Oʻzbekiston Superkubogi

Oʻzbekiston Superkubogi — futbol boʻyicha Oʻzbekistonda oʻtkaziladigan turnir. Ushbu turnir 1 ta oʻyindan iborat boʻlib, unda: oʻtgan mavsumdagi Oʻzbekiston Kubogi sohibi va Oliy Liga Chempioni toʻqnashadi. Agarda Kubok va Chempionatni bitta jamoa yutgan boʻlsa, unda Chempionatda 2-oʻrinni egallagan klub, Chempionga qarshi oʻynaydi[1].

Oʻzbekiston Superkubogi
Asos solindi 1999(original)
2014 (qayta tiklangan)
Hudud Oʻzbekiston
Jamoalar soni 2
Hozirgi chempionlar Nasaf
(3-sovrin)
Eng muvaffaqiyatli klub(lar) Nasaf
(3 ta sovrin)
Telekoʻrsatuvchilar Oʻzbekiston OʻzMTRK (Sport TV)
Vebsayt Rasmiy sayti
Futbol boʻyicha 2024-yilgi Oʻzbekiston Superkubogi
Oʻzbekiston Super kubogi

Tarixi

Oʻzbekiston Professional futbol ligasi 1999-yilda ilk bor tashkil etilgan. Kubokning ilk bahslari 1999-yilda Fargʻonada „Markaziy“ stadionda 6000 muxlis qarshisida Namanganning „Navbahor“ — „Paxtakor“ jamoalari oʻrtasida oʻtkazilgan 2000-yildan 2014-yilgacha Turli sabablarga koʻra musobaqa oʻtkazilmagan. Bu 2014-yilgacha boʻlgan yagona oʻyin edi. 2012-yil yanvar oyida OʻzPFL Oʻzbekiston Superkubogini qayta boshlayotganini eʼlon qildi va 2012-yil 11-mart kuni „Paxtakor“ — „Bunyodkor“ oʻrtasida oʻtkazilishini eʼlon qildi. 2012-yil 7-mart kuni OʻzPFL Superkubok oʻyini Jar stadionining yomon sharoiti tufayli bekor qilingani va keyinroq oʻtkazilishi koʻrsatilgan, biroq oʻyin oʻtkazilmagani haqida xabar bergan edi.

2014-yilning 7-mart kuni „Bunyodkor“ va Toshkentning „Lokomotiv“ jamoalari ishtirokidagi ikkinchi Superkubok bahslari oʻtkazildi. Agar bitta jamoa Oʻzbekiston Ligasinda ham, Oʻzbekiston kubogida ham gʻolib chiqsa, Oʻzbekiston Superkubogi uchun Oʻzbekiston Ligasi gʻolibi va Liga ikkinchi oʻrin sohibi bahslashadi. Bu 2014-yil mavsum boshida kuzatilgan (Bunyodkor, Paxtakor). 2014 yildan 2016-yilgacha musobaqa uzliksiz tashkil etilgan. 2017-yil va 2018-yilgi mavsumlarda esa turli sabablarga koʻra musobaqa oʻtkazilmagan. 2019-yilgi mavsumda Superkubok bahslari yana qayta tiklandi. 2020-yil mavsumda musobaqa Covid-19 Pandemiyasi tufayli oʻtkazilmagan. 2021-yildan esa Oʻzbekiston Superkubok oʻyinlari tiklandi va hozirgacha oʻtkazib kelinmoqda.

Chempionlar

Musobaqada eng koʻp gʻolib boʻlgan jamoa Qashqadaryoning Nasaf jamoasidir.

Oʻyinlar

YilGʻolibOʻyindagi hisobMagʻlubiyatStadionTomoshabinlar soni
1992—1998Musoboqa tashkillashtirilmagan
1999Navbahor (Namangan)

1998-yilgi Oʻzbekiston kubogi sohibi

4:2Paxtakor (Toshkent)

1998-yilgi Oʻzbekiston oliy ligasi chempioni

Fargʻona Markaziy Stadioni6.000[2]
2000—2013Shu yillar oraligʻida turli sabablarga koʻra musobaqa oʻtkazilmagan
2014Bunyodkor (Toshkent)

2013-yilgi Oʻzbekiston oliy ligasi chempioni2013-yilgi Oʻzbekiston kubogi sohibi

2:1Lokomotiv (Toshkent)

2013-yilgi Oʻzbekiston oliy ligasi ikkinchi oʻrin

Jar Toshkent Stadioni4.750[3]
2015Lokomotiv (Toshkent)

2018-yilgi Oʻzbekiston kubogi sohibi

4-0Paxtakor (Toshkent)

2014-yilgi Oʻzbekiston oliy ligasi chempioni

Bunyodkor stadioni7216[4]
2016Nasaf (Qarshi)1-0Paxtakor (Toshkent)Bunyodkor stadioni4748
2017—2018Shu yillar oraligʻida turli sabablarga koʻra musobaqa oʻtkazilmagan
2019Lokomotiv (Toshkent)2-1AGMK (Olmaliq)

2018-yilgi Oʻzbekiston kubogi sohibi

Paxtakor, Toshkent18000
2020Turli sabablarga koʻra musobaqa oʻtkazilmagan
2021Paxtakor (Toshkent)1-0Nasaf (Qarshi)Dinamo, Samarqand5165[5]
2022Paxtakor (Toshkent)1-0Nasaf (Qarshi)Turon, Oʻzbekiston stadioni, Yaypan7 215
2023Nasaf (Qarshi)2-1Paxtakor (Toshkent)Soʻgʻdiyona stadioni, Jizzax6 501[6]
2024Nasaf (Qarshi)1-1 (4-3)Paxtakor (Toshkent)Bunyodkor stadioni

Superkubokning Barcha Sovrindor jamoalari

JamoaGʻolibFinalchiYutgan yillariIshtirok etgan yillari
Nasaf322016, 2023, 20242021, 2022
Lokomotiv (Toshkent)212015, 20192014
Paxtakor (Toshkent)242021, 20221999, 2015, 2016, 2024
Navbahor (Namangan)1-1999-
Bunyodkor1-2014-
AGMK (Olmaliq)-1-2019

Barcha davrlardagi toʻpurarlar

FutbolchiJamoalarGollarOʻyinlar
Dragan Ćeran[7]Paxtakor Toshkent34
Leonid KoshelevNavbahor Namangan21
Andrey AkopyansPaxtakor Toshkent21
Temurxoʻja AbduxoliqovLokomotiv Toshkent22
Shuhrat RahmonqulovNavbahor Namangan11
Saydullo TursunovNavbahor Namangan11
Oleksandr PishchurBunyodkor11
Vohid ShodiyevBunyodkor11
Vyacheslav ShevchenkoLokomotiv Toshkent11
Lutfulla ToʻrayevLokomotiv Toshkent11
Ruslan KoryanLokomotiv Toshkent11
Marat BikmayevLokomotiv Toshkent11
Artur GevorkyanNasaf Qarshi11
Jovan ĐokićLokomotiv Toshkent11
Zafar PolvonovAGMK11

Manbalar

Havolalar