Mirko Hrgović

Mirko Hrgović (talaffuzi: Mirko Xrgovich; 1979-yil 5-fevralda tugʻilgan) — bosniyalik futbol murabbiyi va sobiq futbolchi. Hozirda HNK Šibenikda yordamchi murabbiy boʻlib ishlaydi[1]. Hrgović faoliyatining asosiy qismini Xorvatiya vakili Hajduk Split va Dynamo Zagreb hamda Germaniya Bundesligasining VfL Wolfsburg klublarida oʻtkazgan

Mirko Hrgović
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismiMirko Hrgović
Tavallud sanasi5-fevral 1979-yil (1979-02-05) (45 yosh)
Tavallud joyiSinj, Yugoslaviya
Boʻyi1.86 m
AmpluasiHujumchi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
NK Junak Sinj
Professional faoliyati*
YillarJamoaIsht.(Gol.)
1997-1999Junak
1999-2000Hajduk Split2(0)
2000-2001Posušje
2001Gamba Osaka4(0)
2001-2003Široki Brijeg35(15)
2003-2006VfL Wolfsburg23(0)
2006-2008Hajduk Split63(6)
2008JEF United7(0)
2008-2009Dinamo Zagreb25(2)
2009Greuther Fürth7(0)
Milliy terma jamoa
2003-2009Bosniya va Gersegovina29(2)
Boshqargan klublari
2017-2018Široki Brijeg (yordamchi)
2018-2019Sheriff Tiraspol (yordamchi)
2022-Šibenik (yordamchi)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2012-yil 13-iyul uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2008-yil 27-mart uchun)

Klublardagi faoliyati

NK Široki Brijeg

Hrgović Xorvatiyada oʻyinlari eʼtiborga olinmaganidan keyin Bosniya va Gersegovina terma jamoasida oʻynashga qaror qilgan. Bosniya-Gersegovinaning NK Shiroki Brijeg klubida oʻynab, Bosniya va Gersegovina fuqaroligini oldi va Blaž Sliškovićning taklifini qabul qildi. Bosniya va Gersegovina Premyer-ligasida Posušje va NK Široki Brijeg, J1 ligasida Gamba Osaka va JEF United Chiba, Germaniya Bundesligasida VfL Wolfsburg, 1.NHLda Hajduk Split, Zagrebning Dinamo klublarida oʻynagan

NK Dynamo Zagreb

2008-yilning 18-iyulida Hrgović Dynamo Zagreb bilan 3 yillik shartnoma imzolandi. „Hajduk“dan „Dynamo“ga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tmagan bo‘lsa-da, „Hajduk“ va „Dinamo“ muxlislari o‘rtasida ancha bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi. Hrgovićga nisbatan oʻlim bilan tahdid qilish (shu jumladan, uning qoʻgʻirchogʻi „Dynamo“ stadioni panjarasiga osib qoʻyilgani) qayd etilgan[2].

Greuther Fürth

2009-yil 17-iyulda SpVgg Greuther Fürth bilan ikki yillik shartnoma imzoladi va 2009-yil 25-noyabrda klubni tark etdi[3].

NK Široki Brijeg

Hrgović 2010-yil mart oyida oʻzining sobiq klubi NK Široki Brijeg bilan shartnoma imzoladi[4].

Xalqaro faoliyati

Bosniya-Gersegovinaning UEFA Yevro-2004 saralash bosqichidagi tarkibi.

Hrgović Bosniya va Gersegovina terma jamoasi safida 2003-yil fevralida Uelsga qarshi safarda o‘tkazilgan o‘rtoqlik o‘yinida debyut qilgan. Terma jamoa safida jami 29ta o‘yin o‘tkazib, 2ta gol urgan[5]. 2006-yilda Blaž Slišković isteʼfoga chiqqanidan soʻng yangi murabbiy Fuad Muzurović qoʻl ostida, keyin esa Meho Kodro boshchiligida bir qancha uchrashuvlarda oʻynadi. Miroslav Blaževich murabbiy boʻlganida va Hrgović oʻz klubida yaxshi oʻynamagani uchun bir necha oʻyinga chaqirilmadi. Lekin Estoniya va Ispaniyaga qarshi soʻnggi JCh-2010 saralashida Bosniya jamoasiga chaqirildi. Soʻnggi terma jamoadagi oʻyini 2009-yil oktyabr oyida FIFA Jahon chempionati saralashida Ispaniyaga qarshi boʻldi[6].

Faoliyat statistikasi

Klub

Klub faoliyatiLiga
MavsumKlubLigaIshtirokGollar
XorvatiyaLiga
1999—2000Hajduk SplitPrva HNL00
2000—200120
YaponiyaLiga
2001Gamba OsakaJ1 ligasi40
Bosniya va GersegovinaLiga
2001—2002Široki BrijegPremyer-liga00
2002—20033515
GermaniyaLiga
2003—2004WolfsburgBundesliga160
2004—200570
XorvatiyaLiga
2005—2006Hajduk SplitPrva HNL134
2006—2007300
2007—2008192
YaponiyaLiga
2008JEF United ChibaJ1 ligasi70
XorvatiyaLiga
2008—2009Dynamo ZagrebPrva HNL252
GermaniyaLiga
2009—2010Greuther Fürth2. Bundesliga70
Bosniya va GersegovinaLiga
2009—2010Shiroki BrijegPremer-liga120
MamlakatXorvatiya898
Yaponiya110
Bosniya va Gersegovina4715
Germaniya300
Jami17723

Milliy terma jamoa

Bosniya va Gersegovina terma jamoasi
YilIshtirokGollar
2003-yil70
2004-yil40
2005-yil20
2006-yil82
2007-yil61
2008-yil10
2009-yil10
Jami293

Xalqaro gollar

Bosniya va Gersegovinaning gollari hisobi va natijalari birinchi boʻlib:
#SanaJoyRaqibHisobNatijaMusobaqa
1.2006-yil 2-sentyabrTaʼ Qali stadioni, Taʼ Qali  Malta2 — 15 — 2Yevro-2008 saralashi
2.2007-yil 13-oktyabrOlimpiya stadioni (Afina), Afina  Yunoniston1 — 12 — 3Yevro-2008 saralashi

Manbalar