Robin Szolkowy

Robin Szolkowy (talaffuzi: Robin Sholkoviy; 1979-yil 14-iyulda tugʻilgan) — Germaniya vakili sifatida juftlikda konkida uchish musobaqalarida qatnashgan sobiq figurali uchuvchi. Sherigi Aliona Savchenko bilan birga 2010 va 2014-yilgi Olimpiada bronza medali sovrindori, besh karra jahon chempioni (2008, 2009, 2011, 2012, 2014), toʻrt karra Yevropa chempioni (2007—2019), toʻrt karra Gran-pri finalining chempioni (2007, 2010, 2011, 2013) va sakkiz karra Germaniya chempioni (2004—2009, 2011, 2014) boʻlgan.

Robin Szolkowy
Shaxsiy maʼlumotlari
Davlat Olmoniya bayrogʻi Germaniya
Tavalludi 14-iyul 1979-yil (1979-07-14) (44 yosh)
Greifswald
Boʻyi 1.75 m (5 ft 9 in)
Oldingi sheriklari Alyona Savchenko, Claudia Rauschenbach, Johanna Otto
Oldingi murabbiylari Ingo Steuer
Jamoasi Chemnitzer EC
Shaxsiy rekordlari
Qisqa dastur 79.64
Erkin dastur 147.57

Faoliyati

Szolkowy 1983-yilda Erfurtda konkida uchishni boshlagan.

2003—2004 va 2004—2005-yilgi mavsumlar

Oʻzlarining birinchi mavsumida Savchenko / Szolkowy juftligi Germaniya milliy chempionligini qoʻlga kiritgan. Juftlik terma jamoa tarkibi sifatida 2004 — 2005-yilgi mavsum boshida debyut qilgan. Juftlik yana Germaniya milliy chempionligini qoʻlga kiritgan, 2005-yilgi Yevropa chempionatida toʻrtinchi va 2005-yilgi Jahon chempionatida oltinchi oʻrinni egallagan.

2005 — 2006-yilgi mavsum

Savchenko / Szolkowy juftligi Skate Canada International musobaqasida ishtirok etgan, ikkala dasturda ham birinchi oʻrinni egallagab, oʻzlarining birinchi Gran-pri oltin medalini qoʻlga kiritgan va va Gran-pri finalidagi debyutida bronza medalini qoʻlga kiritgan. Oʻzining uchinchi milliy chempionligini qoʻlga kiritgandan soʻng, Savchenko / Szolkowy juftligi Yevropa chempionatida ikkinchi marta kumush medalni qoʻlga kiritgan. Ular chempion Tatyana Totmianina / Maksim Marinind juftligidan 7,79 ochko ortda qolib ketgan.

2006 — 2007-yilgi mavsum

Savchenko / Szolkowy juftligi 2006 Cup of China musobaqasida uchinchi oʻrinni egallagan va 2006-yilgi Rossiya kubogini qoʻlga kiritgan hamda 2006 — 2007-yillarda Sankt-Peterburgda boʻlib oʻtgan Gran-pri finaliga yoʻllanma olgan. Juftlik oltin medalni qoʻlga kiritgan Shen Xue / Chjao Xongbo juftligidan 22,52 ball ortda qolib, jami 180,67 ball bilan ikkinchi oʻrinni egallagan. 2007-yil yanvar oyida juftlik Germaniya milliy chempionligini toʻrtinchi marta qoʻlga kiritgan.

Dasturlari

Szolkowy bilan

MavsumQisqa dasturErkin dastur
2013—2014

[1]

  • When Winter Comes
  • The Nutcracker
2012—2013

[2]
  • Flamenco Bolero
2011—2012

[3][4][5][6]
  • Pina

    Thomas Hanreich
2010—2011

[7][8][9]
2009—2010

[10][11][12]
  • Send In the Clowns
  • Out of Africa


  • You’ll Never Walk Alone

Szolkowy bilan Germaniya vakili sifatida

Xalqaro [13]
Tadbir03—0404—0505—0606—0707—0808—0909—1010—1111—1212—1313—14
Olimpiada633
Jahon chemp6631121121
Yevropa chemp4211121WD2WD
GP finali32133111
GP Bompard131WD
Chinsese Cup31
Rossiya GP kubogi31211
GP NHK Trophy213
GP Skate Canada1111
GP Skate America111
Nebelhorn31111
Ondrej Nepela1
NRW kubogi1
Milliy[13]
Germaniya chemp.11111111
WD = Musobaqani tark etgan

Manbalar