Patrik Shik

Patrik Shik (1996-yil 24-yanvarda tugʻilgan) – Chexiyalik professional futbolchi. Germaniya Bundesligasining „Bayer Leverkuzen“ klubi futbolchisi. Chexiya terma jamoasining asosiy hujumchilaridan biri.

Patrik Schik
2020-yilda Shik RB Leipzig libosida
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismiPatrik Schik
Tavallud sanasi1996-yil 24-yanvar
Tavallud joyiPraga, Chexiya Respublikasi
Boʻyi1.91 m
AmpluasiHujimchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Bayer Leverkusen
Raqami14
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2007–2014Sparta Praga
Professional faoliyati*
YillarJamoaIsht.(Gol.)
2014–2016-yillarSparta Praga4(0)
2015–2016-yillar→ Bohemians 1905 (Ijara)27(8)
2016–2017-yillarSampdoria32(11)
2017–2020-yillarRoma46(5)
2019–2020-yillar→ RB Leipzig (Ijara)22(10)
2020–yilBayer Leverkusen70(36)
Milliy terma jamoa
2011-yilChexiya U162(0)
2012–2013-yillarChexiya U1711(7)
2013–2014-yillarChexiya U189(2)
2014–2015-yillarChexiya U1913(7)
2015–2017-yillarChexiya U2112(11)
2016–yilChexiya35(18)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(5-mart uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2022-yil 27-sentyabr uchun)

Pragada tugʻilgan Shik oʻz faoliyatini mahalliy "Sparta Praga" klubida boshlagan va oʻsmirlik chogʻida debyutini oʻtkazgunga qadar yoshlar jamoasi safidan koʻtarilgan. 2016-yilda, 20 yoshiligida "Bohemians 1905" klubi safidagi ajoyib oʻyinlaridan keyin Italiya A seriyasining „Sampdoriya“ jamoasi tarkibiga qoʻshiladi. Italiyadagi ajoyib debyut mavsumidan soʻng 2017-yilda klub tarixidagi rekord summa evaziga "Roma" ga oʻtadi. 2019-yilda bir mavsumga ijara asosida RB Leyptsig tarkibiga borib qoʻshiladi. 2020-yil sentabrida esa Bundesliganing boshqa bir jamoasi Bayer Leverkuzenga toʻliq transfer qilinadi.

16 yoshgacha, 17 yoshgacha, 18 yoshgacha, 19 yoshgacha va 21 yoshgacha boʻlgan xalqaro toifadagi Chexiya terma jamoalari shadafini himoya qilgan. 2016-yil may oyida 20 yoshida Chexiya milliy terma jamoasida debyut qilgan. Milliy terma jamoasi libosida 30 dan ortiq oʻyin oʻtkazgan. Chexiya kattalar jamoasi 2020 yilgi Evropa chempionatining chorak finaliga chiqishga katta xissa qoʻshgan futbolchilardan biri, hamda musobaqada ikkinchi eng yaxshi toʻp urar va kumush butsa sohibi boʻlishga erishgan.

Hayotning boshlangʻich davri

Uning futboldagi qahramoni "Manchester Yunayted" futbolchisi Ueyn Runi edi.

Klublardagi faoliyati

Sparta Praga

Pragada tugʻilgan futbolchi 11 yoshidaligida yoq Sparta Praga bollar jamoasi tarkibiga kirgan. 2014-yilning 3-mayida Tepliceda safarda 3:1 hisobida magʻlub boʻlgan oʻyinda „Sparta“ safidagi debyutini oʻtkazgan. 2015-2016 yilgi mavsumda shaharning boshqa jamoasi „Bohemians 1905“ tarkibiga ijara asosida borib qoʻshiladi. Keyingi mavsumda Spartaga qaytadi hamda mavsumda asosiy oʻyinchiga aylanishi hamda katta oʻyinlarda maydonga tushishi kutilgan edi, ammo murabbiylar undan koʻra Devid Lafatani afzal koʻrishadi. Sparta Shikka yangi shartnoma taklif qilganida, uning agenti buni rad etadi[1].

Sampdoriya

Shik 2016-yilning iyun oyida 4 million yevro evaziga „Sampdoriya“ tarkibiga koʻchib oʻtadi hamda klub bilan shartnoma imzolaydi[2]. Italiyadagi birinchi mavsumida 32 liga oʻyinida maydonga tushib 11 ta gol urishga erishadi. 14 marta maydonga tushdi va har 137 daqiqada bir marta raqib darvozasini ishgʻol qilgan.

