Robert Skov

Robert Skov (dan. Robert Skov) — daniyalik futbolchi „Hoffenheim“ klubi va Daniya terma jamoasi yarim himoyachisi. 2016-yilda Rio-de-Janeyroda boʻlib oʻtgan Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi. 2020-yilgi Yevropa chempionatining yarim finalchisi.

Robert Skov Futbol
Umumiy maʼlumotlari
Ism sharifiRobert Skov
Tugʻilgan20-may 1996-yil(1996-05-20)[1][2](26 yosh)
Kopengagen, Daniya[3]
Fuqaroligi
Boʻyi183 sm
Vazni79 kg
Pozitsiyasiyarim himoyachi
Hozirgi jamoasi
KlubFlag Germanii Hoffenheim
Raqami29
Logotip Vikisklada Wikimedia Commonsdagi media fayllar

Jamoalardagi faoliyati

Skov oʻz faoliyatini „Silkeborg“da boshlagan. 2013-yil 16-mayda u Daniya Superligasida „Midtyulland“ga qarshi oʻyinda debyut qildi[4]. Mavsum oxirida jamoa ikkinchi ligaga tushib ketdi, biroq oradan bir yil oʻtib yana birinchi ligaga qaytdi. 2014-yil 19-oktabrda „Midtyulland“ga qarshi kechgan bahsda Skov „Silkeborg“ safida ilk golini urdi[5]. 2018-yil boshida Skov „Kopengagen“ga koʻchib oʻtdi. 10-fevral kuni „Randers“ga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qildi[6]. 25-fevral kuni „Odense“ga qarshi duelda Robert „Kopengagen“ safidagi ilk golini urdi[7]. 4-oktabr kuni Yevropa ligasi doirasida Fransiyaning „Bordo“ klubiga qarshi o‘yinda u gol urdi[8]. Mavsum oxirida Skov klubga chempion boʻlishiga yordam berdi va oʻzi 29 ta gol bilan uning eng yaxshi toʻpurari boʻldi.

2019-yilning yozida Skov Germaniyaning „Hoffenheim“ klubiga oʻtdi. Transfer summasi 10 million yevro deb belgilandi[9]. 18-avgust kuni Frankfurtning „Ayntraxt“ klubiga qarshi oʻyinda u Germaniya Bundesligasida debyut qildi[10]. 1-noyabr kuni „Paderborn 07“ga qarshi oʻyinda Robert „Hoffenheim“ safidagi birinchi golini urdi[11].

Xalqaro faoliyati

2016-yilda Skov Daniya olimpiya terma jamoasi tarkibida Rio-de-Janeyrodagi Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etdi. Turnirda u Janubiy Afrika, Braziliya va Nigeriya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[12][13][14]. Afrikaliklarga qarshi kechgan duelda Robert gol urdi.

2019-yil 10-iyun kuni Gruziyaga qarshi 2020-yilgi Yevropa chempionati saralash o‘yinida Skov Daniya terma jamoasi safida debyut qildi[15].

2019-yilda Daniya yoshlar terma jamoasi tarkibida Skov Italiyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etdi. Turnirda u Germaniya, Avstriya va Serbiya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[16][17][18]. Nemislarga qarshi kechgan bahsda Robert gol urdi.

Oʻsha yilning 5-sentabr kuni Gibraltarga qarshi 2020-yilgi Yevropa chempionati saralash oʻyinida u milliy terma jamoadagi birinchi golini urgan[19].

Daniya terma jamoasi safidagi gollar (23 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasida)

SanaJoyRaqibHisobNatijaMusobaqa
12016-yil 7-avgustMilliy stadion, Braziliya, Braziliya  Janubiy Afrika1 :01 :0Olimpiya oʻyinlari 2016

Manbalar