Lozanna

Lozanna (fransuzcha: Lausanne [loˈzan], frankoprovansalcha: Losena [lɔˈzəna]) – Shveysariyaning janubi-gʻarbiy qismidagi shahar. Vo kantonining maʼmuriy markazi. Aholisi 114,2 ming kishi (1998). Transport yoʻllari tuguni. Jeneva koʻli sohilidagi xalqaro ahamiyatga ega port. Aeroport bor. Aniq mashinasozlik, metallurgiya, poligrafiya, toʻqimachilik, oziq-ovqat, tamaki sanoatlari rivojlangan. Universitet (1537), oliy texnika maktabi, muzeylar bor. Xalqaro Olimpiya qoʻmitasining qarorgohi. Xalqaro turizm markazi. Lozannada xalqaro kongress va konferensiyalar oʻtkaziladi. Shaharga rimliklar manzilgohi sifatida asos solingan. Oʻrta asrlarda yepiskoplik shahri boʻlgan. Lozannada meʼmoriy yodgorliklaridan Notr-Dam sobori, gotika cherkovi, ratusha va boshqa saqlangan. Hozirgi zamon binolaridan maʼmuriy binolar bor. Kurort shahar.

Geografiyasi

Hududi

Lozannaning hududi 41,37 va 41,38[1] km2 ni tashkil etadi. Dengiz sathidan oʻrtacha 495 m balandlikda joylashgan.

Demografiyasi

YilSoni
1981126 298
1982126 675
1983126 750
1984126 211
1985125 004
1986124 206
1987124 022
1988123 468
1989122 600
1990123 159
1991117 518
YilSoni
1992117 571
1993117 153
1994116 795
1995115 878
1996114 510
1997114 022
1998114 161
1999114 518
2000114 889
2001115 272
2002116 073
YilSoni
2003116 811
2004117 389
2005117 388
2006118 049
2007119 180
2008122 284
2009125 885
2010126 998
2011129 383
2012130 421
2013132 788
YilSoni
2014139 811
2015135 629
2016137 810
2017144 426
2018139 111
2019139 408
2020140 202
2021140 619
2022141 418

Manbalar

Adabiyotlar