Petro Poroshenko

Ukraina davlat va siyosat arbobi, oligarx, tadbirkor, Ukrainaning 5-prezidenti (2014-2019)

Petro Oleksiyovich Poroshenko (ukraincha: Петро́ Олексі́йович Пороше́нко, ,pronounced [peˈtrɔ olekˈs⁽ʲ⁾ijowɪtʃ poroˈʃɛnko]; 1965-yil 26-sentyabrda tugʻilgan) – ukrainalik oligarx va siyosatchi, 2014-yildan 2019-yilgacha Ukrainaning beshinchi prezidenti boʻlgan[1]. Poroshenko 2009-2010-yillarda tashqi ishlar vaziri, 2012-yilda esa savdo va iqtisodiy rivojlanish vaziri lavozimlarida ishlagan[2]. 2007-yildan 2012-yilgacha Ukraina milliy banki kengashini boshqargan[3]. 2014-yilning 25-mayida birinchi turda 54,7 foiz ovoz olib, prezident etib saylandi. Oʻz prezidentligi davrida Poroshenko mamlakatni Donbasdagi urushning birinchi bosqichidan oʻtkazib, rus separatchi kuchlarini Donbas hududiga siqib chiqargan[4]. Yevropa Ittifoqi bilan integratsiya jarayonini Yevropa Ittifoqi-Ukraina shartnomasini imzolash orqali boshladi[5][6].

Petro Oleksiyovich Poroshenko
ukraincha: Петро Олексійович Порошенко

Ukraina Prezidenti
 5-Ukraina Prezidenti
 
Mansab davri
7-iyul 2014-yildan – 30-may 2019-yilgacha
Hukumat boshligʻi Arseniy Yatsenyuk
Volodimir Groysman
Oʻtmishdoshi Viktor Yanukovich
Vorisi Volodimir Zelenskiy
 Ukraina iqtisodiy rivojlanish va savdo vaziri
Mansab davri
23-mart 2012-yildan – 3-dekabr 2012-yilgacha
Oʻtmishdoshi Andriy Kluyev
Vorisi Igor Prasolov
 9-Ukraina Tashqi ishlar vaziri
Mansab davri
9-oktabr 2009-yildan – 11-mart 2010-yilgacha
Oʻtmishdoshi Vladimir Xandogiy
Vorisi Dmitriy Grishchenko
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 26-sentyabr 1965-yil (1965-09-26) (58 yosh)
Odessa,
Ukraina SSR, SSRI
Siyosiy partiyasi (partiyasiz)
Turmush oʻrtogʻi Marina Poroshenko
Bolalari oʻgʻillari: Aleksey, Mixail
qizlari: Yevgeniya, Aleksandra
Onasi Yevgeniya Poroshenko
Otasi Oleksiy Poroshenko
Kasbi iqtisodchi
Maʼlumoti Taras Shevchenko nomli Kiyev universiteti
Mukofotlari
Andoza:II darajali xizmatlari uchun ordeniAndoza:III darajali xizmatlari uchun ordeniAndoza:Fuqarolik xizmatlari uchun katta xoch ordeni
VikiIqtibos
VikiIqtibos
Vikiiqtibosda
Petro Poroshenko haqida sahifa mavjud.

Poroshenkoning ichki siyosati ukrain tilini, ukrain milliyligini, inklyuziv kapitalizmni, dekommunizatsiyani va maʼmuriy buyruqbozlikni bartaraf ettirishni ilgari surdi. 2018-yilda Poroshenko Ukraina cherkovlarini Moskva Patriarxiyasidan ajratib turuvchi avtokefal Ukraina pravoslav cherkovini yarata oldi. Uning prezidentligi uch soʻzdan iborat shiorga aylangan boʻlib, uni ham tarafdorlari, ham muxoliflari ishlatgan: armiya, mova, vira (inglizcha: qurol, til, eʼtiqod)[7].

Poroshenko Oliy Radaning deputati, Yevropa birdamligi partiyasi yetakchisi. Hukumat ishidan tashqari taniqli ukrainalik oligarx hisoblanadi. Uning eng taniqli brendi Roshen yirik qandolatchilik kompaniyasi boʻlib, unga „Shokolad qiroli“ laqabi berilgan. 2021-yil noyabr oyida oligarxlarga qarshi qonunchilikka rioya qilish uchun, 5 kanal telekanalini sotishga majbur boʻlgan[8]. U ishlab chiqarish, qishloq xoʻjaligi va moliya sohalaridagi biznes-xoldinglari koʻlami, prezidentlikka qadar hukumatdagi bir necha marta ishlagan siyosiy taʼsiri va nufuzli ommaviy axborot vositalariga egaligi tufayli oligarx hisoblanadi[9].

