Monique van Vooren

Monique van Vooren (talaffuzi: Monique van Vooren; 1927-yil 25-mart — 2020-yil 25-yanvar) belgiyalik va amerikalik aktrisa va raqqosadir.

Hayoti

Monique Belgiyaning Brussel shahrida tugʻilgan boʻlib, otasi — George Bronz (yoki Bronze), onasi — Louise van Vooren. Monique figurali uchish boʻyicha chempion boʻlgan hamda Belgiya goʻzallik qirolichasi unvoniga sazovor boʻlgan. U falsafa va tillarni, jumladan ingliz, italyan, fransuz, nemis, ispan, golland va yunon tillarida soʻzlashishni oʻrgangan. 1946-yilda u ilk marotaba AQShga tashrif buyuradi.

1950-yilda Monique Italiyada aktrisa sifatidagi karyerasini Gianina rolida Leonide Moggi tomonidan suratga olingan „Tomorrow Is Too Late“ kinodramasida boshlagan. U taniqli italiyalik rejissor Pyer Paolo Pasolinining „Dekameron“ filmida rol ijro etdi. Brodveyda van Vooren Jon Murray Andersonning „Almanax“ va „Oydagi odam“ filmlarida rol oʻynagan. 60-yillar oxiri-70-yillar boshlarida u Fransiya, Italiya va AQSh kabi mamlakatlarda suratga tushgan.

Monique van Vooren 2020-yil 28-yanvarda New Yorkda 92 yoshida vafot etdi.[1]

Filmografiyasi

YilAsl nomiOʻzbekcha nomi
1958GigiGigi
1973Sugar CookiesShakarli pechene
1957Ten Thousand BedroomsOʻn mingta yotoqxona
1968BatmanBatman
1959Sunday ShowcaseYakshanba vitrinasi
1987Wall StreetWall Street (talaffuzi: Uol Strit)
1950Tomorrow Is Too LateErtaga juda kech
2012Greystone ParkGreystone bogʻi

Manbalar

Havolalar