Park Jeong-hwa

Park Jeong-hwa (1995-yil 8-mayda tugʻilgan), shuningdek, Jonhwa nomi bilan taniqli, janubiy koreyalik qoʻshiqchi va aktrisa. U „EXID“ guruhi aʼzosi sifatida tanilgan.

Park Jeong-hwa
박정화
Tavalludi
Park Jeong-hwa

8-may 1995-yil (1995-05-08) (28 yosh)
Fuqaroligi Koreya Respublikasi
Kasbi
  • qoʻshiqchi
  • aktrisa
Imzosi

Tarjimai holi

Park Jeong-hwa Janubiy Koreyaning Anyang shahrida tugʻilgan. U „Yedang Entertainment“ kompaniyasiga qoʻshilishdan oldin „JYP Entertainment“ning stajyori boʻlgan[1].

EXID

Park „EXID“ aʼzosi sifatida oʻzining musiqiy debyutini 2012-yil 15-fevralda „Whoz That Girl“ nomli ilk singlining chiqishi bilan qilgan[2].

Aktrisa sifatida

Park oʻzining bola ijrochisi sifatida debyutini „Wives on Strike“ (2004) filmida qilgan[3]. 2005-yilda u „NATV“ telekanalinining „Freshful Children Congress“ dasturida boshlovchi boʻlgan[4].

2015-yilda u „Soulmates Returns“ estrada telekoʻrsatuvida aktyorlar tarkibida ishtirokchi boʻlgan[5]. Oʻsha yili u "Webtoon Hero Toondra Show" dramasida Yuk Ah-youngni oʻzining birinchi asosiy bosh roli sifatida tasvirlagan[6]. U shuningdek, „Wonder Girls“ guruhining „Tell Me“ (2007), Huh Gak va reper LEning „Whenever You Play That Song“ (2011), I-Rexning „That You’re My Girl“ (2013), RK Kim Seong-huining „10:10“ va „You Are My Everything“ (2014) kabi qoʻshiqlarning bir nechta kliplarida suratga tushgan.

2018-yil 9-oktabrda Park „Member of Society“ veb-dramasida rol ijro etishi tasdiqlangan va u 2019-yilda efirga uzatilgan[7].

2019-yil 11-oktabrda Park aktrisalik faoliyatini davom ettirish uchun „J-Wide“ kompaniyasi bilan shartnoma imzolagani tasdiqlangan[8]. 2021-yilda u „SBS“ telekanalining „One the Woman“ dramasida aktrisa sifatida paydo boʻlgan.

Manbalar