitude, Belfast 5–1Oʻrtoqlik1
29-May 2012-yilStadion Kazimierza Deyny, Starogard Gdański 3–11
38-Mart 2013-yilGSZ Stadium, Larnaca 4–42013 Misr kubogi1
422-Sentabr 2013-yilTórsvøllur, Tórshavn 7–22015 FIFA Ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati kvalifikatsiyasi1
526-Sentabr 2013-yilFir Park, Motherwell 7–01
87-Mart 2013-yilGSP Stadium, Nicosia 4–32014 Misr kubogi3
910-Mart 2013-yilGSZ Stadium, Larnaca 4–21
105-Aprel 2014-yilFir Park, Motherwell 2–02015 FIFA Ayollar oʻrtasida jahon chempionati kvalifikatsiya1
1123-Oktabr 2015-yil 7–02017 EURO kubok kvalifikatsiyasi1
1229-Noyabr 2015-yilSt Mirren Park, Paisley 10–01
136-Mart 2017-yilMakario Stadium, Nicosia 3–12017 Misr kubogi1
146-Mart 2017-yilFalkirk Stadium, Falkirk 2–0Oʻrtoqlik oʻyini1
1524-Oktabr 2017-yilPaisley 2021 Stadium, Paisley 5–02019 FIFA Ayollar oʻrtasida jahon chempionati kvalifikatsiyasi1
166-Mart 2017-yilPinatar Arena, Murcia 2–0Oʻrtoqlik oʻyini1
1712-Iyun 2018-yilKielce City Stadium, Kielce 3–22019 FIFA Ayollar oʻrtasida jahon chempionati kvalifikatsiyasi1
Lisa Evans Shotlandiya terma jamoasi tarkibida

Yutuqlar

«Glazgo City»

  • Sholandiya chempioni: 2009, 2010, 2011, 2012.
  • Shotlandiya kubogi sohibi: 2009, 2011, 2012
  • Sholandiya liga kubogi sohibi: 2009, 2012.
Lisa Evans dugonasi Vivianne Miedema bilan

Bavariya

  • Germaniya chempioni 2015/16-yilgi mavsum

Arsenal

  • Angliya chempioni: 2018/19-yilgi mavsum
  • Angliya liga kubogi sohibi: 2018-yil

Shaxsiy hayoti

Evans Londonning shimolida dugonasi, Arsenal va gollandiyalik futbolchi Vivianne Midema bilan yashaydi.[22][23] 2021-yilda We Play strong kanalida u onlayn kursda «Sport, salomatlik va fitnes» mutaxassisligi boʻyicha sirtqi tahsil olayotganini maʼlum qilgan.

2021-yil noyabr oyida Evans va Midema «Common Goal» xayriya harakatiga qoʻshilib, ish haqining 1 foizini yoshlar bilan ishlaydigan jamoat tashkilotlariga xayriya qilishdi. Evansning aytishicha, u va Miedema maydondan tashqarida baxtli va konstruktiv odamlar boʻlishni xohlaydi. Umumiy maqsad futbol orqali jamoaviy va barqaror oʻzgarishlar uchun ideal platformaga erishish.[24]

Manbalar

Havolalar