Sevinch (ayollar futbol klubi)

Sevinch (ayollar futbol klubi)

Sevinch — Qarshi shahrining ayollar futbol klubidir. Sevinch klubi 2003-yilda tashkil topgan va tashkil topgan yilidan boshlab Oliy Liga qatnashchisi hisoblanadi[1][2].

Sevinch
Toʻliq nomiSevinch (ayollar futbol klubi)
Asos solingan2003 (21 yil avval) (2003)
StadionGeolog stadioni
Prezidenti UZB Shuhrat Aslanov
Bosh direktoriAlisher Yusupov
Murabbiyi UZB Xan Vladislav Nikolaevich
SardoriNilufar Qudratova
Vebsaytpfcsevinch.uz
MusobaqasiOliy liga
2019-yil1-o`rin
Asosiy libosi
Fayl:Kit socks .png
Ikkinchi libosi

Tarixi

2003-yilning iyun oyida „Shoʻrtan gaz kimyo“ majmuasi direktori Alisher Sultonovning tashabbusi bilan ayollar professional futbol klubiga asos solindi. Dastlab „Sevinch“ 2003-yili chempionatning bronza medalini qoʻlga kiritgan. 2004-yilga kelib, „Sevinch“ qizlari oʻz tarixida birinchi marta chempionlik unvonini nishonlashdi. 2005-yili kumush medalini qoʻlga kiritgan. 2006-yildan 2017-yilga qadar Oʻzbekiston chempionligini qoʻlga kiritgan. „Sevinch“ ayollar futbol klubiga 2003-yildan buyon Xan Vladislav Nikolaevich ustozlik qilib kelgangan.

Jamoa rahbariyati

Sevinch klubining tashkil etilishida „Shoʻrtan gaz kimyo“ majmuasi direktori Alisher Sultonov hissasi katta.

LavozimIsm
Prezident Shuhrat Aslanov Choriyevich
Bosh direktor Alisher Yusupov
Sport direktori Sergey Kucherenko

Murabbiylar shtabi va texnik xodimlar

LavozimIsm
Bosh murabbiy Xan Vladislav Nikolaevich
Darvozabonlar murabbiyi Belova Yelena
Murabbiyi  Aleksand Beynarovich
Shifokor  Eshmurodov Oʻktam
Masajchi Xurshida Jovliyeva
Maʼmur Aziz Sharapov

Jamoaning musobaqalardagi ishiroki

"Sevinch" ayollar futbol klubi katta futboldan tashqari, boshqa futbol turlarida ham sovrindor klub hisoblanadi. „Sevinch“ futzal (mini futbol) boʻyicha oʻn toʻrt karra (2005, 2006, 2007, 2008, 2009, 2010, 2011, 2012, 2013, 2014, 2015, 2016, 2017, 2018 yillar) Oʻzbekiston chempioni, shuningdek futzal boʻyicha toʻqqiz karra (2009, 2010, 2011, 2012, 2013, 2014, 2015, 2016, 2017 yillar) Oʻzbekiston kubogini ham qoʻlga kiritgan. Shuningdek „Sevinch“ ayollar futbol klubi bir qator xalqaro musobaqalarning sovrindori. 2005-yili Tailandda boʻlib oʻtgan, Osiyo oʻyinlari doirasidagi mini futbol boʻyicha bosh sovrin sohibi. 2009-yili Rossiyada boʻlib oʻtgan, „Istrinskaya jemchujina“ mini futbol boʻyicha xalqaro turnirda bosh sovrinni qoʻlga kiritgan. 2009-yili Iordaniya davlatida boʻlib oʻtgan, mini futbol boʻyicha „Omon-79“ xalqaro turnir gʻolibi. 2009-yili Qarshi shahrida boʻlib oʻtgan, mini futbol boʻyicha „Karshi Cup-2009“ xalqaro turnir gʻolibi. 2009-yili Bolgariyada boʻlib oʻtgan mini futbol boʻyicha Yevropa kubogi sohibi. 2010-yili Birlashgan Arab Amirliklarida boʻlib oʻtgan XIV Arab oʻyinlari doirasidagi mini futbol musobaqasi gʻolibi 2010-yili oʻtkazilgan, mini futbol boʻyicha „Omon-79“ va „Karshi Cup-2010“ xalqaro turnirlarida kumush medalni qoʻlga kiritgan. 2010-yili Yevropa kubogida bronza medalini qoʻlga kiritgan. 2019-yil 7-mart kuni „Sevinch“ ayollar futbol klubiga 200 million soʻm mukofot puli oʻtkazib berildi[3].