Oilasi

Pyotr Poroshenko 1965-yil 26-sentabrda Ukrainaning janubi-gʻarbidagi Odessa viloyatida, asosan bolgarlar yashaydigan Bolgrad shahrida etnik ukrain oilasida tugʻilgan. Poroshenkoning otasi Oleksiy Poroshenko [de; uk; ru] (1936–2020), muhandis, keyinchalik Ukraina SSRdagi koʻplab zavodlarni boshqargan davlat amaldori[10]. Uning onasi Yevgeniya Sergievna Xrixorchuk (1937–2004) haqida maʼlumot kam, biroq ukraina gazetasi uning buxgalter boʻlib, buxgalteriya kasb-hunar va texnik maktabida dars berganini aytgan[11]. Bolaligi va yoshligini Tiginada (Moldova Sovet Sotsialistik Respublikasi, hozir Bender nomi bilan tanilgan va de-fakto tan olinmagan Dnestrboʻyi davlatning nazorati ostida) oʻtkazgan[12][13]. Otasi Oleksiy mashinasozlik zavodiga rahbarlik qilgan va rumin tilini oʻrgangan[12][14].

1984-yilda Poroshenko tibbiyot fakulteti talabasi Maryna Perevedentsevaga (1962-yilda tugʻilgan) uylandi[15]. Ularning birinchi oʻgʻli Oleksiy 1985-yilda tugʻilgan. Yana ikkita farzandi 2000 va 2001-yillarda tugʻilgan[15].

Poroshenkoning oʻzidan sakkiz yosh katta akasi Mixaylo 1997-yilda avtohalokatda vafot etgan[16].

Biznesi

1993-yilda Poroshenko otasi Oleksiy va Kiyevdagi avtoyoʻl institutidagi hamkasblari bilan birgalikda qandolat va avtomobil sanoatiga (shuningdek, keyinchalik boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlashga) ixtisoslashgan „UkrPromInvest“ Ukraina sanoat va investitsiya kompaniyasini yaratdi[17]. Poroshenko kompaniya tashkil etilganidan 1998-yilgacha kompaniyaning bosh direktori boʻlgan. Parlamentga kirishi munosabati bilan faxriy prezident unvonini saqlab qolgan holda, bosh direktorlikni otasiga topshirgan[17].

Uning biznes xoldinglari roʻyxatida eng koʻzga koʻringani boʻlmasa-da, nizoga sabab boʻlgani Lipetskdagi qandolat fabrikasidir. Rossiyaning Ukrainaga bosqini (2014-yildan hozirgi kungacha) tufayli fabrika musodara qilingan. Sevastopol zavodi (Sevmorzavod) 2014-yilda Qrimning Rossiyaga zoʻrlik bilan qoʻshib olinishidan keyin musodara qilingan.

2012-yil mart oyida Forbes jurnali uni 1 milliard AQSh dollari bilan milliarderlar roʻyxatiga 1153-oʻringa Forbes kiritdi[18]. 2015-yil may oyi holatiga koʻra, Poroshenkoning boyligi taxminan 720 million AQSh dollarini tashkil qilgan. Rossiyaning Roshen mahsulotlarini taqiqlashi va Ukraina iqtisodiyotining yomon ahvoli tufayli boyligining 25 foizini yoʻqotdi[19][20].

Prezidentlikka saylanganidan keyin, Poroshenko milliarder maqomini yoʻqotdi[21][22].

Poroshenko siyosiy faoliyatini boshlashi bilan oʻz ulushini maqsadli jamgʻarmaga topshirganini aytdi[23].

  • Bogdan guruhi (Poroshenko oʻz ulushini 2007-2009-yillardagi moliyaviy inqirozdan keyin ishlab chiqarish qulashi munosabati bilan sotgan), markazi Cherkassida joylashgan.
  • Roshen guruhi.
  • 5-kanal va Priamyi telekanallari (u Priamyi bilan mulkiy munosabatlarni rad etadi).
  • Kievdagi Kuzniya va Rybalskomu kemasozlik zavodi.
  • International Invest Bank, trast orqali va Ihor Kononenko bilan birgalikda egalik qiladi
  • Ukrprominvest-Agroxolding.
    • Xaysin yaqinidagi Zoria Podillia agrar kompaniyasi qand lavlagidan shakar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.
    • Podilliya
    • MAS-Agro
    • Axrofirma „Dneproarolan“
    • Agrofirma „Ivankivtsi“
  • Sevastopol kemasozlik zavodi (2015-yilda Qrimdagi Rossiya hokimiyatining reydi tufayli musodara qilingan).

Manbalar