Neil Martin Kilkenny

Neil Martin Kilkenny (inglizcha: Neil Martin Kilkenny; 1985-yil 19-dekabr, Enfild Town, London, Angliya) — avstraliyalik futbolchi"Pert Glori" klubi va Avstraliya terma jamoasida yarim himoyachi sifatida faoliyat olib boradi.

4 yoshida Kilkenni oilasi Avstraliyaga koʻchib oʻtgan. 11 yoshida ular Angliyaga qaytishgan.

Neil Martin Kilkenny Futbol
Toʻliq ismi

Neil Martin Kilkenny

Tugʻilgan

19-dekabr 1985-yil(1985-12-19) (36 yosh)

Enfild-Taun, London, Angliya

Fuqaroligi

Flag Avstralii Avstraliya

Flag Anglii Angliya

Boʻyi

173 cm

Vazni

67 kg

Pozitsiyasi
Klub haiqda maʼlumotlar
Klub

Flag Avstralii Pert Glori

Raqam

88

Yoshlar klubi
2002—2004Flag Anglii Arsenal
Jamoalardagi faoliyati
2004—2008Flag Anglii Birmingem City26 (0)
2004—2005Flag Anglii Oldem Atletik27 (4)
2007—2008Flag Anglii Oldem Atletik20 (1)
2008Flag Anglii LidsUnited1 (0)
2008—2011Flag Anglii LidsUnited122 (8)
2011—2014Flag Anglii Bristol City68 (1)
2013—2014Flag Anglii Preston Nort End7 (0)
2014—2016Flag Anglii Preston Nort End72 (3)
2016—2017Flag Avstralii Melburn City28 (2)
2018—h.k.Flag Avstralii Pert Glori68 (13)
Milliy terma jamoada
2003Flag Anglii Angliya (U18)2 (0)
2003Flag Irlandii Irlandiya (U19)1 (0)
2004—2005Flag Anglii Angliya (U20)3 (0)
2007—2008Flag Avstralii Avstraliya (U 23)10 (0)
2006—2011Flag Avstralii Avstraliya15 (0)
Xalqaro medallari
Osiyo kubogi
KumushQatar 2011

Jamoalardagi faoliyati

Kilkenni Avstraliyada futbol oʻynay boshladi. Angliyaga qaytgach, u LondonningArsenal“ futbol akademiyasiga qabul qilingan. Oʻqishni tugatgandan keyin, unga "Manchester United",Aston Villa“ va „Leicester City“ qiziqish bildirishgan.

2004-yilda Nil „Birmingem City“ bilan ikki yarim yillik shartnoma imzolagan. Oʻyin amaliyotiga ega boʻlish uchun Kilkenni „Oldxem Athletic“ ga ijaraga berilgan. 20-noyabr kuni Barnsliga qarshi oʻyinda chempionshipda debyut qilgan. Navbatdagi „Bredford City“ga qarshi oʻyinda Nil ikkita gol urgan.

2005-2006-yilgi mavsumda Kilkenni „Birmingemga qaytgan. 2005-yil 20- sentabrda Liga kubogi doirasidagi „Skuntorp United“ "ga qarshi oʻyinda u „koʻk-anorranglilar“ safida debyut qilgan va ikkinchi boʻlimda Muzzy Izzetning oʻrniga maydonga tushdi. Toʻrt kundan keyin, asosiy oʻyinchilarning jarohatlari tufayli Nil "Liverpool" ga qarshi Premer-liga bahsini boshlagan. „Lids“dagi ijara muddati tugaganidan keyin, Nil jamoa bilan doimiy shartnoma imzolagan. 2009-2010-yilgi mavsumda Kilkenni jamoaga Birinchi ligada ikkinchi oʻrinni egallab, chempionatga chiqishga yordam berdi. Nil „Lids United“ tarkibida 100 dan ortiq oʻyin oʻtkazgan.

2016-yilning yozida Nil „Melburn City“ga koʻchib oʻtdi va ikki yillik shartnoma imzoladi[1] . U A-Ligadagi debyutini 8-oktabr kuni „Vellington Feniks“ga qarshi oʻtkazgan[2]. Kilkenni „Melburn City“ safidagi ilk golini 2017-yilning 18-fevralida „Vellington Feniks“ darvozasiga kiritgan[3].

Xalqaro martabasi

Faoliyatining boshida Kilkenni Angliya va Irlandiya yoshlar terma jamoalarida oʻynagan. 2006-yilda u Avstraliya terma jamoasida oʻynashga qaror qiladi. 7-iyun kuni Lixtenshteynga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida Nil Avstraliya terma jamoasi safida debyut qiladi[4].

2008-yilda Avstraliya Olimpiya terma jamoasi tarkibida Kilkenni Pekin Olimpiadasida ishtirok etgan. Turnirda u Argentinaga qarshi guruh bosqichida oʻynagan[5].

2011-yilda Nil terma jamoaning Osiyo Kubogi uchun daʼvosiga kiritilgan edi[6][7]. Turnirda u Bahrayn , Oʻzbekiston , Iroq va Yaponiya terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan. Musobaqa yakunida Kilkenni kumush medalni qo‘lga kiritdi[8][9].

Yutuqlari

Xalqaro yutuqlari

Avstraliya

Xalqaro musobaqalari

TurnirDavlatNatija
Osiyo kubogi 2011QatarIkkinchi oʻrin

Manbalar