Periderma

Periderma (peri... va yun. derma — teri) — koʻp yillik va baʼzi bir yillik oʻsimliklar poyasi va ildizining ikkilamchi qoplovchi toʻqimasi. Poʻkak, felloderma va fellogendan tashkil topgan. Periderma hujayralari suv va havo oʻtkazmaydi; unda joylashgan yasmiqchalar orqali gaz almashinuvi va suv bugʻlanishi roʻy beradi. Odatda, oʻsimliklarda bir necha Periderma hosil boʻladi; keyingi Periderma oldingisidan ichkarirokda joylashadi. Vaqt oʻtishi bilan tashki Periderma va ular ora-sidagi toʻqimalar oʻlib, qobiq hosil qiladi. Periderma oʻsimlikni noqulay haroratdan saqlaydi, suvning ortiqcha bugʻlanishiga imkon bermaydi.

Manbalar