Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist
teatr, musiqa, sirk, estrada va kino sanʼati sohasidagi ulkan yutuqlari uchun Oʻzbekiston Federatsiyasining oliy faxriy unvoni.
(Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistdan yoʻnaltirildi)
„Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist“ faxriy unvoni — respublikada sanʼatni rivojlantirishda, respublikada ijodiy kadrlarni tayyorlash va tarbiyalashda xizmat koʻrsatgan teatr, kino, estrada, sirk, televideniye va radio eshittirish artistlari va rejissorlariga, musiqa ijrochilari va ashulachilarga, baletmeysterlarga, orkestr va xor dirijyorlariga, musiqa va boshqa badiiy jamoalarning rahbarlariga beriladi[1][2][3][4].
“Oʻzbekiston xizmat koʻrsatgan artist” faxriy unvoni | ||
---|---|---|
Mamlakat | Oʻzbekiston | |
Turi | faxriy unvon | |
Kimga topshiriladi | Oʻzbekiston fuqarolariga | |
Taqdirlash asosi | respublikada sanʼatni rivojlantirishda, respublikada ijodiy kadrlarni tayyorlash va tarbiyalashda xizmat koʻrsatgan badiiy jamoalarning rahbarlariga | |
Holati | topshiriladi | |
Statistika | ||
Taʼsis sanasi | 1996-yil 26-aprel. |
Tavsifi
- Koʻkrak nishoni diametri 30 millimetrli doira shaklida boʻladi va 925 probali kumushdan tayyorlanadi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr.
- Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida doira, niqob va royal, pastki oʻng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Nishonning aylanasi boʻylab „XIZMAT KOʻRSATGAN ARTIST“ degan yozuv joy olgan.
- Nishonning orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan. Tasvirlar va yozuv qabariq.
- Koʻkrak nishoni ichki qismiga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi ranglaridagi shoyi lenta sirilgan kadagʻichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.
Mukofotlanganlar
Yana qarang: Turkum:Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlar
Manbalar
🔥 Top keywords: Maxsus:SearchBosh SahifaBirinchi yordamSayyoraAmir TemurVoleybolKoinotAlisher NavoiyBasketbolBotir ZokirovOʻzbekistonFeʼlAbdurauf FitratAbu Rayhon BeruniyJadidchilikFutbolHalima XudoyberdiyevaBirlashgan Millatlar TashkilotiKitobIslomIkkinchi jahon urushiNaqshFalsafaQoraqalpogʻistonTasviriy sanʼatYozAbu Ali ibn SinoOrol dengiziUslubDunyo aholisiAmerika Qoʻshma ShtatlariMicrosoft ExcelPoliz ekinlariInternetFutbol maydoniBirinchi jahon urushiTinish belgilariGʻarbiy frontda oʻzgarish yoʻqAllohning 99 nomi