2017-yilning may oyida boshqa klubga oʻtishni kutib, Sampdoriya bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortadi[3]. 2017-yilning iyun oyida "Yuventus" Shikning shartnomasi boʻyicha 30 million yevro miqdoridagi tovon pulini bandidan foydalanishga oʻrinib koʻradi[4] lrkin Shik ikkita alohida tibbiy koʻrikdan oʻta olmaydi va „Yuventus“ 18 iyul kuni kelishuvni bekor qiladi[5][6].

Roma

2017-yilning 29-avgustida Shik 5 million yevro evaziga vaqtinchalik shartnoma asosida futbolchini yana 9 million yevroga sotib olish sharti bilan "Roma" jamosiga koʻchib oʻtadi[7], maʼlum sport maqsadlariga erishilgach, bu klub rekordi – 40 million evroga koʻtarilishi mumkin edi, ammo bunday boʻlib chiqmadi[1][8]. Shartnomani imzolagandan soʻng, „Roma“ sport direktori Monchi Shikni „Jaxon futbolidagi eng yorqin istiqbollardan biri“ deb taʼriflaydi. Shik „Roma“da oʻzining koʻp vaqtini oʻng qanotda yoki chap qanotda oʻtkazgan va 58 oʻyinda atigi 8 marta gol uradi.

2019/2020-yilgi mavsum: RB Leyptsigga ijaraga

2019-yil 2-sentabrda RB Leyptsig Shikni doimiy ravishda sotib olish opsiyasi bilan mavsumiy ijara shartnomasini imzolaganini eʼlon qiladi[9]. Uning „Leyptsig“dagi birinchi goli 2019-yil 11-noyabrda „Paderborn“ jamoasiga qarshi oʻyinda (3:2) kiritilgan[10]. Liganing toʻrtta oʻyinida uchta golli seriyani boshlaydi, shu jumladan zaxiradan maydonga tushib, "Borussiya Dortmund" bilan 3:3 hisobida durang oʻynaydi[11]. Timo Verner bilan bir qatorda Shik „Leyptsig“ uchun 28 oʻyinda 10 ta gol urib, oʻz formasini tiklaydi, chunki klub Bundesligada uchinchi oʻrinni egallab, Chempionlar ligasining yarim finaliga chiqadi[12][13].

Bayer Leverkuzen

2020-yil 8-sentabrda Shik Leverkuzenning Bayer klubiga qoʻshincha bonuslari bilan qoʻshib hisoblaganda 26,5 million yevro evaziga besh yillik shartnoma asosida qoʻshiladi[14]. Shik oʻzining ilk golini 2020-yil 26-noyabrda UEFA yevropa ligasi turnerida uradi va Yevropa Ligasi guruh bosqichida Isroilning "Hapoel Beer Sheva" jamoasi ustidan 4:1 hisobida gʻalaba qozonadi[15].

Shik BayArenadagi 2020-2021 yilgi mavsumning aksariyat qismida markaziy hujumchi sifatida oʻynaydi, hamda liganing 29 oʻyinida 9 ta gol oʻradi.

2021-yil 4-dekabrda Shik Greyter Fyurt jamoasi ustidan 7-1 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinning ikkinchi boʻlimida toʻrtta gol uradi[16]. Shik oʻzining yaxshi formasini Leverkuzenning keyingi ikki liga oʻyinida davom ettiradi va mos ravishda Frankfurtning „Ayntraxt“iga[17] hamda „Xoffenxaym“ ga qarshi oʻyinlarda dubl qayd etadi[18]. Bundesliganing 2021-2022 yilgi mavsumini 27 oʻyinda 24 ta gol bilan toʻpurarlar poygasida ikkinchi toʻpurar sifatida yakunlaydi, keyin esa klub bilan shartnomasini 2027 yilgacha uzaytiradi[19].

Milliy jamoa tarkibida

Shik Chexiya terma jamoasiga ilk bor UEFA Evro-2016dan oldingi yigʻinda chaqiriladi[20]. 2016-yil 27-may kuni Maltaga qarshi oʻtkazilgan tayyorgarlik oʻyinida milliy terma jamoasi safida ilk bor maydonga tushadi. Oʻsha oʻyinda terma jamoadagi ilk golini uradi va 6:0 hisobida gʻalaba qozongan[21].