Stadioni

"Sevinch" ayollar futbol klubi Oʻzbekiston Oliy ligasidagi uy oʻyinlarini „Geolog“ stadionida oʻtqazadi. „Geolog“ stadioni 1983-yil 1-may sanasida ochilgan. Stadion oʻz bagʻriga 11.000 ming muhlisni sigʻdira oladi. Stadion oʻlchami 105 x 68 m tashkil etadi. „Geolog“ stadioni 1993, 1995, 2011-yillar qayta taʼmirdan oʻtqazilgan. 2020-yil 26-may „Sevinch“ ayollar futbol klubi mashgʻullotlar bazasida taʼmirlash ishlari olib borildi[4]. Stadion chimi tabiiy. Manzil: Nasaf koʻchasi, 5-uy.

Joriy tarkibi

2022-yil 30-dekabr holatiga[5]

AmpluaFutbolchi
1  UZBDRLaylo Tilovova[6]
3  UZBHMZumratjon Nazarova[7]
4  CMRHMNjolle Alvine Ngonja[8]
6  UZBHJSevara Roʻziyeva[9]
7  GHAHJFuseina Mumuni[10]
9  UZBHMMaftuna Shoyimova[11]
10  UZBYHSaida Galimova[12]
11  UZBHJGulzoda Amirova[13]
12  UZBDRSevara Nurullayeva[14]
13  UZBHMYulduz Shodiyeva[15]
15  INDYHDangmei Grace[16]
AmpluaFutbolchi
16  UZBDRMaftuna Jonimqulova[17]
17  UZBHJShodiya Tosheva[18]
18  UZBHJNargiza Eshtimerova[19]
19  UZBYHLiana Norbekova[20]
20  UZBYHZarina Norboyeva[21]
23  UZBDRAnjelina Polyushkich[22]
30  UZBHJMehribon Egamberdiyeva[23]
32  UZBYHOʻgʻiloy Saʼdullayeva[24]
37  UZBYHMalika Burxonova[25]
77  UZBHJNilufar Qudratova[26]
90  UZBHJMahliyo Sariqova[27]

Sevinch klubi yangi davri

2021-yilning 1-dekabr kuni „Shoʻrtan gаz kimyo majmuаsi“ MCHJ ijro orgаnining 018/75-sonli yigʻilish bayonigа muvofiq „Sevinch“ ayollаr futbol klubi belgilangаn tartibdа qoʻshish boʻyichа tugatilib, futbol klubining moddiy-texnik bazаsini yanada mustаhkamlash, boshqaruvini tаkomillashtirish, klub faoliyаtini rivojlantirish, uning nufuzini yanаda oshirish maqsadidа „Nasaf“ futbol klubi tаrkibiga qoʻshildi[28]. 2022-yilning 15-iyun kuni „Sevinch“ аyollar futbol klubi uch nаfar legioner futbolchini oʻz sаfiga qoʻshib oldi[29].

Yutuqlari

Oʻzbekiston Oliy ligasi sovrindori: (15 marta)

  • 2004, 2006, 2007, 2008, 2009, 2010, 2011, 2012, 2013, 2014, 2015, 2016, 2019,[30] 2022, 2023

Oʻzbekiston Oliy ligasi vitse chempioni: (3 marta)

  • 2005, 2017, 2018

Oʻzbekiston Oliy ligasi bronza medali sohibi

  • 2003

Oʻzbekiston kubogi sohibi: (13 marta)

  • 2005, 2006, 2007, 2008, 2010, 2011, 2012, 2013, 2014, 2016, 2018, 2022,[31] 2023[32]

Oʻzbekiston superkubogi: (3 marta)

  • 2015, 2017, 2023

Manbalar

Havolalar