Melinda Clarke

Melinda PatriceMindyClarke (talaffuzi: „Melinda Patris Mindi Klark“, 1969-yil 24-aprelda tugʻilgan)[2] — amerikalik aktrisa[3]. Clarke „Das of Our Lifes“ (1989—1990) serialidagi Faith Taylor, Foxning „The OC“ (2003—2007) o‘smirlar uchun dramatik serialidagi Julie Cooper,[4] CBS telekanalining jinoiy dramasidagi Lady Heather obrazlari bilan tanilgan.

Melinda Clarke
Tavalludi
Melinda Patrice Clarke

24-aprel 1969-yil (1969-04-24) (55 yosh)
Fuqaroligi AQSh
Kasbi Aktrisa
Faoliyat yillari 1989-hozirga qadar
Turmush oʻrtogʻi
  • Ernie Mirich
    (turm. 1997; ajr. 2005)
  • Adam Farmer (turm. 2015)
Bolalari 1
Otasi John Clarke

Yoshligi

Clarke Kaliforniyaning Dana Point shahrida katta boʻlgan[5]. U aktyor John Clarkening qizi va uch farzandlarning biri sifatida tugʻilgan. Clarkening singlisi Heidi 1994-yilda yurakdagi xavfli oʻsmadan vafot etdi[6].

Karyerasi

Clarke yoshligida „Days of Our Lives“ serialida Faith Taylor (uning otasi katta aktyor boʻlgan) rolida paydo boʻlgan va „Soldier of Fortune, Inc.“ teleserialida rol oʻynagan. U, shuningdek , „Xena: Warrior Princess“ filmida Amazon boshligʻi Velaska rolida, Firelfy fohishaxona madam Nandi rolida, Charmed Siren rolida va CSIda olti marta dominatrix Lady Heather rolini oʻynagan. U, shuningdek, Seinfeldning „The Muffin Tops“ epizodida, Jerryning hamma narsani yoqtiradigan qiz doʻsti rolida paydo boʻldi. 1993-yilda u „Return of the Living Dead 3“ qoʻrqinchli filmida bosh rolni oʻynadi[7].

U 2003-yil 5-avgustdan 2007-yil 22-fevralgacha Fox telekanalida jami toʻrt fasl davom etgan „The OC” oʻsmirlar uchun dramatik serialda Julie Cooperni tasvirlagan[8][9][10]. Clarkning qahramoni Julie Cooper ko'pincha ayyor va xudbin sifatida tavsiflangan[11]. USA Today uni "sayoz ijro" deb atagan[12]. Biroq, u serial davomida o'zining yanada zaif tomonlarini bir necha bor ochib berdi. Clark dastlab birinchi epizodlarda mehmon yulduzi sifatida taklif qilingan edi, lekin muxlislarning javobi tufayli bir qator muntazam shartnoma taklif qilindi. Clark rolni qabul qildi va uning xarakteri shou hikoyalarining ajralmas qismiga aylandi[4].

Shaxsiy hayoti

Clarke 1997-yildan 2005-yilgacha Ernie Mirich bilan turmush qurgan[13] va ularning 2000-yilda tugʻilgan qizi bor[14][15]. 2015-yil sentyabrida Clarke Kaliforniyaning Dana Point shahrida bo‘lib o‘tgan marosimda Adam Farmerga turmushga chiqdi[13][16].

Filmografiyasi

YilSarlavhaRolIzohlar
1992Hot Under the CollarMonica
1992Out for BloodLaura
1993Young Goodman BrownFaith Brown
1993Return of the Living Dead 3Julie Walker
1995Return to Two Moon JunctionSavannah DeLongpre
1996Mulholland FallsChekuvchi ayol
1996Killer TongueCandy
1997Critics and Other FreaksMiss M.
1997Soldier of FortuneMargo VincentTelevizion film
1997SpawnJessica Priest
2002Cold SweatStarring
2002.com for MurderAgent Williams
2003The AnimatrixAlexaSegment: „Matriculated“
2004DynamiteBeta
2007She Drives Me CrazyBlithe MeachamTelevizion film
2014How Divine!Chelsea KirkTelevizion film

Manbalar