UEFA Evro 2020

2021-yil 25-may kuni Shik Chexiyaning UEFA Evro-2020 turniri uchun 26 kishilik yakuniy tarkibiga kiritiladi[22]. 14 iyun kuni Glazgodagi Xempden Parkda Shotlandiyaga qarshi guruh bosqichining birinchi oʻyinida Chexiya 2:0 hisobida gʻalaba qozonganida Shik ikkala golni ham mualliflik qiladi[23]. Oʻyinda Shikning ikkinchi goli maydonning qoq yarmidan kiritiladi hamda Evroda 1980 yildan beri 45 metrdan oʻrilgan eng uzoq masofadan joylab qoʻyilgan gol boʻladi. Keyinchalik bu gol turnirning eng chiroyli goli sifatida tan olinadi[23][24]. Bu gol FIFA Pushkash mukofotiga nomzod boʻlgan. Biroq, bu futbol tarixidagi eng uzoq vaqtlardan biri emas[25][26] yaʼni 2006 yilgi Jahon chempionatida Tomash Rosickydan keyin yirik turnirda dubl qayd etgan va 2004 yilda Milan Baroshdan keyin Yevropa chempionatida gol urgan birinchi chex futbolchisiga aylanishiga sabab boʻladi[23][27].

18-iyun kuni Xorvatiyaga qarshi oʻyinda Shik penaltidan gol urib, jamoasiga 1:1 hisobida durangni olib beradi[28]. 27-iyun kuni esa Chexiya 1/8 finalda Gollandiya ustidan qozonilgan gʻalabadan soʻng turnirdagi oʻzining toʻrtinchi golini uradi[29]. 3-iyul kuni chorak finalda Daniyaga qarshi oʻyinda 2:1 hisobida magʻlub boʻladi. Shik turnerda Chexiya terma jamoasi safida Yevropa chempionatida 5 ta gol urgan Milan Baroshning rekordini takrorlaydi[30][31]. Krishtianu Ronaldu bilan bir qatorda u 5 ta gol bilan Yevro-2020 qoʻshma toʻpurari boʻladi va oʻyindan urilgan gollar soni boʻyicha hammadan ustun boʻlgan[32].

Oʻyin uslubi

Shik asosan markaziy hujumchi sifatida markaziy rolda oʻynasa-da, uning maydonni koʻra olish qobilyati, bosh bilan ikkinchi qavatda yaxshi oʻyin koʻrsatishi, chap oyogʻidaham oʻynay olish qobiliyatlari tufayli,ikkinchi hujumchi yoki oʻng qanot himoyachisi sifatida ham oʻynashga qodir[33][34][35]. U tezkor, chaqqon oʻyinchi boʻlib, yaxshi texnika va dribling koʻnikmalariga ega[33][35].

Shaxsiy hayot

Shikning katta singlisi Kristina Shikova (1994 yil 31-iyulda tugʻilgan), u model va ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyati bilan koʻpchillika tanish[36][37]. Oʻsmirlik yillarida Shik karerasini model sifatida koʻrib chiqadi, lekin uning oʻrniga raqobatbardosh futbolga eʼtibor qaratadi. 2020-yil iyul oyida sevgilisi Hana Behounkovaga (1996-yilda tugʻilgan) uylanadi, undan 2020-yil oktabrda tugʻilgan Viktoriya ismli qizi va 2021-yil oktabrda tugʻilgan Niko ismili oʻgʻli bor[38].

Faoliyat statistikasi

Xalqaro

2018 yilda Chexiya terma jamoasi tarkibida.
2022-yil 27-sentyabrgacha bo'lgan o'yinlar [39]
Terma jamoa va yil boʻyicha koʻrinish va gollar
Milliy terma jamoaYilOʻyinlarGollar
Chex Respublikasi2016 yil31
2017 yil20
201894
201984
202000
2021 yil118
202221
Jami3518

Yutuqlar

Sparta Praga [40]

  • Chexiya Birinchi Ligasi : 2013–2014[41]
  • Chexiya kubogi : 2013–2014[41]
  • Chexiya Superkubogi : 2014-yil

Chexiya terma jamoasi

  • China cup bronza: 2018[42].

Individual

  • Chexiyada yilning eng yaxshi futbolchisi : 2021[43], 2022[44],
  • Chexiya Oltin toʻpi : 2022[45]
  • Yilning Chex isteʼdodi: 2016[46]
  • UEFA Yevropa chempionatining kumush butsasi: 2020[47]
  • Turnirning UEFA Evropa chempionatidagi eng chiroyli goli: 2020[48]
  • Bundesligada oyning eng yaxshi futbolchisi: 2021-yil dekabr[49]
  • Kicker Bundesliganing mavsumdagi jamoasi: 2021–2022[50]

Manbalar

Tashqi havolalar

  • Patrik Schick at FAČR (in Czech)
  • Patrik Schick – Czech First League statistics at Fotbal DNES (in Czech)
  • Patrik Schick – FIFA competition record (archived)