Mohamed Fares

Mohamed Salim Fares (talaffuzi: Muhammad Salim Fares) 1996-yil 15-fevralda Fransiyaning Aubervilliers hududida tavallud topgan. Jazoirlik futbolchi „Lazio“ klubi himoyachisi, „Torino“ va Jazoir terma jamoasida ijara asosida oʻynaydi. 

Mohamed Fares Futbol
Umumiy maʼlumotlari
Ism sharifiMohamed Salim Mohamed Salim Fares
Tugʻilgan15-fevral 1996-yil(1996-02-15)[1][2][3](26 yosh)
FuqaroligiFlag Aljira Aljir
Flag Fransii Fransiya
Boʻyi183 cm
Vazni75 kg
Pozitsiyasihimoyachi
Hozirgi jamoasi
KlubFlag Italii Torino
Logotip Vikisklada Wikimedia Commonsdagi media fayllar

Mohamed Salim Fares Fransiyada jazoirlik immigrant boʻlgan ota-onadan dunyoga kelgan.

Jamoalardagi faoliyati

Mohamed Salim Fares „Bordo“ klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2013-yilda u Italiyaning „Hellas Verona“ akademiyasiga oʻqishga kirdi. 2014-yil 2-dekabr kuni Italiya kubogi doirasida „Perugia“ga qarshi o‘yinda Mohamed Salim Fares asosiy tarkibda debyut qildi[4]. 14-dekabr kuni „Udinese“ga qarshi oʻyinda Mohamed Salim Fares ikkinchi boʻlimda Alessandro Agostini oʻrniga maydonga tushib, Italiya A seriyasida debyut qildi[5]. 2016-yilda klub B Seriyaga tushib ketdi, biroq Mohamed Salim Fares jamoada qoldi va bazadan joy egallab, „Hellas Verona“ning bir yildan keyin elitaga qaytishiga yordam berdi.

2018-yilning 1-iyulida Muhammad Salim Fares „Verona“dan „SPAL“ klubiga o‘tadi.2019-yilning 27-yanvarida „Parma“ga qarshi o‘yinda futbolchi „Verona“ safidagi ilk golini urdi.

Genoa va Torinoga ijarasi

2021-yil 31-avgustda Mohamed Salim Fares 2022-yil 30-iyungacha ijara asosida „Genoa“ klubiga o‘tishi ommaga eʼlon qilindi.

2022-yilning 14-yanvarida Mohamed Salim Faresni sotib olish sharti bilan „Torino“ga yangi ijaraga o‘tishi belgilandi. Uning mavsumi mashgʻulotlarda olgan jarohati tufayli toʻrt kundan keyin yakunlanishiga toʻgʻri keldi.

Terma jamoadagi karyerasi

Mohamed Salim Fares 2017-yilning 7-oktabrida JCh-2018 saralashida Kamerunga qarshi oʻyinda Jazoir terma jamoasi safida debyut qilgan[6].

Jamoalari

NomiMamlakatMavsum
Hellas Verona Italiya2014-2019
S. P. A. L. 2013 (ijara) Italiya2018-2019
S. P. A. L. 2013 Italiya2019-2020
S. S. Lazio Italiya2020-
Genoa C. F. C. (ijara) Italiya2021-2022
Torino F. C. (ijara) Italiya2022-hozirgacha

Manbalar