Nicola Zalewski

Nikola Zalewski (2002-yil, 23-yanvarda tugʻilgan) — professional futbolchi, A Seriyaning Roma klubi yarim himoyachisi. Italiyada polyak ota-onasida tugʻilib oʻsgan u Polsha terma jamoasida xalqaro miqyosda oʻynaydi.

Nicola Zalewski
Nicola Zalewski AS Roma safida
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi23-yanvar 2002-yil (2002-01-23) (22 yosh)
Tavallud joyiTivoli, Italiya bayrogʻi Italiya
Boʻyi1.78m
AmpluasiChap qanot himoyachisi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Italiya Roma
Raqami59
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2011-2021Roma
Professional faoliyati*
YillarJamoaIsht.(Gol.)
2021-Roma21(0)
Milliy terma jamoa
2017-2018Poland U165(0)
2018-2019Poland U179(2)
2019Poland U197(0)
2019Poland U201(0)
2021-Poland U214(0)
2021-Poland5(0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 4-sentyabr uchun)

Jamoalardagi faoliyati

Nikola Zalewski Roma klubidagi professional debyutini 2021-yilning 6-may kuni Yevropa Ligasi yarim finalida Manchester United klubiga qarshi o‘yinda o‘tkazdi va 76-daqiqada Pedro o'rniga maydonga tushdi va yetti daqiqadan so‘ng Alex Tellesning avtogoliga g‘alaba keltirishda muhim rol o‘ynadi.[1][2] U A Seriyadagi debyutini uch kundan soʻng, 9-may kuni Crotone klubiga qarshi uy oʻyinida oʻtkazdi.[3] 29-dekabr kuni Roma klubi shartnomasi 2025-yilgacha uzaytirilganini eʼlon qildi.[4] 2022-yilning 28-fevralida u birinchi marta Roma klubi tarkibida Spezia klubiga qarshi o‘yinda 1:0 hisobi bilan tugagan o'yinda asosiy tarkibda maydonga tushdi.[5]

Xalqaro karyera

Nikola Zalewski Italiyada tugʻilgan boʻlsada, Italiya fuqaroligiga ega emas.[6] U birinchi marta Polsha futbol assotsiatsiyasi rahbari va Roma klubining sobiq futbolchisi Zbigniew Boniek tomonidan kashf etilgandan soʻng, Polsha terma jamoasining yoshlar saralashi tomonidan tanlangan.[7] U 2021-yil, 5-sentabrda JCh saralashida San-Marino terma jamoasiga qarshi o‘yinda 66-daqiqada maydonga tushdi va 94-daqiqada Adam Buksaga assistentlik qildi, u 2021-yilning 5-sentabrida Polsha terma jamoasini 7:1 hisobda yutishiga yordam berdi.[8]

Shaxsiy hayoti

Zalewski Tivoli shahrida polyak ota-onasida tugʻilgan va Polida oʻsgan.[9] Uning otasi Kszystof Zalewski 2021-yil, 24-sentabrda vafot etdi.[10]

Karyera statistikasi

Klub

2022-yil 8-sentabr holatiga ko'ra[11]
KlubMavsumLigaItaliya kubogiYevropaBoshqaJami
DivizionIsht.Gol.Isht.Gol.Isht.Gol.Isht.Gol.Isht.Gol.
Roma2020-21A seriya10001020
2021-22A seriya1601070240
2022-23A seriya40001050
Karyera jami210109000310

Xalqaro

2022-yil 14-iyun holatiga ko'ra[11]
Terma jamoa va yil boʻyicha koʻrinish va gollar
Milliy terma jamoaYilIsht.Gol.
Polsha202110
202240
Jami50

Yutuqlar

Klub

Roma

Manbalar