Raul Albiol

Raul Albiol Tortaxada (ispancha: Raúl Albiol Tortajada; 4-sentabr 1985) — ispaniyalik futbolchi, Ispaniya milliy terma jamoasi va Real Madrid himoyachisi.

Raul Albiol
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismiRaúl Albiol Tortajada
Tavallud sanasi4-sentyabr 1985-yil (1985-09-04) (38 yosh)
Tavallud joyiValensiyaIspaniya bayrogʻi Ispaniya
Boʻyi190 sm
Ampluasihimoyachi
LaqabiEl Chori
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Raul Albiol Napoli
Raqami33
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1994—1996
1996-1997
1997—2003
Ribarroja
Vilamarxant
Valensiya
Professional faoliyati*
YillarJamoaIsht.(Gol.)
2004—2005
2005—2009
2009 — 2013
2013 - hz.
Xetafe
Valensiya
Real Madrid
Napoli
(19 (1)
135 (5)
81 (2)
0 (0))
Milliy terma jamoa
2004Ispaniya(27 (0))
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Faoliyati

Albiol 9 yoshida sobiq futbolchi otasining saʼy-harakatlari evaziga „Bendirom“ jamoasi oʻyinchisi boʻldi. Valensiya bilan kechgan oʻrtoqlik uchrashuvida u oʻzini juda yaxshi koʻrsatdi va valensiyalik murabbiy otasiga oʻzining jamoasini taklif etdi.

2005-yilda u „Xetafe“ jamoasida ijara asosida toʻp surdi. „Xetafe“dagi faoliyati davomida Raul oʻzi uchun kerak boʻlgan tajribalarni toʻpladi, yuqori oʻyinlar koʻrsata boshladi va oqibatda Valensiya jamoasiga oʻtib, asosiy tarkibdan joy oldi va Ispaniya terma jamoasi tarkibiga ham kiritila boshlandi.

2009-yilning 25-iyun kunida Raul Albiol 15 mln. yevro evaziga madridning „Real“ superklubiga qoʻshilgan holda klub prezidenti Florentino Perezning proyektining qatnashuvchilaridan biri boʻldi[1]. 2-iyul kuni u rasman klub stadionida tanishtirildi va 18 raqamli maykani egasi boʻldi.
Albiol „Qirollik klubi“ uchun 8-dekabrda Chempionlar ligasi musobaqasi doirasida Marselga kechgan uchrashuvda debyut golini kiritdi.
2012-yil 7-avgustda Albiol va Real Madrid oʻrtasida tuzilgan shartnoma muddati 2017-yilgacha choʻzildi[2]. 2013-yil 21-iyulda Italiyaning Napoli jamoasiga o'tdi. Transfer narxi 12 mln. yevroni tashkil etdi. Raul Rafael Benitez murabbiyligi ostidagi jamoa bilan to'rt yillik shartnoma imzoladi.[3]

Statistika

2012-yil 13-may holatiga.

JamoaMavsumLigaKubokYevrokubokJami
TUGTUGTUGTUG
Valensiya B2003-0435210-362
Jami:3521000362
Xetafe2004-051711000171
Jami:1711000171
Valensiya2005-062910000291
2006-0736121121503
2007-083213070421
2008-093422060422
Jami:1315712511807
Real Madrid2009-103302081431
2010-112006060320
2011-121002050170
Jami630100191921
Faoliyatida jami:246818144230811

Erishgan natijalari

Shaxsiy hayoti

Uylangan, ikki qizi bor — Asaaru (16.03.2009) va Almu (7.01.2010).

Qiziqarli faktlar

  • Albiolning sevimli oʻyinchisi oʻzining sobiq jamoadoshi Karlos Marchena hisoblanadi. Raul Karlosdan koʻp narsa oʻrganganligini va kelajakda uningdek yorqin faoliyat olib borishini xohlashini taʼkidlagan.
  • Raulning katta akasi — Migel Albiol — u ham professional futbolchi, hozirgi vaqtda „Real Mursiya“ning yarimhimoyachisi hisoblanadi.
  • 2004-yil 2-avgust kuni Valensiya-Madrid trassasining Kuenka shahri yaqin joyida avtohalokatga uchradi. 17 kun reanimatsiya xonasida yotishga majbur boʻldi. Bir necha jarrohlikni boshidan kechirdi. Vrachlar qoratalogʻini olib tashlashga majbur boʻldilar[4].

Izohlar

Havolalar