Often

"Often" – kanadalik qoʻshiqchi The Weekndning qoʻshigʻi. U 2014-yil 31-iyulda ikkinchi studiyaviy albomi Beauty Behind the Madnessning (2015) bosh singli sifatida chiqarildi[2][3]. Qoʻshiq turkiyalik qoʻshiqchi Nükhet Duruning „Ben Sana Vurgunum“ qoʻshigʻidan semplni oʻz ichiga oladi[4].

„Often“
The Weeknd singli
„Beauty Behind the Madness“ albomidan
Chiqarilgan sanasi 31-iyul, 2014-yil(2014-07-31)
Yozib olingan 2014
Studiya Bota Studios (Toronto, Ontario)[1]
Janr
  • alternativ R&B
  • trap
Davomiyligi 4:10
Leybl
  • XO
  • Republic
Matn muallif(lar)i
Prodyuser(lar)
  • Ben Billions
  • The Weeknd
  • DaHeala
The Weeknd singllari xronologiyasi
„Wanderlust“
(2014)
Often
(2014)
„Love Me Harder“
(2014)
Klipi
"Often" YouTubeda

„Often“ Billboard Hot 100 ning eng yaxshi 60 taligiga va Canadian Hot 100 ning eng yaxshi 70 ligiga kirdi. Qoʻshiq 2015-yilgi Much Music Video Awardsda ikkita, „Yil videosi“ va „Eng yaxshi rejissyor“ mukofotlariga sazovor boʻldi[5].

Tarixi

The Weeknd dastlab „Often“ni faqat SoundCloud striming xizmatida 2014-yil 25-iyunda chiqardi[6]. Qoʻshiq bir oy oʻtib, 31-iyulda Apple Musicda rasman chiqdi[2].

Kompozitsiya

Musicnotes.com saytida Songs Music Publishing tomonidan chop etilgan maʼlumotlarga koʻra, „Often“ G minor kalitida yozilgan va daqiqasiga 68 bit tezlikka ega. The Weekndning ovoz diapazoni F4 dan G5 gacha[7].

Tijoriy koʻrsatkichlar

Qoʻshma Shtatlarda „Often“ 2014 yil 1-noyabr haftasida AQShning Billboard Hot 100 chartida 97-oʻrinda debyut qildi. 2015-yil 7-fevral haftasida qoʻshiq 59-raqamga koʻtarildi. Qoʻshiq chartda jami 20 hafta davomida qoldi. 2016-yil 7-dekabrda singl Amerika Qoʻshma Shtatlarda uch million donadan ortiq sotuvlar va strim ekvivalent birliklari uchun Amerika Yozuv Industriyasi Assotsiatsiyasi (RIAA) tomonidan uch karra platina sertifikatiga ega boʻldi.

Kanadada qoʻshiq 2014-yil 1-noyabr haftasida Canadian Hot 100 chartida 95-oʻrinda debyut qildi. 2015-yil 28-fevral haftasida u chartda 69-oʻrinni egalladi. Qoʻshiq chartda jami 20 hafta qoldi. Singl Kanadada 40 000 dan ortiq nusxada sotilgani uchun Music Canada tomonidan oltin sertifikatga ega boʻldi.

Musiqiy video

2014-yil 21-avgustda „Often“ qoʻshigʻiga videoklip chiqdi[8].

Remikslar

Rasmiy remiksda Rick Ross va Schoolboy Q ning qoʻshimcha kupletlari mavjud[9]. Norvegiyalik prodyuser va DJ Kygoning yana bir remiksi ham chiqqan[10].

Chartlar

Yil yakunlari boʻyicha chartlar

Chart (2014)Oʻrin
AQSh Hot R&B/Hip-Hop Songs (Billboard)[25]97
Chart (2015)Oʻrin
AQSh Hot R&B Songs (Billboard)[26]23

Sertifikatsiya

"Often"ning sertifikatsiyasi
HududSertifikatsiyaSertifikatlangan birliklar/sotuvlar
AQSh (RIAA)4× Platina4,000,000
Avstraliya (ARIA)4× Platina280,000
Birlashgan Qirollik (BPI)Platina739,000
Daniya (IFPI Danmark)Platina90,000
Germaniya (BVMI)Oltin200,000
Italiya (FIMI)Oltin50,000
Kanada (Music Canada)3× Platina240,000
Meksika (AMPROFON)Oltin30,000
Norvegiya (IFPI Norway)2× Platina20,000
Portugaliya (AFP)Oltin10,000
Shvetsiya (GLF)Platina40,000

Chiqarilish tarixi

HududSanaFormatLeybl
Qoʻshma Shtatlar2014-yil 31-iyul[2]Raqamli yuklab olish
  • XO
  • Republic

Manbalar