Robert Kovač

Robert Kovač (talaffuzi: Robert Kovach[2][3]; 1974-yil 6-aprelda tugʻilgan) — xorvatiyalik professional futbol murabbiyi va markaziy himoyachi sifatida oʻynagan sobiq futbolchi[4]. Akasi Niko ham futbol murabbiyi va sobiq futbolchi.

Robert Kovač
Kovač Borussia Dortmund bilan, 2007-yilda
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismiRobert Kovač[1]
Tavallud sanasi6-aprel 1974-yil (1974-04-06) (50 yosh)[1]
Tavallud joyiGʻarbiy Berlin, Gʻarbiy Germaniya
Boʻyi1.82 m[1]
AmpluasiHimoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1980-1986Rapide Wedding
1986-1991Hertha Zehlendorf
Professional faoliyati*
YillarJamoaIsht.(Gol.)
1991-1995Hertha Zehlendorf112(12)
1995-19961. FC Nürnberg33(1)
1996-2001Bayer Leverkusen127(1)
2001-2005Bayern Munich94(1)
2005-2007Juventus35(1)
2007-2008Borussia Dortmund26(0)
2009-2010Dinamo Zagreb22(0)
Milliy terma jamoa
1999-2009Xorvatiya84(0)
Boshqargan klublari
2012-2013Xorvatiya U21 (yordamchi)
2013-2015Xorvatiya (yordamchi)
2016-2018Eintracht Frankfurt (yordamchi)
2018-2019Bayern Munich (yordamchi)
2020-2022AS Monaco (yordamchi)
2022-VfL Wolfsburg (yordamchi)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Klublardagi faoliyati

Ilk faoliyati

Kovač faoliyatini quyi liga klublari Rapide Wedding va Hertha Zehlendorfda boshlagan. 1995-yilda 2. Bundesliga klubi 1. FC Nürnbergda debyut qilgan. Klubning asosiy oʻyinchisi boʻlgan Kovač 1995—1996-yilgi mavsum oxirida Leverkusen bilan shartnoma imzoladi.

Bayer Leverkusen

Leverkusendagi besh mavsumida klub tayinli sovrin yoki muvaffaqiyatga erisha olmadi[5].

Bayern

Shartnoma muddati tugagandan soʻng 2000—2001-yilgi mavsumning amaldagi va UEFA Chempionlar Ligasi chempioni „Bayern“ga oʻtdi. „Bayern“ bilan toʻrt mavsumda ikki marta Bundesliga, ikki marta Germaniya kubogi va 2001-yilda Qitʼalararo kubokni qoʻlga kiritdi .

Juventus

2005-yil 15-iyulda „Juventus“ bilan shartnoma imzoladi. B Seriyaga tushib ketganidan keyin „Juve“da qolishga qaror qilgan kam sonli oʻyinchilardan biri boʻldi. Germaniyaga qaytgunga qadar jami 35 oʻyin oʻtkazdi va bitta gol urdi

Borussia Dortmund

2007-yil 1-avgustda Xorvatiya terma jamoasining boshqa yulduzi Mladen Petrich bilan ikki oy oldin Dortmundning „Borussia“ klubi bilan shartnoma imzoladi. Kovač Bundesligaga omadsiz qaytdi va 2008—2009-yilgi qishki transfer oynasida Zagrebning Dinamo klubiga sotildi.

Dinamo Zagreb

2009-yilning 29-yanvarida, yanvar oyidagi transfer oynasi yakuniga yetganda, Xorvatiya chempioni Zagrebning „Dinamo“ klubi bilan 1 yarim yillik shartnoma imzoladi[6]. Klub avvalroq 2007-yilning yozida uni qoʻlga kiritishga harakat qilgan, biroq uning talablarini bajara olmagan[7]. Dortmundning „Borussia“si 450 ming yevro tovon puli oldi. Debyut mavsumida Kovač ligada 12 va Xorvatiya kubogida yana 2 oʻyin oʻtkazdi. 2009—2010-yilgi mavsumni jarohat bilan boshlagan. Iyul va avgust oylarida Dinamoning barcha oʻyinlarini oʻtkazib yuborgan, ammo sentyabr boshida safga qaytgan[8]. Kovač mavsumni „Dinamo“ safida barcha musobaqalarda jami 22 oʻyin oʻtkazdi, 2010-yil 1-iyunda faol futboldan ketgani rasman eʼlon qilinishidan oldin yakunladi. [9]

Xalqaro faoliyati

Kovač Xorvatiya terma jamoasini 2002- va 2006-yillarda ikkita jahon chempionatida himoya qilgan, shuningdek, 2004- va 2008-yillarda ikkita Yevropa chempionatida ishtirok etgan[10]. 2006-yilgi Jahon chempionatida Yaponiyaga qarshi oʻyinda ikkinchi sariqni olib, guruhning soʻnggi oʻyinini Avstraliyaga qarshi oʻtkazib yubordi. 2008-yilda akasi nafaqaga chiqqanidan keyin jamoa sardori boʻlgan0 2009-yilning kuzida terma jamoadagi faoliyatini yakunladi[11].

Murabbiylik faoliyati

2018-yilning 1-iyulida „Bayern“ bosh murabbiyi yordamchisiga aylandi[12]. Robertning katta akasi Niko Robertni „Bayern“ga klub boshqaruviga kelganida oʻzi bilan olib kelgan. 2019-yil 3-noyabr kuni akasi bilan birgalikda klub bilan xayrlashdi[13].

2020-yil iyul oyida Kovač „Monako“ga yordamchi murabbiy sifatida qoʻshildi, Niko esa murabbiy sifatida ishladi[14].

Faoliyat statistikasi

13-sentyabr, 2009-yil holatiga koʻra[15][16][17][18][19].
KlublarLigaKubokLiga kubogiQitʼaJami
MavsumKlubLigaIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollar
1991—1992Hertha ZehlendorfNOFV-Oberliga Mitte271271
1992—1993292292
1993—1994325325
1994—1995Regionalliga North-east244244
1995—1996Nürnberg2. Bundesliga33110341
1996—1997Bayer LeverkusenBundesliga130130
1997—1998250250
1998—1999310310
1999—20002711020301
2000—200131010320
2001—2002Bayern Munich29080310
2002—2003240101050310
2003—20041901070270
2004—20052203080330
2005—2006JuventusSerie A18140221
2006—2007Serie B17000170
2007—2008Borussia DortmundBundesliga2205000270
2008—200940201070
2008—2009Dinamo ZagrebPrva HNL1202000140
2009—2010800060140
Jami faoliyati44031503035049315

Yutuqlari

Bayern Munich

Juventus

  • B seria: 2006—2007

Dinamo Zagreb

  • Prva HNL: 2008—2009
  • Xorvatiya kubogi: 2008—2009

Manbalar