Sanjar Shoahmedov

Sanjar Shoahmedov (1990-yil, 23-sentyabr, Toshkent) Oʻzbekistonlik futbolchi. Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi hamda Samarqandning „Dinamo“ klubida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Sanjar Shoahmedov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismiSanjar Qurdatillo oʻgʻli Shoahmedov
Tavallud sanasi23-sentyabr 1990-yil (1990-09-23) (33 yosh)
Tavallud joyiToshkent
Boʻyi5 fut 8 inches (1.73 m)
AmpluasiYarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Dinamo
Raqami22
Professional faoliyati*
YillarJamoaIsht.(Gol.)
2010—2015FC AGMK104(13)
2015—2017Lokomotiv Toshkent59(23)
2017Al-Sailiya10(2)
2017—2019Lokomotiv Toshkent40(10)
2019—2020Terengganu37(16)
2021FC AGMK24(1)
2022Qizilqum26(1)
2023Soʻgʻdiyona14(0)
2024—Dinamo1(0)
Milliy terma jamoa
2015–Oʻzbekiston5(0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(4-yanvar uchun)

Klubdagi faoliyati

Olmaliq (2008–2014)

Oliy ligadagi 1-klubi Olmaliq. Undan oldin Gennadiy Denisov rahbarligidagi Chigʻatoy futbol maktabida shugʻullangan. U -Olmaliqq 2008-yilda qoʻshilgan. Zahira futbolchisi sifatida 2 yil faoliyat koʻrsatdi. 2010-yildan bpshlab asosiy tarkib futbolchisi boʻlib oʻynashni boshlagan. Olmaliqda 98 oʻyinda oʻynab, 11ta gol urgan. Uning Oliy ligadagi ilk goli 2011-yil Soʻgʻdiyona klubiga kiritilgan[1].

Lokomotiv (2015–2017)

U 2014–2015-yilgi Oliy liga mavsumida 21 oʻyinda oʻynadi va 11ta gol urib 2 marta sariq kartochka oldi. Lokomotivda mavsum tugamasidan 11ta gol urgan, Olmaliqda esa 4 mavsumda bu natijaga erishdi. Lokomotivda 22-raqamli futbolkada oʻynagan.

Al-Sailiya (2017)

Sanjar 2017-yilning 16-yanvarida Al-Sailiya klubi bilan 500 ming yevro evaziga shartnoma imzolagan. klubdagi ilk oʻyinini 2017-yilning 20-yanvarida Stars Leagueda Umm Salalga qarshi oʻyinda (1:0) oʻtkazgan. Debyut golini esa 2017-yil 2-fevralda El-Jaishga qarshi urgan(1:1).

Lokomotiv (2017–2019)

Sanjar 2017-yilning 7-avgustida 300 ming yevro evaziga Lokomotivga qaytgan. 2017-yilning 12-avgustida Oʻzbekiston Superligasi doirasida Soʻgʻdiyonaga qarshi oʻyinda 4:0 hisobida gʻalaba qozongan. 2017-yil 29-sentyabrda mavsumdagi ilk golini Obod FK ga urgan(3:1).

Terengganu (2019–2020)

Sanjar 2019-yil 4-yanvarda Terengganu FK bilan shartnoma imzoladi[2]. U 2019-yil 1-fevralda PKNS FCga qarshi debyut qildi. Uchrashuv 1:1 hisobida yakunlangan.

AGMK (2020–2021)

Sanjar 2020–2021-yilgi mavsumda AGMKda oʻynadi[3].

2024-yil 14-yanvarda Samarqandning „Dinamo“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan[4].

Terma jamoadagi faoliyati

Sanjar JCH-2018 saralash bosqichi uchun Oʻzbekiston milliy terma jamoasiga chaqirilgandi. 8 ta uchrashuvdan 7 tasida zaxirada qoldi. Yamanga qarshi oʻyinda tarkibga kiritilmagandi.

Shaxsiy hayoti

Toʻrt oʻgʻil va bir qizning eng kenja oʻgʻil farzandi. Uchta akasi bor. Oilasida jami 7 kishi. 1988-yil tugʻilgan akasi Sarvar Shoahmedov Lokomotivning futzal klubida toʻynaydi. Qolgan akalari futboldan yiroq. Kichik akasi bilan yoshligidan sensirab gaplashadi. Yoqtirgan futbolchisi Xavi[1]. 2017-yil „Taslim boʻlma, Siroj“ aksiyasida faollik koʻrsatgan[5].

Manbalar

Havolalar