NASA TV

NASA TV (sobiq NASA Select) — AQSh Milliy Aeronavtika va Koinot boshqarmasining telekoʻrsatuv xizmati boʻlib, tashkilotning kosmik missiyalari va uchirishlarini sunʼiy yoʻldosh orqali va internet orqali yoritib borishni taʼminlab beradi. Kontentning provayderlari takrorlovchi orqali xizmat paketlariga translyatsiyalarni qo`shish huquqiga egadir, chunki barcha kontentlar jamoat mulki[1] hisoblanadi. NASA TV butun dunyo bo'ylab OTT orqali mavjuddir. Telekanal 1980-yillar boshida yaratilgan va NASA menejerlari va muhandislari tomonidan real ya`ni ayni vaqtda raketa uchirilishini tomosha qilish uchun foydalanilgan. Bu xizmat ko`rsatish videomateriallarni arxivlash va ommaviy axborot vositalariga taqdim etish bilan ham shug'ullanadi[2] .

NASA TV

NASA TV emblemasi
Mamlakat Amerika Qoʻshma Shtatlari
Til(lar)i Ingliz tili
Egasi NASA
Sayt NASA TV

Hozirgi kunda, aksariyat mahalliy va xalqaro boshqariladigan hamda robotlashtirilgan missiyalar (jumladan, XKSga ) NASA TV orqali translyatsiya qilinmoqda. 2005-yilda, STS-114 ishga tushirilgandan so`ngina, kanal analog eshittirishni to'xtatdi va uni raqamli[3] bilan almashtirdi.

Telekanallar

NASA TV mashinasi

NASA TV xizmati uchta telekanalda ish olib boradi : NASA Public Channel TV 24/7 rejimida keng ommaga mo'ljallangan va tushuntirish hamda ta`lim xarakteriga ega (ta'lim muassasalari va muzeylar darajasida) bo`lgan hujjatli filmlar va arxiv tasvirlarini efirga uzatadi; NASA Media Channel TV agentlik bilan bog'liq press-relizlar, intervyu va konferentsiyalarni efirga uzatadi; NASA TV UHD, o'ta yuqori aniqlikdagi kanal, Harmonic Inc.[en] bilan kelishuvning bir qismi sifatida NASA arxividagi kontentni ko'rsatadi. 2010-yil 19-iyulda “Public Channel” HDTV[4][5] da efirga uzatila boshlandi. 2016 yilgacha to'rtinchi kanal ham bor edi - NASA Education Channel TV, lekin u NASA Public Channel TV bilan birlashtirildi. NASA veb-saytida stansiyaning 10 yilligi[6] sharafiga 24/7 rejimda ishlaydigan XKS ham ishga tushirilgan.

NASAning barcha telekanallari yuqori aniqlikdagi videoni[7] efirga uzatishiga qaramay, DirecTV kabi baʼzi operatorlar videoni standart[8][9] holatda efirga uzatadi.

Dasturlar

NASA telekanallarida asosan oʻqish va ta`limga ya`ni o`rgatishga oid dasturlar efirga uzatadi. Bu ko`tsatuvlar o`z ichiga quyidagilarni oladi: arxivdagi foto va arxivdagi video materiallar. Hujjatli filmlardan tashqari, turli NASA markazlaridagi voqealarni aks ettiruvchi yangiliklar dasturlari ham mavjud (“ NASA Edge[en] ” va “ NASA 360[en] ”)[10] . XKSdan olingan ba`zi videolar bir necha soat davomida efirga uzatiladi[11] uzatilishi ham mumkin.

Ba'zi bir dasturlar, masalan, raketa uchishi, intervyu va konferentsiyalar jonli efirda[12] uzatiladi.

Kanadadagi translyatsiya

2007 yilgacha bo`lgan vaqt mobaynida Kanada mahalliy operatorlarga telekanallar paketlarini sun'iy yo'ldosh va kabel televideniesi orqali kiritish taqiqlangan. Bu holatda Kanada Radio, Televideniya va Telekommunikatsiya Komissiyasi CSAda video materiallarini minimal miqdorda ko'rsatishni talab qilishi bilan bog'liq bo`lgan[13], shuning uchun faqat ikki mamlakatning qo'shma translyatsiyalari NASA telekanalida namoyish etildi. Shuningdek, bunga holatga 2000-yillarda radioeshittirish kanallarining chastotalari va standartlarning yo'q ekanligi sabab bo'lgan deb ishoniladi[14] . 2007 yil 20-aprelda boshqarmadagilar habar berishicha, jamoatchilik va Kanada teleradiokompaniyalarining ko'magidan so'ng NASA TV tarmog'i Kanadada mavjud bo'lgan xorijiy telekanallar ro'yxatiga qo'shilgan.[15] .

Mukofotlari

NASA TV 2009-yilda ikkita "Emmi" mukofotini qo`lga kiritdi. O'sha yilning 24-yanvarida Amerika televideniye akademiyasi ushbu telekanalni taqdirladi va Marshall kosmik markazini NASAni "tan olishi" ning 50 yilligi munosabati bilan maxsus gubernator mukofoti bilan taqdirladi[16]. 22-avgust kuni NASA TV " Apollon 11"ning Oy yuzasidan birinchi ko'rsatilishining 40 yilligi munosabati bilan hamda muhandislikda erishgan katta yutug'i uchun Primetime Emmy mukofoti bilan taqdirlandi[17].

Manbalar