Onon

OnonMongoliya va Rossiya Federatsiyasining Chita viloyatidagi daryo. Onon Ingoda daryosi bilan qoʻshilgach, Shilka daryosi hrsil boʻladi. Uz. 1032 km, havzasining maydoni 96,2 ming km². Xetney togʻligidan boshlanadi. Asosan, qordan toʻyinadi. Oʻrtacha suv sarfi etagida 191 m³/sek. Noyabrda muzlab, aprelda muzdan boʻshaydi. Asosiy irmoqlari: oʻngda — Xurax-Gol, Borzya, Unda, chapda — Agutsa, Kira, Aga. Suvi sugʻorishga sarf boʻladi va sanoatni taʼminlaydi.[1]

Onon
[[Tasvir:|250px|]]
Tavsif
Uzunligi1 032
Maydoni96 200 km²
Suv sarfim³/s
Joylashuvi
DavlatMongoliya, Rossiya
Onon

Manbalar