Should've Said No

Should've Said No“ amerikalik qoʻshiqchi va qoʻshiqnavis Taylor Swift ijro etgan qoʻshiqdir. Xonandaning 2006-yilda eʼlon qilingan Taylor Swift nomli studiyaviy albomiga kiritilgan. „Should've Said No“ 2008-yilning 19-mayida albomning beshinchi va yakuniy singli oʻlaroq AQSh radiostansiyalarida chiqarilgan. Qoʻshiq matni Swiftning bevafo sobiq yoriga nisbatan nafrati haqidadir.

„Should've Said No“
Taylor Swift qoʻshigʻi
„Taylor Swift“ albomidan
Chiqarilgan sanasi 19-may, 2008-yil(2008-05-19)[1]
Yozib olingan 2006
Studiya Dark Horse Recording (Franklin, Tennessee)
Janr
Davomiyligi
  • 4:04 (original versiya)
  • 3:46 (muqobil versiya)
Leybl Big Machine
Matn muallif(lar)i Taylor Swift
Prodyuser(lar) Nathan Chapman
Taylor Swift xronologiyasi
„Picture to Burn“
(2008)
Should've Said No
(2008)
„Love Story“
(2008)
Klipi
„Should've Said No“ YouTubeda

Qoʻshiq musiqa tanqidchilari tomonidan ijobiy baholangan. Billboard Hot 100 chartida 33-pogʻonagacha, Hot Country Songs chartida 1-pogʻonagacha koʻtarilgan. Bundan tashqari, ashulaning savdosi chaqqon boʻlib, bir milliondan ortiq raqamli nusxada sotilgan hamda Amerika ovoz yozish assotsiatsiyasi tomonidan platina sertifikati bilan taqdirlangan.

Chartlar

Yillik

Chart (2008)Oʻrni
AQSh (Hot Country Songs)[8]29


Manbalar

Havolalar